Universiteti geografiya kafedrasi 5610200-Mexmonxona



Download 1,22 Mb.
bet65/147
Sana17.07.2022
Hajmi1,22 Mb.
#812389
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   147
Bog'liq
Geografiya kafedrasi

Isroil mamlakati turizmi


Osiyoning janubi-g‘arbiy. O‘rta Yer dengizi atrofidagi yaqin-Sharq davlati. Hududi BMT Bosh Assambleyasining 1947 yil 181-rezolyutsiyasiga asoslangan holda 20.770 kv.km. rasmiy tili - Ivrit tili. Aholining 82%iudaizm. 14% Islom va boshqa dinlarga e‘tiqod qiladilar.1948-1949 yillardagi Arab-Isroil urushi davomida 6.7 ming kv.km. 1967 yildagi «Olti kunlik urush» natijasida Iordan daryosining Farbiy qirg‘og‘i. Sharqiy Quddus Ierusalimdan 5.9 ming kv.km. Fazo Sektoridan 0.38 ming kv.km va Suriyaga qarashli Golend balandligidan 1.3 ming kv.km.
yer bosib olingan va hozirgacha turli mojorolarga sabab bo‘lmoqda. Xalqaro tan olingan chegaralarga ega emas. Yirik shaharlari: Quddus. Tel‘-Aviv. Xayfa. BMTning 1947 yildagi rezolyutsiyasiga xilof ravishda 1950 yil g‘uddus Isroil davlatining poytaxti deb e‘lon qilindi. Isroil parlamentar respublika. Ma‘muriy jihatdan 6 okrugga bo‘linadi. Umumiy aholisi 5.5 mln. kishiga yaqin. shulardan yahudiylar 82%ni. arablar 16%ni boshqa millat vakillari 2%ni tashkil etadi. Bu davlatning hozirgi aholisi asosan muhojirlar asosida ko‘paydi. dastlab 600 ming aholisi bor edi xolos.
Ayniqsa. Sobiq SSSR va hususan O‘zbekistonda yashagan yahudiylar ham o‘z vatanlariga qaytganlar. Isroil o‘z parlamentiga ega. Ammo. o‘z konstitutsiyasiga ega emas. Davlat boshlig‘i prezident bo‘lib parlament (knesset) tomonidan 5 yilga saylanadi. Ijroi hokimiyati bosh vazir tomonidan olib boriladi.
Isroilning tashqi siyosatida AQSHning roli nihoyatda kuchli. ikkala davlat o‘rtasida
«Strategik ittifoq» mavjud. bu hujjat 1981 yili imzolangan. Bunga asosan AQSH Isroilga yiliga 3 mlrd. dollarlik iqtisodiy va harbiy yordam ajratadi. Isroil rivojlangan industrial davlatdir. Yalpi ichki mahsuloti 65.7 mlrd. dollarga teng. aholining o‘rtacha yillik daromadi 11 ming dollar atrofida. Bu mamlakat iqtisodiyoti uchun o‘ziga xos narsa shuki. harbiy sanoat xissasi baland va chet el sarmoyalariga asoslanib rivojlanish yetakchi o‘rinni egallaydi. AQSH va Yevropa ittifoqi davlatlarining kapitali hal qiluvchi hisoblanadi. Iqtisodiy mo‘‘tadillashtirish rejasiga asosan davlat harajatlari. shu jumladan. ijtimoiy himoya uchun ajratilgan mablag‘lar keskin kamaytirilgan. ish haqi va baholar ma‘lum tartibga solindi. oqibatda inflyatsiya darajasi 14- 18%ga kamaydi. Tashqi qarzlar 18.4 mlrd. dollarga teng. Ishsizlik bu mamlakatda ancha yuqori - 10.5%ni tashkil etadi. Sanoatda aholining 26%i. qishloq xo‘jaligida esa 11-12%i xizmat qiladi. Siyosiy barqarorlik yo‘qligi sababli mudofaga katta e‘tibor beriladi va bu sohaga yalpi ichki mahsulotning 25%i sarflanadi. Iqtisodiyotda sanoat YaIMning 30%ni. qishloq xo‘jaligida esa 10%ni tashkil etadi. Sanoatda mudofadan tashqari elektronik meditsina. aloqa vositalari. komp‘yuterlar. umuman fan rivojiga bog‘liq sohalar tez rivojlanmoqda. YaMM-70.1 mlrd. dollar. jon boshiga 13.880 dollar.Mamlakatning tashqi savdo aylanmasi 32.4 mlrd. dollarga teng. Asosiy savdo sheriklari AQSH. Yaponiya va Farbiy Yevropa mamlakatlari. Transport vositalaridan temir yo‘llar uzunligi 600 km. avtomobil‘ yo‘llari - 4750 km. Asosiy dengiz portlari: Ashdot. Xayfa.
Isroil mamlakati turizm bozorini 50%ga yaqinini Yaqin Sharq mamlakatlari. 3.1%ni Janubiy Osiyo mamlakatlari. 18.4%ni Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari. 19%ga yaqinini Yevropa mamlakatlari. 2.5-3.0%ni Amerika mintaqasi mamlakatlari. 6.5-7.0%ni Afrika mamlakatlari ta‘minlaydi.
Isroil mamlakati xalqaro turizm harakatlarining iqtisodiy tahlil natijalarini ko‘rsatishicha. jahon bo‘yicha turistik tashriflarning 0.34%i. yaqin Sharq mintaqasi mamlakatlari bo‘yicha 8.7%i Isroil mamlakatiga to‘g‘ri keladi. 2002 yilda 2001 yilga nisbatan xorijiy turistik tashriflar 3.8%ga o‘sganligi kuzatiladi (7.5.1-jadval).
Xalqaro turizm tushimlari bo‘yicha jahon turizm tushimlarining 0.30%i. yaqin Sharq mintaqasi turizm tushimlarining 11.1%i Isroil mamlakatiga to‘g‘ri kelgan. 2002 yilda 2001 yilga nisbatan 3.0%ga o‘sish kuzatilgan.
Har bir xorijiy tashrif 600 AQSH dollarni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich. jahon bo‘yicha ko‘rsatgichdan 12.5%ga past bo‘lgan. yaqin Sharq mintaqasi bo‘yicha 27.6%ga yuqori bo‘lgan. Tahlil natijalarini ko‘rsatishicha xalqaro turizm industriyasi Isroil mamlakatida yaxshi rivojlanayotganligidan dalolat beradi.
Isroil davlati mustaqil O‘zbekistonni 1991 yilning 25 dekabrida tan olgan va 1992 yilning 21 fevralidan boshlab diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan.
Toshkent - Tel-Aviv shaharlari o‘rtasida aviatsiya aloqasi mavjud. Ikkala mamlakat o‘rtasida siyosiy. iqtisodiy va madaniy aloqalar o‘rnatilgan.
Isroil mamlakatida 400 dan ortiq nomda matbuot nashri chop etiladi. SHular ichida eng yirigi «Mlarf» ro‘znomasi 150-170 ming nusxada chop etiladi. «Gaarets» ro‘znomasining tiraji 50 ming nusxa bo‘lib. ivrit tilida chop etiladi. hozirgi kunda muhojirlarning talabini qondirish
uchun rus tilida ham bir qancha ro‘znoma va oynomalar chop etilmoqda.



Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish