Uning salomatligi



Download 1,47 Mb.
bet103/109
Sana19.11.2022
Hajmi1,47 Mb.
#869214
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   109
Bog'liq
Uning salomatligi

3 A 4




  1. rasm. Tildagi ta’m bilish rctscptorlarining joylashishi (A) va ta’m bilish so‘rg‘ichlari (B):

1 — shirin; 2 — achchiq; 3 — nordon; 4 — sho‘r.
Odam hid bilish analizatori yordamida taomlaming yoqimli hidini aniqlaydi, uning ishtahasi ochiladi. Hid bilish analizatori ham moslashish, ya’ni adaptatsiya xususiyatiga ega. Biror hid uzoq
vaqt davomida muntazam ravishda ta’sir qilishi natijasida burundagi hid bilish retseptorlari mazkur hid ta’siriga moslashadi va odam bu hidga o‘rganib, unga e’tibor bermaydigan bo‘lib qoladi. Hid bilish analizatori upa-elik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxo- na xodimlarida, oshpazlarda yaxslii rivojlangan bo‘ladi. Burun sliilliq pardasining tez-tez yallig‘lanislii (tumov bo‘lish) va uni o‘z vaqtida davolatmaslik hid bilislining buzilishiga sabab bo‘ladi.
Ta’m bilish organlari (ta’m bilish analizatori). Ta’m bilish retseptorlari til so‘rg‘ichlarida, yumshoq tanglay va tomoq sliilliq pardasida hamda tomoqdagi bodomsimon bezlaming ustki qavatida joylashgan. Ayniqsa, til uchida, uning yon va orqa qismida retseptorlar ko‘p bo‘ladi. Retseptorlar ovqat tarkibidagi kimyoviy moddalar ta’sirida qo‘zg‘aladi. Ulaming qo‘zg‘alislii til-halqum nerv tolalariga o‘tib, ular orqali uzunchoq miyaga boradi. Undan oraliq miyadagi ko‘rish do‘mbog‘i, so‘ngra bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘i chakka qismining yuqori sohasidagi ta’m bilish markaziga boradi. Bu markazda ta’sir analiz va sintez qilinib, uning tabiati ta’m sifatida aniqlanadi (79-rasm).
Odam to‘rt xil ta’mni: sho‘r, nordon, shirin va achchiqni bilish qobiliyatiga ega. Til uchidagi retseptorlar shirinni, yon tomondagilari sho‘r va nordonni, orqa qismidagi retseptorlar achchiqni sezadi. Oshpazlarda ta’m bilish analizatori yaxshi rivojlangan bo‘ladi.
Ichki a’zolarning sezuvchanlik xususiyati (ichki analizator). Ichki a’zolarda, ya’ni o‘pka, yurak, oshqozon, ichak, jigar, taloq, buyrak, siydik pufagi hamda qon tomirlari devorida retseptorlar joylashgan bo‘lib, ular visseroretseptorlar deb ataladi. Bu retseptorlar mazkur a’zolarda sodir bo‘ladigan mexanik, kimyoviy, harorat va bosim o‘zgarishlari ta’sirida qo‘zg‘aladi. Qo‘zg‘alish sezuvchi nerv tolalari (vegetativ nerv sistemasi) orqali orqa va bosh miyadagi nerv markazlariga boradi. Markaz- lardagi nerv hujayralarida analiz va sintez qilinib, ta’siming tabiati aniqlanadi. Buning natijasida mazkur tomirlar kengayib yoki torayib, qon bosimining osliishi va pasayishi, ichki a’zolaming sezish va harakatlanish faoliyati amalga oshadi.
Shuni alohida qayd qilish kerakki, visseroretseptorlar boshqa sezgi a’zolari retseptorlaridan farq qilib, ulaming hamma qo‘z- g‘alishi odamga sezilavermaydi. Balki bu retseptorlarning ba’zilarining qo‘zg‘alishini odam sezadi. Masalan, och qolish, chanqash, siydik, najas ajratishga taalluqli retseptorlar qo‘zg‘a- lishini odam sezadi va shunga ko‘ra chora-tadbir ko‘radi. Ammo ko‘pchilik visseroretseptorlarning qo‘zg‘alisliini odam sezmaydi. Masalan, yurak, o‘pka, taloq, jigar, buyrak kabi a’zolar hamda qon tomirlari devoridagi retseptorlaming qo‘zg‘algani va ulaming ishi o‘zgargani odamga ko‘pincha bilinmaydi. Biroq icliki a’zolar kasallanganda ularda sodir bo‘ladigan o‘zgarislilar retseptorlaming kuchli qo‘zg‘alishi natijasida odamda kasallikning noxush belgilari seziladi. Masalan, kasallangan organ sohasida og‘riq, acliishish, ichaklarda gaz to‘planislii tufayli qorin sohasida g‘uldurash esliitilislii kabilar shular jumlasidandir.

  1. Hid bilish analizatorining ahamiyatini ayting.

  2. Ta’m bilish qanday sodir bo‘ladi?

  3. Ichki organlaming sezuvchanligi odam hayotida qanday aha­miyatga ega?

  4. Visseroretseptorlar nima?

XIV bob. KO‘PAYISH VA RIYOJLANISH

  1. § . Ko‘payishning ahamiyati. Ko‘payish organlarining tuzilishi

Ko‘payish organizmlarning avlod qoldirish xususiyatidir. Organizmlar jinssiz va jinsiy ko‘payadi. Jinsiy ko‘payishda ota-ona organizmi qatnashadi. Ayol organizmida tuxumhujayra (ovotsit), erkak organizmida urug‘hujayra (spermatozoid) hosil bo‘ladi. Ushbu jinsiy hujayralarning yadrosida xromosomalarning toq (gaploid) to‘plami mavjud. Ikki xil jinsiy hujayralarning qo‘shilishi natijasida bitta yangi organizm hosil bo‘ladi. Ikkita organizmning irsiy moddasi (genomi) qo‘shilganligi uchun hosil bo‘lgan avlodlar bir-biridan va ota-onalaridan irsiy jihatdan farq qiladi. Jinsiy ko‘payish irsiy xilma-xillikka olib keladi.
Erkaklarning jinsiy organlari. Erkaklaming jinsiy organlariga yorg‘oqda joylashgan moyak va uning ortig'i, urug‘ yo‘li, urug‘ pufakchasi, prostata bezi kiradi. Moyaklar bir juft bo‘lib, ular erkaklik jinsiy bezi liisoblanadi. Unda erkak jinsiy hujayralari — spermatozoidlar — urug‘ huhayralari va jinsiy gormonlar testosteron (androsteron) ishlab chiqariladi.
Ayollarning jinsiy organlari. Ayollarning jinsiy organlariga tuxumdon, tuxum yo‘li (bachadon nayi), bachadon va qin kiradi (80- rasm). Tuxumdon bir juft bo‘lib, ayol jinsiy bezi liisoblanadi. Unda ayol jinsiy hujayralari (tuxum hujayralar) va jinsiy gormon (estrogen) lari ishlab chiqariladi.
Tuxumdonning po‘stloq qismida ko‘plab yosh jinsiy hujay­ralar bo‘lib, ularning yetilgani tuxumdon to‘qimasini yorib, undan bachadon nayiga o‘tadi. U mabodo erkak jinsiy hujayrasi bilan qo‘shilsa (urug‘lansa), yangi organizm paydo bo‘ladi. Urug‘lanmagan tuxum hujayra esa bachadonga o‘tib yoriladi va qin orqali tashqariga chiqib ketadi. Bu vaqtda ayolda hayz ko‘rish yuzaga keladi. Shundan so‘ng tuxumdonda navbatdagi tuxum­hujayra yetiladi.

  1. B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov






Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish