©
og‘lom odamda qon 3—4 mi nut ichida iviydi. Ba’zi odamlar qon plazmasining tarkibida qonning ivishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan biologik modda — antigemofil omil yetarli bo‘lmaydi. Bu kasallik gemofiliya deb atalib, u nasldan naslga, ya’ni ota-onadan bolaga o‘tadi. Bunday odamlarda qon ivishi buziladi, natijada bexosdan burundan qon kelishi, salgina jarohat tufayli ko‘p qon yo‘qotishi mumkin. Bundan tashqari, trombotsitlaming soni ka- mayganda, ovqat tarkibida Ca ionlari, К vitaminining miqdori yetishmay qolganda ham qonning ivish xossasi kamayadi.
Qon plazmasi tarkibiga qanday moddalar kiradi?
Eritrotsitlar qanday funksiyani bajaradi?
Leykotsitlar qanday funksiyani bajaradi va ulaming qanday turlari bor?
Q onning ivishi qanday ahamiyatga ega?
§. Qon guruhlari
1901- yili K. Landshteyner, 1907- yili Y. Yanskiy qonning eritrotsitlari tarkibida agglutinogen, plazmasi tarkibida agglutinin moddalari bo‘lishini aniqladilar. Bu moddalar agglutinogen A va B, agglutinin a va (3 dan iborat. Binobarin, bitta odam qonining eritrotsitlari va plazmasida agglutinogen A va agglutinin a yoki agglutinogen В va agglutinin (3 bo‘lmasligi kerak. Normada agglutinogen A va agglutinin (3 yoki agglutinogen В va agglutinin a bo‘lishi mumkin. Agglutinogen A va В bo‘lgan qonda agglutininlar umuman bo‘lmaydi. Aksincha, agglutinin a va (3 bo‘lgan qonda agglutinogenlar umuman bo‘lmaydi. Ana shunga ko‘ra, barcha odamlar qoni to‘rt guruhga bo‘linadi.
guruh — eritrotsitlarda agglutinogen umuman bo‘lmaydi, plazmada agglutinin a va (3 bo‘ladi.
guruh — eritrotsitlarda agglutinogen A, plazmada agglutinin (3 bo‘ladi.
guruh — eritrotsitlarda agglutinogen B, plazmada agglutinin a bo‘ladi.
guruh — eritrotsitlarda agglutinogen A va В bo‘lib, plazmada agglutinin umuman bo‘lmaydi.
К. Landshteyner va boshqalar 1940- yilda eritrotsitlarda rezus omil, antigen borligini aniqlaganlar. Rezus omil avloddan avlodga irsiy o‘tadi. Rezus omilning bor yoki yo‘qligiga ko‘ra, rezus musbat va rezus manfiy odamlar bo‘ladi. Rezus omil odam hayoti davomida o‘zgarmaydi. Agar ona rezus manfiy, homila rezus musbat bo‘lsa, ulaming rezus omili mos bo‘lmaganligi tufayli bolada gemolitik kasallik yuzaga keladi.
Qon quyish. Og‘ir shikastlanganda va ko‘p qon yo‘qotilganda uzoq davom etadigan og‘ir kasalliklarda bemomi davolash uchun qon quyish kerak bo‘ladi. Birinchi guruh qonli odamlar qonini barcha guruhdagi qonli odamlarga berishi mumkin. Shuning uchun ular universal donor deb ataladi (boshqalarga qon beruvchi odam donor, boshqalardan qon oluvchi odam retsipiyent deb ataladi).
Ikkinchi guruh qonli odamlar ikkinchi va to‘rtinchi guruh qonli odamlarga, uchinchi guruh qonli odamlar uchinchi va to‘rtinchi guruh qonli odamlarga qon berishi mumkin. To ‘rtinchi guruh qonli odamlar faqat shu guruh qonli odamlarga qon berishi mumkin, lekin o‘zi hamma gumhdan qon oladi. Shuning uchun ular universal retsipiyent deb ataladi (jadvalga qarang).
Bemorga qon quyish o‘ta mas’uliyatli ish liisoblanadi. Agar qon gurulii noto‘g‘ri aniqlansa, bemoming qon guruhiga to‘g‘ri kelmaydigan qon quyilsa, bemor halok bo‘lislii mumkin. Buning oldini olish maqsadida keyingi yillarda faqat bir xil guruhdagi qon quyishga o‘tish tavsiya etilmoqda.
Qon guruhlari
|
Qon berishi mumkin
|
Qon qabul qilishi mumkin
|
I
|
I.II.III.IV
|
I
|
II
|
II. IV
|
I.II
|
III
|
III.IV
|
I.Ill
|
IV
|
IV
|
I.II.III.IV
|
Qon nimalarga asosan guruhlarga holin adi?
Rezus omili nima?
Gemolitik kasallikning sababi nima?
§. Immunitet
Do'stlaringiz bilan baham: |