www.ziyouz.com kutubxonasi
qorin suzgich qanoti, 6-anaI teshigi, 7-orqa suzgich qanoti, 8-anal suzgich qanoti, 9-dum suzgich
qanoti, 10-og‘iz teshigi.
Bu organ tangachalami teshib o‘tgan qator qora teshik-
lardan hosil bo‘lgan. Teshiklaming oxirgi uchi nerv uchlari
bilan yon chizig'i joylashgan maxsus kanalga ochiladi. Yon
chizig'i suv sharoitidagi o'zgarishlarni qabul qiladi. Zog'ora
baliqning dum suzgichi boshqa suyakli baliqlarniki
singari
gomotserkal tipda, ya’ni sirtdan simmetrik, ichki tomondan
esa asimmetrikdir. Og'zi boshining uchki qismida joylashgan
bo'lib, suyak jag'lar bilan o'ralgan. Yumaloq ko'zlarida qovoq-
lar yo'q. Boshining ustki tomonida, ko'zining oldida bir juft
burun teshigi bor, ulardan har qaysisi ko'ndalang teri ko'prikcha
(to'siq) bilan oldingi va keyingi qismga bo'linadi. Zog'ora
baliqning burun teshiklari og'iz bo'shlig'iga ochilmaydi (bu-
run teshigiga nina tiqib sinab ko'ring).
Baliqni yorib ichki tuzilishini o‘rganish
Yaqinda tutilgan tirik baliqni yoki fiksirlangan baliqning
qornini tepaga qilgan holda chap qo'lga olib, qaychi bilan
qorin devorini anal teshigiga yaqin joydan dastlab ko'ndalangiga
kichik kesik hosil qiling.
Qaychining o'tmas (to'mtoq) uchini kesilgan teshikka kir-
gizib, qorin tomonining o'rtasidan og'izgacha kesing (bunda
ichki organlarga zarar yetkazmaslik kerak).
Anal teshigi oldidagi kesikdan
yuqoriga tomon to umurtqa
pog'onasiga (ichki bo'shliqning ustki devoriga) qadar
ko'ndalangiga kesing. Kesikdan hosil bo'lgan
tana devorini
ko'tarib, umurtqa pog'onasi bo'ylab bosh tomonga qarab ke-
sikni jabra qopqog'igacha davom ettiring va hosil bo'lgan par-
chani tanadan ajratib oling.
Baliqning jabra qopqoqlaridan birini kesib olib, uning suyak-
lari hamda terisining tuzilishini o'rganing.
Qopqoq ostidagi
jabralardan birini kesib olib, suvda yaxshilab yuving va Petri
www.ziyouz.com kutubxonasi
shisha idishidagi suvga soling. Idish ostiga oq qog'oz qo‘yib,
jabra ravoqlari tuzilishini o‘rganing. Baliqning og‘ziga cho'p
tiqib, cho‘pni jabra yoriqlaridan chiqishiga ishonch hosil qiling.
Ostiga mum solingan idishga yorilgan baliqni solib, labi va
dumidan nina bilan sanchib baliqni idish tubiga yopishtiring.
So‘ngra idishga yorilgan baliqni ko‘madigan miqdorda suv
quying (ichki organlar suv yuzasiga qalqib chiqib, ulami ko‘zdan
kechirishni osonlashtiradi). Yorilgan baliq yuragini ajratib olib,
Petri shisha idishdagi suvga solib ko'rib chiqing.
Yurakning
och qizg‘ish qorinchasi va to‘q qizg‘ish yurak old bo'lmachasini
toping. Barmogingizni tekkizib, yurak qorinchasi devorining
yurak old boimachasi devoriga nisbatan zichroq va qalinroq
ekanligiga ishonch hosil qiling.
Ichi yorilgan baliqning ovqat hazm qilish sistemasini
o'rganish uchun uni og'iz bo'shlig'i, halqumi, qizilo'ngachi,
oshqozon va ichak boiimlari, jigari, o't pufagi va oshqozon
osti bezlarini topib, sinchiklab ko'rib chiqing. Suzgich pu-
fagini chiqarib olib, uning shakli va tuzilishini o'rganing.
Baliqning ichki a’zolarini chiqarib olib,
orqa miyasidan
chiqadigan nervlami toping. Baliq bosh miyasini ochib ko'rish
uchun boshni chap qoiga olib, bosh suyagining tepasini en-
sadan ko'zga qarab, to bosh skeleti bo'shlig'i ochilguncha
oikir skalpel bilan tarashlang. Bosh skeleti bo'shlig'i och
kulrang ko‘pik (moy tomchilari) bilan toigan boiadi. Uni
pipetkadan suv tomizib yuving. So'ngra pinset bilan ko'z ol-
didagi va ular o'rtasidagi suyaklami olib tashlang. Hosil boigan
preparatni suvga solib, bosh miyaning ayrim qismlarini ko'rib
chiqing. Tayyor preparatdan ham foydalanib, baliqning bosh
miya boiimlari bilan tanishib chiqsangiz boiadi.
Bu ishlar bajarib boiingach, ichki organlar tuzilishi bilan
quyidagi tartibda tanishib chiqing (28-rasm).
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: