Uning salomatligi


+ Yuqumli kasalliklar, mikroblar va viruslar, asr vabosi



Download 1,47 Mb.
bet30/109
Sana19.11.2022
Hajmi1,47 Mb.
#869214
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   109
Bog'liq
Uning salomatligi

+ Yuqumli kasalliklar, mikroblar va viruslar, asr vabosi
O


Ilya Ilich Mechnikov (1845-1916).
dam organizmiga kasallik qo‘zg‘atuvchi turli (patogen) mikroblar, viruslar, zam- burug‘lar va boshqalar kirishi (yuqishi) natijasida yuzaga keladigan kasalliklar yuqumli kasalliklar deb ataladi. Yuqumli kasalliklami mikroblar qo‘zg‘atishi fransuz olimi Lui Paster (1822—1895) tomonidan aniqlangan. Hozir mikroblaming 1500 ga yaqin, viruslaming 100 dan ortiq turlari ma’lum. Ular tuproqda, suvda, havoda keng tarqalgan bo‘lib, ko‘p turlari ma’lum sharoitda odamda liar xil yuqumli kasal­liklami qo‘zg‘atadi.
Organizmning himoyalanish xususi- yatlari. Odam organizmi mikroblar, viruslar va kasallik qo‘zg‘a- tuvclii boshqa parazitlardan o‘zini liimoya qilisli xususiyatiga ega. 0‘zini liimoya qilisli usullari bir necha xil bo‘lib, ular quyidagilardan iborat. Organizm o‘zini liimoya qilisliining birinchi bosqichi
teri, burun, nafas yo‘llari, ovqat hazm qilisli organlarining icliki sliilliq pardasi hisoblanadi.
Organizm himoyalanishining ikkinchi bosqichida qon­ning leykotsitlari (oq qon tanachalari) xizmat qiladi.
Organizmning yuqumli kasalliklardan himoyalanishining uch inchi bosqichi antitelolar va antitoksinlar islilab chi- qarilislii liisoblanadi. Antitelolar organizmga kirgan mikroblami bir- biriga yopishtirib, eritib yuboradi. Antitoksinlar esa mikroblar ajratadigan zaharli moddalami parchalab neytrallaydi. Odam orga- nizmining antitelo va antitoksinlar islilab cliiqarish va ular orqali yuqumli kasalliklami qo‘zg‘atuvchi mikroblarga qarslii kurashish, o‘zini liimoya qilisli xususiyati immunitet deb ataladi.
Immunitet ikki xil, ya’ni tug‘ma va orttirilgan bo‘ladi.
Tug‘ma immunitet onadan bolaga o‘tadi. Lekin u doimiy bo‘lmaydi va bolaning birinchi yosliidayoq o‘z kucliini yo‘qotadi.
Odamning hayoti davomida orttirilgan, ya’ni uning o‘z orga- nizmida hosil qilingan immunitet (antitelo va antitoksinlar), o‘z navbatida, ikki xil bo‘ladi: tabiiy va sun’iy immunitet.
Tabiiy immunitet odam biror yuqumli kasallik bilan kasalla- nib tuzalishi natijasida hosil bo‘ladi.
Sun’iy immunitet sog‘lom odamni emlash natijasida uning organizmida hosil qilinadi. Emlash uchun maxsus laboratoriya- larda kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblar va viruslami kuchsizlanti- rish yo‘li bilan vaksinalar tayyorlanadi. Tabiiy va sun’iy immunitet organizmning o‘zida islilab chiqariladi, shuning uchun ular faol immunitet deb ataladi. Bulardan tashqari, passiv immunitet ham bo‘ladi. Emlash yo‘li bilan ba’zi sog‘lom donorlarda ayrim kasal- liklami qo‘zg‘atuvclii mikroblar va ulaming zaharli moddalariga qarslii immunitet hosil qilinadi.
Donorlaming qoni, qon zardobi tarkibidagi tayyor holdagi antitelo va antitoksinlar, shuningdek, gammoglobulin boshqa odam organizmiga yuborilsa, uning uchun bu passiv immunitet bo‘lib hisoblanadi.
Mashhur rus olimi I. I. Mechnikov Rossiyada birinclii bo‘lib quturish, kuydirgi va boshqa kasalliklaming oldini olish uchun vaksina va qon zardoblarini tayyorlab qo‘llagan.
OITS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) hozirgi vaqtda jahon jamoatcliiligini tashvishga solayotgan eng xavfli xastalikdir. OITS birinchi marta 1981-yilda AQSHda ro‘yxatga olingan. Kasallikni qo‘zg‘atuvchisi odamda immunitet tanqisligi vimsi deyilib, uni 1983-yilda fransiyalik olim L. Montane aniqlagan.
Odamda immunitet tanqisligi virusi sog‘ odamga OITS bilan xastalangan bemordan hamda tanasida shu virusni tashib yuruvchi, ya’ni hozircha o‘zida kasallik belgilari yuzaga kelib ulgurmagan odamdan yuqadi. Yuqish ycVllari: jinsiy aloqa, o‘pishish, tislilash, sterillanmagan shpris, igna, stomatologiya, ginekologiya, jarrohlik asboblari, kasal yoki virus tashib yuruvchi odamning qoni va qon zardobini qo‘llashdan iborat.
OITS ning belgilari. Jag‘osti, bo‘yin, qo‘ltiqosti, chov soha- sidagi, nafas yo‘llari (bronxlar) va ichaklar atrofidagi limfa tugun- lari kattalashadi. Terida yiringli yaralar paydo bo‘ladi, vaqt-vaqti bilan tana harorati ko‘tariladi.
OITS virusi bosh miyaning oq moddasini zararlashi tufayli bemor qo‘l-oyoqlaridagi nerv tolalari bo‘ylab og‘riq seziladi. Ba’zi


  • 40


bemorlarda qo‘l-oyoq falaji, xotiraning va aqliy mehnat qobiliya- tining pasayish hollari kuzatiladi.
Hozirgi kunda OITS ni davolash, unga qarshi emlash usullari ishlab cliiqilmagan. Shu bois bu xavfli kasallikdan saqlanislming asosiy chorasi sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, ya’ni yuqorida aytib o‘tilgan virus yuqishi yo‘llarini bilish va uni yuqtirmaslik chorasini ko‘rish zarur.
Bu kasallik asr vabosi nomini olgan, shu sababli 1-dekabr — Umumjahon OITS ga qarshi kurash kuni, deb e’lon qilingan.

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish