rasm. Ona qornidagi , . , A
yetti oylik homila ralan uch qavatga ajraladi. Tashqi
r, t . . qavat — ektoderma, ichki qavat —
Bo yining uzunligi 35 sm, , , ,
tanasining vazni 1000 — 1300 g endoderma va о rta qavat mezo- atrofida bo‘ladi. derma. Bu qavatlarning har biridan
homilaning har xil to‘qima va organlari shakllanadi.
H
©
omila rivojlanisliining 23-kunidan boshlab uning yuragi va katta qon aylanish doirasi ishlay boshlaydi. Ammo uning o‘pkasi va kichik qon aylanish doirasi embrional rivojlanish davrida ishlamaydi, u kindik qon tomirlari orqali ona organizmi hisobidan kislorod bilan ta’minlanadi. Bola tug‘ilgan zahoti kindigi kesilib, u ona organizmidan ajratiladi va shu vaqtdan boshlab uning o‘pkasi va kichik qon aylanish doirasi ishga tushadi.
Urug‘lanish jarayoni qanday sodir bo‘ladi?
Homila qanday rivojlanadi?
Amnion suyuqligi qanday ahamiyatga ega?
E
I
mbrion qavatlarini ayting.
54- §. Bolaning o‘sishi va rivojlanishi
Odam tug‘ilganidan to 18 yoshga kirguncha bolalik va o‘smirlik davri liisoblanadi. Buning o‘zi bir necha davrga: chaqaloqlik davri (tug‘ilganidan — 1 oylikkacha); emadigan davri (ikki oylikdan —
yoshgacha); maktabgacha tarbiya yoslii (2—6 yosh); kichik maktab
yoshi (7—11 yosh); o‘rta maktab yoshi (12—14 yosh); katta maktab yoshi (15—18 yosh) ga bo‘linadi. 12—18 yosh o‘smirlik davridir.
Chaqaloqlik davri. Bola bir oylik bo‘lguncha chaqaloq hisob- lanadi.
Chaqaloqlik davrida bolaning organizmi nihoyatda nozik bo‘lib, u har xil kasalliklarga tez chalinadi. Shuning uchun uni parvarish qilish muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan xalqimiz urf-odatiga ko‘ra, chaqaloq 40 kunlik bo‘lguncha chilla davri deb ataladi. Bu davrda ona va bola juda avaylab, ehtiyot qilinadi. Buning natijasida ular har xil kasalliklardan muhofaza etiladi. Bolaning kindigi kesilgandan keyin uning o‘mi bitgunicha (8—12 kun) jarohatni toza saqlash, unga mikrob tushishidan ehtiyot bo‘lish zarur. Kindik yarasiga brilyant yashili surtib turiladi.
Bolaning terisi juda yupqa, nozik bo‘lganligi uchun uni nihoyatda toza saqlash kerak. Yo‘rgaklari toza, dazmollangan bo‘lishi, parvarish qiluvchi kishi qo‘lini sovunlab yuvib turishi va og‘iz-bumiga to‘rt qavatli doka niqob tutishi kerak.
Chaqaloqning hazm organlari juda nozik bo‘lganligi sababli uni ovqatlantirish qoidalariga alohida e’tibor berish kerak. U onasini emib o‘sa boshlaydi. Ona suti bo‘lmasa yoki yetishmasa, sun’iy sut aralashmalari beriladi.
Emadigan davri. Bu ikki oylikdan bir yoshgacha bo‘lgan davmi o‘z ichiga oladi.
Bola o‘sa borishi bilan asta-sekin uning sezgi organlari, nerv sistemasi, tayanch-harakatlanish sistemasi rivojlana boradi. Bir oylik bolada ko‘rish organining faoliyatini yaqqol kuzatish mumkin, ya’ni u o‘yinchoq qimirlagan tomonga ko‘z soqqasini harakatlantiradi. Uch oylik bola tovush chiqqan tomonga qaray boshlaydi, kuladi, qo‘llari bilan o‘yinchoqqa talpinadi, boshini tik tuta boshlaydi, tikka qilganda oyoqlarini yerga tiraydi.
Besh oylik bola o‘ziga yaqinlarini taniy boshlaydi, kuladi, qiyqiradi; 7 oylikdabemalol o‘tiradi, emaklaydi, 8 oylikdabuyumlami ushlab o‘midan tura boshlaydi; 11 oylikda oddiy so‘zlami ayta boshlaydi va qo‘lidan yetaklasa yuradi; 12 oylikda o‘zi yura boshlaydi va 10—12 ta so‘zni ayta oladi.
Bolaning suyak sistemasi normal rivojlanganligi uning sut tishlari chiqishi bilan ham belgilanadi. Sut tishlari 6—7 oylikda chiqa boshlaydi va 1 yoshga to‘lganida 8 ta sut tishi bo‘lishi kerak. Bola boshining ensava tepa suyaklari o‘rtasida kichik liqildoq
Do'stlaringiz bilan baham: |