«Kurort» so‘zi nemis tilidan olingan bo‘lib, u «davolanadigan joy» ma‘nosini anglatadi.
Diniy turizm halqlarning o‘z diniga bo‘lgan xurmati va e‘tiqoti nuqtai nazaridan muqaddas qadamjoylar, shaharlar, qabriston va aziz sanalgan maskanlarga ziyorat qilishdir.
Sport turizmi - sport o‘yinlariga, musobaqalarga va sport musobaqalari o‘tkaziladigan mintaqaga yoki mamlakatga sportchilar bilan birgalikda muhlislarning tashrifi demakdir. Qayd etish joizki, hozirgi paytda turizmning bu tarmog‘i katta daromad manbai sifatida tez o‘sib bormoqda.
Tanishuv turizmi keng qamrovli bo‘lib, sayyohlikning barcha tarmoqlari bilan chambarchas bog‘liq. Turizmning bu tarmog‘ida sayohat paytida sayyoh yangi joylar bilan tanishish, ko‘rish bilan ma‘naviy zavq oladi. SHuning uchun yuqoridagi turizmning funktsional turlaridan barchasida asosan bu tarmoqning bevosita ishtirok etishi xarakterlidir.
SHunday qilib, turizm geografiyasi (TG) iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning bir bo’lagi bo’lib, u turli mamlakat va mintaqalarda sayyohlikning shakllanishi, rivojlanish va xududiy tashkil etish xususiyatlari hamda qonuniyatlarini o’rganadi. TG hududiy harakat oqibatida, ya‘ni yer yuzining turli tomonlariga geografik marshrutlar uyushtirish asosida vujudga keladi. Bu esa mintaqada xizmat ko‘rsatish geografiyasini tashkil etish va rivojlantirishga ham sababchi bo‘ladi.
Turizmning ekologik jihatlari. Turizmni iqtisodiy geografik jihatdan baholashda aholi va uning xo‘jalik faoliyatining o‘sishi tabiatga, tabiiy muhitga salbiy ta‘siri o‘rganilsa, tabiiy geografiyada esa atrof-muhit, tabiiy komponentlar va landshaftlarning antropogen omil ta‘sirida o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolar tahlil etiladi. Ushbu masalalar bilan turizmning nisbatan yangi yo‘nalishi bo‘lgan ekologik turizm yoki ekoturizm shug‘ullanadi.
1997 yil Braziliyada bo‘lib o‘tgan Butunjahon kongressida qayd etilgan ma‘lumotga ko‘ra dunyo bo‘yicha jami sayohatga chiqqanlarning 12 foizi ekoturizmda ya‘ni, «yashil» sayohatga chiqishgan. G‘arb olimlarining baholashicha, 1993 yil ekoturizmdan tushgan daromad 30 mlrd.
AQSH dollarini, ya‘ni uning xalqaro turizmdagi daromad hissasi 10 foizni tashkil etgan. Sayohatning bu turi asosan AQSH, Kanada, Avstraliya, Nepal, Ekvador, Braziliya, Fillipin, Keniya, JAR davlatlarida tez rivojlanmoqda (Aleksandrova, 2002).
Dunyo miqyosida turizmning eng yangi yo‘nalishlaridan biri- «ekoturizm»ning asosiy maqsadi turistik marshurutlarni hududiy tashkil etishda atrof muhitni, tabiiy muvozanatni saqlab qolishga e‘tiborni kuchaytirishdir. SHu nuqtai nazardan ekologik turizm umumiy ekologik muammolarni yechish bilan uyg‘unlashib ketadi. Bunda turizm landshaftlar ekotizimida turistik salohiyatidan ularga zarar ko‘rsatmagan holda foydalanish jiddiy ahamiyat kasb etadi. Bu esa 1992 yilda Rio-de-Janeyroda BMT-ning atrof muhitni muhofaza qilishga bag‘ishlangan konferentsiyasida qabul qilgan « barqaror rivojlantirish» tamoyiliga muvofiq keladi.
Turistik sayohatlarga chiqishdan maqsad sayohat paytida yangi joylarni ko‘rish, tabiat go‘zalligidan, toza tog‘ yoki o‘rmon havosidan bahra olish, yovvoyi tabiat bag‘rida dam olish, shuningdek, o‘zga halq urf-odati, madaniyati, san‘ati, tarixiy obidalarini ko‘rishdan iboratdir. Binobarin, ekologik toza hudud ajoyib tabiat va boshqa rekreatsiya resurslari ekoturizmning muhim ob‘ekti bo‘lishi bilan birga, ayni vaqtda ekologik tang hududlarni ham tadqiq qilish ahamiyatdan xoli emas.
Ekologik turizmning o‘sishini shundan ham ko‘rish mumkinki, asosiy xalqaro turistik marshrutlar go‘zal ekzotik tabiati va betakror turistik resurslari mavjud bo‘lgan Avstraliya, Yangi Zellandiya, Janubiy Amerika, Afrika davlatlariga, Gavayya orallariga to‘g‘ri kelmoqda. Ba‘zi ma‘lumotlarga ko‘ra, xalqaro turizm bozorida ekoturizmning hissasi hozirgi vaqtda 1/5 ga yetdi.
Respublikamiz tarixiy, arxeologik, arxitektura, san‘at, musiqa va boshqa turistik imkoniyatlarga nihoyatda boy. Bundan tashqari, O‘zbekistonning betakror tabiati, tog‘ va daryolari, cho‘l va vohalari, ko‘l va landshaft zonalari asosiy rekreatsiya resurslaridir. Ularni ekoturizm nuqtai nazaridan o‘rganish katta ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
Dengiz va okeanlarda nihoyatda katta turistik imkoniyatlar mavjud. Keyingi paytlarda dunyo okeani bo‘ylab yer sharining turli qismlariga sayohatlarga chiquvchilar soni tez o‘sib bormoqda. CHunki, dengiz sarguzashtlari, iqlimi, go‘zalligi, tabiati, hayvonot dunyosi, orollarining o‘ziga xos tabiati bilan tanishish kishiga zavq bag‘ishlaydi.
O‘rmon ham dam oluvchi va tabiat qo‘yniga sayr qiluvchi sayyohlarni o‘ziga tortadi. O‘rmon o‘zining kislorod zaxirasi, o‘simlik va xayvonot dunyosi bilan, shuningdek, sog‘lig‘ini tiklovchi va sokinlikni istovchi sayyohlar uchun muhim turistik ob‘ekt hisoblanadi. SHu bois, botaniq bog‘lar, parklar, milliy bog‘lar sayyohlarning eng gavjum joylaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |