72- rasm. Ko‘z soqqasi:
— ko‘z soqqasining oq pardasi;
— ko‘z soqqasining shox pardasi;
— ko‘zning qon tomir pardasi;
— ko‘zning kamalak pardasi;
— ko‘zning oldingi bo‘shlig‘i (suyuqlik bilan to‘lgan); 6 — ko‘z qorachig‘i; 7—ko‘z gavhari; 8— gavharni o‘rab turuvchi kipriksimon muskul; 9— shisha- simon tana; 10 — ko‘zning to‘rpardasi; 11 — ko‘rish nervi.
Ko‘zning tuzilishi. Ko‘z bosh suyagining chuqurchasida — ko‘z kosasida joylashgan. Ko‘z ko‘z soqqasi, ko‘rish nervi va yordamchi qismlar: ko‘z soqqasini harakatlantiruvchi muskullar va ulaming nervlari, qovoq va kipriklar, yosh bezlari, qon tomirlari kabi- lardan tuzilgan (72- rasm). Ko‘z soqqasi tashqi va icliki qismlardan iborat. Tashqi qismi uch qavat: tashqi — fibroz, o‘rta — qon tomir va icliki — to‘rsimon pardalardan tashkil topgan. Icliki qismiga ko‘z ichi suyuqligi, ko‘z gavhari va sliishasimon tana kiradi. Fibroz pardaning oldingi qismida shox parda bo‘ladi. Ko‘z soqqasining ichki — to‘rsimon pardasi, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega, chunki uning orqa qismida yorug‘likni, ranglami qabul qiluvclii retseptorlar joylashgan. Ular maxsus nerv hujayralari bo‘lib, tayoqcha va kolbacha shaklidadir.
Ko‘zning funksiyasi. Ko‘z bajaradigan funksiyasiga ko‘ra, ikki qismdan: ko‘zning optik tizimi va retseptor qismidan iborat.
Ko‘zning optik sistemasiga uning shox pardasi, ko‘z ichi suyuqligi, gavharva shishasimon tana kiradi. Bular ko‘zga tushadigan yorug‘lik nurini sindirib o‘tkazadi va uni ko‘zning ichki to‘r- pardasida joylashgan retseptorlarga to‘plab beradi. Yorug‘lik nurini sindirib o‘tkazishda, ayniqsa, ko‘z gavhari muhim o‘rin tutadi. Yaqindagi buyumlarga qaraganimizda gavhar qalinlashadi. Uzoqdagi buyumlarga qaraganimizda esa yassilashadi. Gavhar shaklining bunday o‘zgarislii akkomodatsiya deb atalib, u gavhar atrofini o‘rab turgan kipriksimon muskul tolalarining qisqarishi va bo‘shashislii orqali amalga oshadi. Demak, akkomodatsiya ko‘zning uzoqni va yaqinni ko‘rish qobiliyatini ta’minlaydi.
Ko‘z qorachig‘i — ko‘zning rangli pardasi o‘rtasida joylashgan teshikcha bo‘lib, uning atrofi aylana va to‘g‘ri yo‘nalgan
muskullar bilan o‘ralgan. Qorachiqning ana shu funksiyasi tufayli buyumlarning shakli, rangi, ko‘rinishi va boshqa xususiyatlari ko‘zning to‘rpardasiga aniq o‘tkaziladi (73- rasm).
Ko‘zning ichki to‘rpardasi joylashgan kolbasimon retseptorlar rang bilish xususiyatiga ega, ular ko‘k, yashil va qizil ranglami qabul qiladi (74- rasm.)
Ko‘rish o‘tkirligi. Ko‘rish o‘tkirligi ikkita buyum bir-biriga qo‘shilib ketmasdan, alohida-alohida ko‘rinishi uchun zarur bo‘l- gan ular orasidagi eng kichik masofa bilan belgilanadi. Ko‘rish o‘tkirligi normal bo‘lgan odam 60 sekundda burchak hosil qilib joylashgan ikkita nuqtani yaqqol aniqlay oladi. Ko‘rish o‘tkirligi maxsus Golovin jadvali yordamida aniqlanadi (75- rasmga qarang). Aniqlash usuli laboratoriya mashg‘ulotida berilgan.
Ko‘zning ko‘rish maydoni. Ko‘zni harakatlantirmay turganda atrofdagi buyumlami, ulaming rangini ko‘ra olish xususiyati.
Ko‘rish organi funksiyasining buzilishi. Yaqindan ko‘rish (miopiya) holati tug‘ma va hayotda orttirilgan bo‘ladi. Uzoqdan ko‘rish (gipermetropiya) holati, asosan, tug‘ma bo‘ladi, ammo keksalarda ko‘z gavhari do‘ngligining kamayishi tufayli ham yuzaga kelishi mumkin.
Ba’zi odamlarda kolbasimon retseptorlaming funksiyasi tug‘ma buzilishi tufayli yashil, qizil va boshqa ranglarni sezish qobiliyati buziladi (daltonizm kasalligi). Bu ko‘pincha erkaklarda uchrab, irsiy o‘tadi.
Ko‘rish gigiyenasi. Ko‘rish qobiliyati me’yorida saqlanishi uchun quyidagi gigiyenik qoidalarga rioya qilish lozim:
yorug‘likning yetarli (100—150 luks) bo‘lishi;
yorug‘likning chap tomondan tushishi;
kitob, daftar, tikish va rasm chizish buyumlarini ko‘zdan o‘rtacha 40 sm masofada tutish (har bir odamning ikki qarichiga teng masofada);
o‘qish, yozish, chizish, mashg‘ulotlarida har 15 minutda ko‘zga 15 daqiqa dam berib, derazadan uzoqqa qarash;
kundalik ovqat tarkibida A vitaminga boy taomlar (jigar, sariyog‘, sabzi, qovoq)ni muntazam iste’mol qilish;
avtobus, tramvay, metro, poyezd va boshqa transport vositalarida ketayotganda o‘qish yaramaydi. Bu vaqtda qo‘ldagi kitob yoki jumal, gazeta qimirlab turadi. Bu esa ko‘z gavhari shaklining uzluksiz o‘zgarib turishiga sabab bo‘ladi va ko‘zni toliqtirib, uning
xiralashib qolishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, yotib o‘qish ham zararli; uzoq vaqt davomida televizor ko‘rish ham ko‘zni toliqtiradi;
k
73- rasm. Ko‘rish analizatorining qismlari:
1 — ko‘z to‘rpardasida joylashgan yorug‘lik sezuvchi hujayralar (ko‘rish analizatorining periferik qismi—retseptorlar); 2— ko‘rish nervi (ko‘rish analizatorining o‘tkazuvchi qismi); 3 — bosh miya po‘stlog‘ining ensa qismida joylashgan ko‘rish markazi (ko‘rish analizatorining markaziy qismi).
74- rasm. Ko‘z to‘rpardasida joylashgan ko‘rish retseptorlari:
Do'stlaringiz bilan baham: |