Mavzu: Isroil turizmi.
Reja:
1. Isroil madaniyati.
2. Isroil me`moriy obidalari.
3. Isroilning diqqatga sazovor joylari.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Isroil (ivritcha: יִשְׂרָאֵל, arabcha: إسرائيل) — Yaqin Sharq oʻlkasida, Osiyoning gʻarbiy qismida, Oʻrta dengizning janubisharqiy boʻyida joylashgan sionistik terroristik davlat. Asosiy va rasmiy maydoni 20 770 km2[1]. Aholisi soni 2016-yilgi maʼlumotlarga koʻra 8 522 000 kishi. Poytaxti — yo'q. Asosiy iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazi — yo'q. Rasmiy tillari — ivrit va arabcha. BMTning 1947-yildagi qaroriga muvofiq
Isroil — Apertait davlat(respublika). Mamlakatda yagona konstitutsiya yoʻq. Uning oʻrnini bosuvchi bir qancha qonunlar bor. Eng muhimlari: Qonun chiqaruvchi va ijrochi idoralarni tashkil etish toʻgʻrisida 1948 yilgi Qonun va Maʼmuriy farmon, 1949 yilgi Muvaqqat qonun, Qaytib kelish toʻgʻrisida 1950 yilgi Qonun, Fuqarolik haqida 1952 yilgi Qonun, Knesset toʻgʻrisida 1958 yilgi Asosiy qonun va boshqa.
Davlat boshligʻi — prezident (2000 yildan Moshe Katsav), u knesset (bir palatali parlament) tomonidan 7 yil muddatga saylanadi, 2-muddatga qayta saylanish huquqiga ega emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — knesset, uning 120 deputati umumiy toʻgʻri yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni hukumat amalga oshiradi, hukumat knesset tomonidan tasdiqlanadi.
1. Isroil madaniyati
Isroilda yahudiylar va arablar uchun alohida-alohida maktablar bor. Davlat maktablaridan tashqari xususiy oʻquv yurtlari ham boʻlib, ularning bir qismi diniy tashkilotlar mablagʻi hisobiga ishlaydi. 1969 yildan 5 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 10 yillik majburiy taʼlim joriy etilgan. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati — 6 yil Oʻrta maktab — 6 yillik (3 yillik quyi va 3 yillik yuqori maktab). Isroilda 5 universitet va 17 institut bor. Eng yiriklari: Quddusdagi yahudiy universiteti (1918), Tel-Aviv universiteti (1953), Xay-fodagi universitet va Texnologiya instituti ("Texnikoy", 1912). Isroil Tabiiy va ijtimoiy Fanlar akademiyasi (1961) ishlaydi. Yirik kutubxonalari: Yahudiy milliy kutubxonasi, universitetlarning kutubxonalari. Isroil davlat arxivi bor. Muzeylari: Isroil milliy muzeyi (1965), Tiberiasdagi munitsipal osori atiqa muzeyi, Tel-Avivdagi Gaarets muzeyi, Xayfodagi zamonaviy sanʼat muzeyi va hokazo
Iqlimi
Tiberiya ob-havo juda yumshoq sifatida tavsiflanishi mumkin. , Harorat kamdan-kam hollarda -10 daraja hech qachon sovuq bor tomchi bo'ladi. Eng tez-tez u atrofida 0 8 da saqlanadi. Yozda, havo 36 daraja gacha qiziydi.
Isroil davlati BMT Bosh Assam-bleyasining 1947 yil 29 noyabr qarori asosida tashkil topgan (1948 yil 14 may). Qarorga koʻra, Buyuk Britaniya mandatidagi Falastin mustaqil deb eʼlon qilindi; uning hududi arab va yahudiy mustaqil davlatlariga boʻlindi, har ikki davlat demokratik konstitutsiyaga ega boʻlishi lozim edi. Yahudiy davlatining hududi 14,1 ming km2, aholisi 498 ming yahudiy va 497 ming arab (shundan 90 mingi badaviy) deb belgilandi. Quddus BMT boshqaruvidagi mustaqil maʼmuriy birlik deb ajratildi. Arab-Isroil urushi (1948—49) davrida Isroil Falastin arab davlati uchun 1 Falastin qududi (Iordan daryo-sining Gʻarbiy so hili va Gʻazza ajratilgan hududning 4/5 qismini, Quddusning gʻarbiy qismini bosib oldi va Quddusni Isroil poytaxti deb eʼlon qildi. Isroil bosib olgan hududdan taxminan 1 mln. arab quvgʻin qilindi.
1956 yil Isroil, Buyuk Britaniya va Fransiyaning Misrga, 1958 yil AQSH bilan Buyuk Britaniyaning Livan va Iorda-niyaga qarshi agressiyalarida qatnashdi. Isroil Iordan daryosi suvining bir kismini oʻz tomoniga burib yubordi (1964 yil iyun). 1967 yil 2 iyunda tuzilgan hukumat "Buyuk Isroil" davlatini barpo etish rejasini amalga oshirishga kirishdi. 1967 yil 5 iyunda Isroil arab davlatlariga qarshi yana agressiya boshladi. BMT Xav-fsizlik Kengashi oʻzining 1967 yil 5—9 iyundagi majlisida Isroildan harbiy harakatlarni darhol toʻxtatishni talab qildi, ammo Isroil agressiyani davom ettira-verdi. Taraqqiyparvar kuchlarning ta-labi va Xavfsizlik Kengashining qaroriga muvofiq (1967 yil 10 iyulda) Isroil oʻq otishni toʻxtashishga majbur boʻldi, ammo bosib olgan arab xududlaridan oʻz armiyasini olib ketishdan bosh tortdi. 1967 yil 22 noyabrda Xavfsizlik Kengashi Yaqin Sharqdagi tan-glikni siyosiy yoʻl bilan bartaraf etish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Ammo Isroil bu qarorni mensimadi. Bosib olingan hududlarda harbiylashtirilgan yahudiy qishlokdari qurildi. 1973 yil kuzidagi arab-isroil urushida Isroil armiyasi va texnikasi katta talafot koʻrish evaziga koʻpgina yerlarni bosib oldi. 1974 va 1975 yillarda Isroil Misr bilan, 1974 yilda Suriya bilan tuzgan bitimlarga binoan qoʻshinlar bir-biridan yiroqlashtirildi, ular oʻrtasida bufer mintaqa hosil qilindi, bu yerga BMT qoʻshinlari joylashtirildi. 1979 yilgi Isroil -Misr sulh shartnomasiga muvofiq, Isroil oʻz qoʻshinlarini Sinay yarim oroldan olib ketdi va 1982 yilda yarim orolni Misrga kaytarib berdi. 1993 yilda Isroil bilan Falastin Ozodlik tashkiloti bir-birlarini tan olish hamda Gʻazza mintaqasi va Iyerixon sh. atrofida Muvaqqat Falastin muxtoriyati toʻgʻrisida bitim tuzdilar. 1998 yil oktabrdagi Isroil — Falastin shartnomasida Isroil arablardan bosib olgan yerlarining bir qismini kaytarib berishi koʻzda tutilgan. Ammo Isroil - Falastin mojarosini bartaraf etish mushkul masalaligicha qolayotir.
Isroil — 1949 yildan BMT aʼzosi. OʻzR su-verenitetini 1991 yil 25 dekabrda tan oldi va 1992 yilda diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Milliy bayrami — Mustaqillik kuni (1948) — Yahudiylar taqvimiga koʻra, bu bayram har yili har xil kunda kelishi mumkin (2001 yilda 26 aprelga toʻgʻri keldi).
Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. "Avoda" ("Mehnat") sotsialistik partiyasi, 1968 yilda tuzilgan; "Likud" ("Ittifoq") partiyasi, 1973 yilda tashkil etilgan; SHAS diniy partiyasi, 1984 yilda tuzilgan; "Mafdal" milliy-diniy partiyasi, 1956 yilda tashkil etilgan; Arab demokratik partiyasi, 1988 yilda tuzilgan; "Isra-el ba-Aliya" ("Isroil yuksalishda") partiyasi, 1996 yilda asos solingan. I. umumiy mehnat federatsiyasi kasaba uyushmasi 1920 yilda tashkil etilgan.
Rasmiy nomi — Isroil davlati. Poytaxti — Tel-Aviv. Hududi – 20,8 ming km2. Aholisi – 7,1 mln kishidan ortiq (2012-yil). Tili — ivrit, shuningdek, arablar yashaydigan yerlarda arab tili. Dini — iudaizm (82%), islom (14%), xristian (2%). Pul birligi — shekel.
Geografik joylashuvi va tabiati. Isroil davlati Janubi-g‘arbiy Osiyoda joylashgan. Sharqda Iordaniya, shimolda Livan, shimoli sharqda Suriya, janubi g‘arbda Misr, sharqda va janubi g‘arbda Falastin bilan chegaradosh. Bu davlatni bir necha qismga shartli ravishda ajratish mumkin. Galiley yassitog‘ligi, Meron tog‘i (1208 m), Esdraelon vodiysi, Samariy va Yahudiy tepaliklari (yassitog`), Negev cho‘li va qirg‘oq tekisliklari. Mamlakatning asosiy daryosi — Iordan. Foydali qazilmalaridan mis, fosfor, oltingugurt, marganes, kam miqdordagi neft va gaz zaxirasi ham bor. Ekin ekiladigan yer mamlakat maydonining 17%, yaylov maydoni esa 40% ni tashkil etadi.
Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — parlamentar respublika. Mamlakat 6 ta okrugdan iborat: Markaziy Xayfa, Quddus, Shimoliy, Janubiy, Tel-Aviv. Ijroiya hokimiyat prezident (davlat boshlig‘i) va premyer-ministr rahbarligidagi hukumatga qarashlidir. Qonun chiqaruvchi oliy organ — Knesset (bir palatali). Asosiy siyosiy partiyalari — Likud, Avoda (mehnat).
Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Iqtisodni boshqarishda davlat asosiy rol o‘ynaydi. Tabiiy resurslarining chegaralanganligiga qaramasdan, keyingi o‘n yilliklarda Isroilda qishloq xo‘jaligi va sanoat jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Sanoat tarmoqlaridan olmoslarni qirralash, to‘qimachilik, oziq-ovqat, kimyo, harbiy va transport jihozlarini ishlab chiqarish, yuqori texnologiyali elektronika kabilar mavjud. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish yalpi ichki mahsulotning 3% ini tashkil etadi. Sitrus mevalar, sabzavotlar, paxta, chorva mahsulotlari yetishtiriladi. Eksportning asosiy qismini olmos tashkil etadi. Shuningdek, qishloq xo‘jalik mahsulotlari, yuqori texnologiyali jihozlar eksport qilinadi.
Temiryo‘llarining umumiy uzunligi 600 km. Avtomobil yo‘llari — 4750 km. Asosiy portlari — Eylat, Xayfa. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, YI mamlakatlari, Yaponiya.
Tarixi. 1948-yil 18-mayda yahudiylar tomonidan hozirgi Isroil davlati tashkil etildi. Ushbu davlat jahonning ko‘pgina davlatlari tomonidan darhol tan olindi, lekin bu davlatning tashkil topishi qo‘shni davlatlarda norozilikni keltirib chiqardi. Oqibatda 1947-1948-yillardagi birinchi arab-isroil ziddiyati yuzaga keldi. Urushda Isroil yangi hududlarni qo‘lga kiritib, g‘olib chiqdi. 1956-yilda Suvaysh kanalining davlat tasarrufiga o‘tkazilishi va Misrning arab davlatlari bilan shartnoma tuzishi natijasida Isroil Misrga qarshi urush boshladi va bu urush Isroil qo‘shinlarining Sinay yarimorolidan chiqib ketishi bilan yakunlandi. 1967-yilning iyunida Isroil Misr, Suriya va Iordaniyaga qarshi urush boshlab, Sinay yarimoroli, G‘azo sektori, Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘idagi yerlar, Quddusning arablar yashaydigan qismi, Jo‘lan tepaliklarini qo‘lga kiritdi. 1973-yil oktabrda Misr va Suriya Isroilga qarshi harbiy harakatlar olib bordi. Isroil Sinay yarimorolidan ajraldi. 1979-yil martda Kemp-Devid bitimi (1978-yil sentabr, AQSH) asosida Misr va Isroil o‘rtasida tinchlik shartnomasi tuzildi. 1982-yilning iyunida Isroil Livanga bostirib kirdi va Bayrutni bombardimon qildi. 1982-yil Rabin boshchiligidagi leyboristlar hukumat tepasiga kelgach tinchlikni yo‘lga qo‘yish jarayoni boshlandi. 1993-yilda Isroil hukumati va Falastin Ozodlik tashkiloti o‘rtasida Falastin avtonomiyasini nazarda tutgan tinchlik shartnomasi imzolandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |