Umurtqalilar


-rasm. Baqaning og‘iz bo'shlig'i



Download 15,32 Mb.
bet36/111
Sana30.04.2022
Hajmi15,32 Mb.
#598081
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   111
Bog'liq
26umurtqalilarzoologiyasi laboratoriya mashg\'uloti

44-rasm. Baqaning og‘iz bo'shlig'i:
1-tishlari, 2-tili, 3-dim og‘ suyagidagi tishlar, 4-xoanalar, 5-ko‘z olm asi (o g ‘iz b o ‘sh lig‘idan k o ‘rinishi), 6-yevstaxiev naylarining teshiklari, 7-hiqildoq yorig‘i, 8- rezonatorning teshigi.

Baqaning tishlari jagiararo suyak bilan yuqori jag‘ suyak­ larining ichki qirrasi va dimog‘ suyagiga o'rnashgan (di­ mog' suyagida tish bo'lishi umuman suvda ham quruqlikda yashovchilar uchun juda xarakterlidir). Amfibiyalarda dimog'


tishlarining bo'lishi, baliqlardagiga o'xshash ularda ham tish-


lar faqat jag‘ suyagida joylashishga moslanmaganligini ko'rsatadi. Baqaning pastkijag'ida bunday tishlar yo'q. Baqaning bunday tuzilgan tishlari ovqatni faqat ushlab turish vazifasini- gina bajarib, uni chaynay olmaydi. Umuman, amfibiyalarning ko'pchiligida tish bo'lmaydi (masalan, qurbaqada). Baqa og'iz bo'shlig'ining tubida haqiqiy tili bor, til maxsus muskul­ lardan iborat boiib, tashqariga ancha cho'zilib chiqa oladi.
Baqa tili oldingi uchi bilan og'iz tubining oldingi qismiga birikkan boiadi. Tinch holatda ikkiga ajralgan ikkinchi uchi orqa, ya’ni halqum tomonga qarab erkin (yopishmasdan) tura­ di. Umuman, suvda ham quruqlikda yashovchilarning tili xil­ ma-xil. Ko'pchiliginiki go'shtdor o'simta shaklida boiadi.
Amfibiyalar usti yopishqoq shilimshiq modda bilan qoplan­ gan tili yordamida mayda jonivor (hasharot)lami tiliga yopish- tirib tutib yeydi (odatda baqalar oijasini tili bilan ushlaydi). Pinset orqali baqa og'zini ochib, tilining tuzilishi bilan tanishing.
Og'iz tepasining oldingi qismiga bir juft teshik joylashgan boiib, bular ichki burun teshiklari yoki xoanalar deb ataladi. Burunning tashqi va ichki teshiklari bilan o'zaro bogianishini kuzatish uchun tashqi burun teshigiga qil yoki nina tiqib ko'rish kerak.
Baliqlarda umuman (ikki xil nafas oluvchi baliqlardan tashqari) xoanalar bo'lmaydi, suvda ham quruqlikda yashovchi- larda esa xoanalarning bo'lishi ulaming atmosfera havosidan nafas olishga moslashganliklari bilan bog'liq. Og'iz bo'shlig'i to'rini aniq ko'rish uchun yuqori va pastki jagiaming birlash­ gan orqa uchlarini qaychi bilan qirqib, ulami pastga va yu­ qoriga ko'tarish lozim. Bunda og'iz to'ri yon tomonlariga joylashgan bir juft teshik —yevstaxiev naylarini ko'ramiz. O'rta quloq bo'shlig'i bilan og'iz bo'shlig'ini birlashtirib turuvchi
yo'l Yevstaxiev nayi deb ataladi.
Yevstaxiev nayining fiziologik xususiyati o'rta quloqqa tashqi havo o'tkazishdan iborat. Natijada nog'ora pardaga ichkari va


tashqaridan tushadigan havo bosimi tenglashib, nog'ora pardani yorilib ketishdan saqlaydi. Nog'ora pardani nina bilan teshib, shu teshik orqali qil o'tkazsak, qilning uchi yevstaxiev nayi orqali og‘iz-halqum bo'shlig'iga chiqadi. Erkak baqalar og'iz bo'shlig'ining halqumga yaqin, pastki jag' orqa burchaklari- ning har ikki tomoni yonida bittadan teshiklar joylashgan. Bu teshiklaming oxirgi uchi erkak baqalar qurullaganda boshning yon tomonlaridan bo'rtib chiqadigan rezonator pufakchala- riga ochiladi. Rezonatomi ko'rish uchun tirik erkak baqa ol­ dingi oyoqlari orqasini barmoq bilan siqish lozim, shunda rezonatorlar pufaksimon bo'rtib tashqariga chiqadi.
Tilning ikkiga ajralgan orqa uchi joylashgan yerda nafas yo'liga boruvchi hiqildoq teshigi bor. Agar pinset bilan bu teshikni yon tomonlarga itarsak, hiqildoq bo'shlig'i va uning ichida joylashgan tovush paychalari ko'rinadi. Baqaning tana­ si kalta va keng bo'lib, kattagina yassi boshiga bilinmasdan qo'shilib ketadi, chunki baqaning kalta bo'yni tashqaridan ajralib turmaydi. Tananing oxirida chiqaruv teshigi —kloaka joylashgan. Baqalarning oyog'i quruqlikda yashovchi boshqa barcha umurtqali hayvonlamiki kabi yashash sharoitiga mos tuzilgan bo'lib, baliqlarning juft suzgich qanotlariga gomologdir. Baliqlarning suzgich qanotlari bitta richagdan iborat bo'lsa, baqaning (umuman quruqliqda yashovchi hayvonlarning) oy­ oqlari uchta ri-chaglari tuzilmasidan tashkil topgan.
Oyoqlar ayrim boiimlarining nomi quyidagicha: oldingi oyoqlar — yelka, bilak, oyoq kafti;
orqa oyoqlar — son, boldir, oyoq kafti.
Baqalarning orqa oyoqlari oldingi oyoqlariga nisbatan uzun va kuchli taraqqiy etgan. Bu bilan dumli amfibiyalardan farq qilib, ulaming bir joydan ikkinchi joyga sakrab yurishlarida asosiy vazifani bajaradi (sakrab yurish dumsiz amfibiyalar tur­ kumi vakillarining sharoitga moslanishidagi belgilaridan biri). Baqaning oldingi oyoqlarida barmoqlari to'rtta.


Quruqlikda yashovchi boshqa tipik besh barmoqli hayvon- larniki bilan solishtirganda, baqaning birinchi barmog'i reduk­ siyalangan.
Erkak baqalar ichki birinchi barmog‘ining ostida bittadan katta bo‘rtma qadoq bor, bu bo‘rtma ayniqsa urchish vaqtida kattalashadi va tuxumni tashqi urug'lantirishda urg'ochi baqa- ni tutib turishda xizmat qiladi.
Ko'pchilik erkak baqalarning tovush pufagi yoki rezonator- lari hamda birinchi barmoqdagi bo'rtma ular uchun ikkinchi jinsiy belgi hisoblanadi. Orqa oyoqlari juda uzun, bu oyoqda- gi beshta barmoqlari orasiga serbar suzgich parda tortilgan. Barmoqlarda tirnoq bo'lmaydi.
Suvda yashovchi baqa turlarining barmoqlar orasidagi suz­ gich pardasi kuchli taraqqiy etgan. Barmoqlaming ichki to­ monida falangalar, chegarasida qo'shuvchi bo'rtmalar, tovon qismida tashqi va ichki tovon bo'rtmalari bo'lib, ular dumsiz amfibiyalar turkumi uchun katta sistematik ahamiyatga ega.

Download 15,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish