Uning salomatligi


- §. Yegetativ nerv sistemasi



Download 1,47 Mb.
bet83/109
Sana19.11.2022
Hajmi1,47 Mb.
#869214
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   109
Bog'liq
Uning salomatligi

139- §. Yegetativ nerv sistemasi
+ Turlari, vazifasi
Vegetativ nerv sistemasi ichki organlar (nafas olish, qon ay­lanish, ovqat hazm qilish, ayirish, jinsiy va hokazo) icliki sekretsiya bezlarining ishini hamda moddalar almashinuvi jarayonini boshqaradi.
Vegetativ nerv sistemasi simpatik va parasimpatik nervlarga bo‘linadi (68- rasm). Ular tuzilishi va fiziologik xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladi.
68- rasm. Vegetativ nerv sistemasi:
1 — orqa miya; 2 — umurtqa pog‘onasi atrofida joylashgan nerv tugunlari (orqa miyadan chiqqan simpatik nerv tolalarining birinchi qismi shu nerv tugunlarida tugaydi, ikkinchi qismi shu tugunlarda boshlanib, to‘qima va organlarga boradi); 3 — simpatik nerv tolalarining organlar bilan tutashgan uchlari; 4 — parasimpatik (adashgan) nerv tolasi; 5,6— adashgan nerv tolasining yurak, me’da, ichak atrofidagi
tugunlari; 7 — simpatik nerv tolasining yurakka tutashgan uchi.
Simpatik nerv sistemasi. Bu nerv sistemasining markazlari orqa miyaning birinchi ko‘krak segmentidan to uchinchi bel segmenti- gacha bo‘lgan sohada joylashgan. Simpatik nerv tolalari orqa miya­ning yuqorida ko‘rsatilgan segmentlarining yon shoxlaridan cliiqib, umurtqa pog‘onasi atrofida va tananing turli qismlarida joylashgan nerv tugunlariga, ulardan esa to‘qima va organlarga boradi.
Simpatik nerv sistemasi yurak isliini tezlashtiradi va kuchay­tiradi, arteriya qon tomirlarimi toraytirib, qon bosimini oshiradi, me’da va ichaklaming harakatini susaytiradi, siydik qopi muskul- larini bo‘shashtirib, siydik yig‘ilishiga sharoit yaratadi, nafas yo‘llarini (bronxlami) kengaytirib, nafas olislini yengillashtiradi, ko‘z qorachig‘ini kengaytirib, ter ajralishini kuchaytiradi.
Parasimpatik nerv sistemasi. Buning markazlari bosh miyaning pastki qismida (o‘rta va uzunchoq miyada) hamda orqa miyaning dum-
g‘aza segmentida joylashgan. 0‘rta va uzunchoq miyadagi nerv mar- kazlaridan chiqqan parasimpatik nerv tolalari odamning bosh va yuz sohasidagi organlarga boradi. Shuningdek, parasimpatik nervning bitta tolasi (adashgan nerv) uzunchoq miyadan chiqib, ichki organlarga boradi. Parasimpatik nervning orqa miyaning dumg‘aza segmentidan chiquvchi tolalari qorin bo‘shlig‘ining pastki qismida va chanoq bo‘shlig‘ida joylashgan organlarga boradi. Parasimpatik nervlar simpatik nervlarga nisbatan teskari ta’sir ko‘rsatadi. Bu degan so‘z, simpatik va parasimpatik nerv sistemasining ishi bir-biriga qarama-qarshi emas, balki ular to‘qima va organlar funksiyasini zaruratga qarab tartibga soladi. Vegetativ nerv sistemasining funksiyasi organizmning tashqi muhit sharoitiga moslashuvida muliim ahamiyatga ega.

  1. Vegetativ nerv sistemasi qaysi organlarning ishini boshqaradi?

  2. Simpatik nerv sistemasining tuzilishi va fimksiyalarini ayting.

  3. P

    Download 1,47 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish