D=50,0
|
ШБ
|
V= 0,1
|
D=25,0
|
м н к
|
V= 0,2
|
D=16,0
|
ы M Б Ш
|
V= 0,3
|
D=12,5
|
Б Ы H К M
|
V= 0,4
|
D=10,0
|
и н ш M К
|
V= 0,5
|
D=8,33
|
H Ш Ы И К Б
|
V= 0,6
|
D=7,14
|
LU И H Б К Ы
|
V= 0,7
|
D=6,35
|
К Н Ш М Ы Б И
|
V= 0,8
|
D=5,55
|
Б К Ш М И Ы Н
|
V= 0,9
|
D=5,0
|
НКИБМШЫБ
|
V= 1,0
|
D=3,34
|
ШИНКМИМБ
|
V= 1,5
|
D=2,5
|
ИМШ ЫНБМК
|
V= 2,0
|
75- rasm. Golovin jadvali.
|
Tekshiruvchi o‘quvchining ikkala ko‘zining qorachig‘i bir xil yoki har xil ekanligini aniqlaydi.
So‘ngra tekshiruvchi bir qo‘li bilan tekshiriluvchining bitta ko‘zini berkitib, ikkinchi ko‘zining qorachig‘i hajmi o‘zgarishini aniqlaydi, ya’ni qorachig‘i kattalashadi. Berkitilgan ko‘zni ochgan zahoti uning qorachig‘i ham kattalashgan bo‘ladi. Birozdan keyin esa ikkala ko‘zning qorachig‘i ham kichiklashadi.
Tajriba quyidagicha tushuntiriladi:
Ko‘z qorachig‘i yorug‘lik ta’sirida torayadi, qorong‘ilik ta’sirida kengayadi.
Har ikkala ko‘zning qorachig‘i bir vaqtda kengayish va torayish xususiyatiga ega. Buning boisi shundaki, ikkala ko‘rish nervining tolalari bosh miyaning pastki qismida qisman (yarim tolasi) kesishadi, ya’ni o‘ng ko‘zning ko‘rish nervi tolalarining yarmi miyaning chap tomoniga, chap ko‘zning ko‘rish nervi tolalarining yarmi miyaning o‘ng tomoniga o‘tadi. Bu tolalar ikkala yarimsharning o‘rta miya sohasidagi to‘rt tepalik, deb ataluvchi po‘stloqosti nerv markaziga boradi. U yerda ko‘rish nervidagi qo‘zg‘alish ko‘z soqqasini harakatlantiruvchi nerv markaziga o‘tadi va uning tolasi orqali ko‘z soqqasiga kelib, ikkala ko‘zning qorachig‘ini ham bir vaqtning o‘zida o‘zgartiradi (qorong‘ida kengayadi, yorug‘da torayadi).
Y uqoridagi tajribaning mazmunini o‘quvchilar daftarlariga yozib oladilar.
§. Eshitish organi (eshitish analizatori)
+ Eshitish analizatorining ahamiyati
Odamning umri butunlay uzluksiz tovushlar dunyosining ta’siri ostida o‘tadi: quslilar, hayvonlar, odamlaming ovozi, musiqa ohanglari, texnika vosita-larining tovuslii — bulaming barchasi odamning eshitish organiga ta’sir qiladi va tovush sifatida qabul qilinadi.
Eshitish va nutq bir-biri bilan chambarchas bog‘liq, chunki bola nutqining rivojlanishi uchun uning eshitish organi normal bo‘lishi kerak, ya’ni u eshitgan so‘zlarini takrorlaydi, natijada uning nutqi rivojlanadi. Bola tug‘ilisliidanoq eshitish organining faoliyati buzilgan bo‘lsa, u tovushni eshitmaydi, natijada aytilgan so‘zlami takrorlay olmaydi, ya’ni uning nutqi rivojlanmaydi.
Eshitishning ahamiyati yana shundan iboratki, odam hayot- dagi ba’zi voqealami ko‘rgandagiga nisbatan, ulaming mazmunini eshitganida to‘liqroq tushuncha oladi. Masalan, odam biror spektaklni televizordan ovozsiz tomosha qilganda olgan tushun- chasiga nisbatan shu spektaklning mazmunini radio orqali eshitganida to‘liqroq tushunchaga ega bo‘ladi.
Binobarin, eshitish organining faoliyati normal bo‘lishi, awalo, har bir odamda bolaligidan boslilab nutq paydo bo‘lishi va rivojlanishiga imkon beradi. Bolaning keyingi hayoti davrida
eshitish va nutqning birgalikda rivojlanishi uning tarbiyalanishida, bilim olishi, hunar o‘rganishi, musiqa san’atini tushunishi va barcha ruhiy faoliyatining shakllanishida muhim o‘rin tutadi.
Eshitish organi — quloqning tuzilishi. Eshitish organi bo‘lgan quloq bosh suyagining chakka qismida joylashgan. U uch qismdan: tashqi, o‘rta va ichki quloqdan iborat (76- rasm).
Tashqi quloq — quloq suprasi va tashqi eshitish yo ‘lidan iborat. Tashqi quloq yo‘lining oxirida biriktiruvchi to‘qimadan tashkil topgan 0,1 mm qalinlikdagi nog‘ora parda bo‘lib, u tashqi quloq yo‘lini o‘rta quloq bo‘shlig‘idan ajratib turadi.
0‘rta quloq bo‘shlig‘i Yevstaxiy naychasi yordamida burun- halqumga tutashgan. 0‘rta quloqda bir-biri bilan ketma-ket birikkan uchta eshitish suyakchalari (bolg‘acha, sandon, uzan- gi) tovush to‘lqinlari ta’sirida nog‘ora pardada hosil bo‘lgan tebranishni ichki quloqqa o‘tkazadi.
Ichki quloq — bo‘shliq va yarimdoira kanalchalar sistemasidan, ya’ni suyak labirintdan iborat. Suyak labirintning ichida parda labirint joylashgan, ular orasidagi torgina bo‘shliqda perilimfa suyuqligi bo‘ladi. Parda labirintning ichida esa endolimfa suyuqligi bo‘ladi. Suyak labirintda chig‘anoq bo‘lib, uning ichida tovush ni sezuvchi hujayralar, ya’ni eshitish retseptorlari joylashgan.
Suyak labirintning dahliz va yarimdoira kanalchalar deb ataluvchi qismidagi xaltasimon tuzilmalarda odam tanasining fazodagi muvozanatini ta’minlovchi vestibular analizator retseptorlari joylashgan.
Eshitish organining funksiyasi. Yuqorida aytilgan tashqi, o‘rta va ichki quloqning har biri o‘ziga xos funksiyani bajaradi. Quloq suprasi tovush UVlqinlarini to‘plash va uni quloqning tashqi yo‘li- ga yo‘naltirish vazifasini o‘taydi.
Ayniqsa yuksak rivojlangan umurtqali hayvonlarda (it, ot, quyon, qo‘y va boshqalarda) quloq suprasi muskullari yaxshi rivojlangan bo‘lib, ular tovush kelgan tomonga quloqlarini ding qilib harakatlantira oladilar. Odamda quloq suprasini harakatlantirish imkoni bo‘lmasa-da, u tovushni to‘plash va uni quloq yo‘li tomon yo‘naltirish imkoniyatiga ega.
Tashqi quloq yo‘li tovush to‘lqinlarini nog‘ora parda tomon o‘tkazadi. Tovush nog‘ora pardani tebrantiradi, uning tebranishi eshitish suyakchalari orqali ichki quloqning chig‘a- nog‘i hamda yarimdoira kanalchalardagi perilimfa va endolimfa suyuqliklarini to‘lqinlantiradi. Ulaming to‘lqinlanishi chig‘anoq ichidagi eshitish retseptorlarini qo‘zg‘atadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |