Bog'liq 26umurtqalilarzoologiyasi laboratoriya mashg\'uloti
Suyak-tog‘ayli baliqlar (Chondrostei) kenja sinfi Bu kenja sinfning bitta turkumi - osyotrsimonlar (Asipen- seriformes) va bitta oilasi —osyotrlar (Asipenseridae)ning vakil lari 0 ‘zbekistonda uchraydi.
O s y o tr la r o i la s in in g a y r im tu r la r in i a n iq la sh ja d v a l i 1 (2) Pastki labining o‘rtasi boiinmagan. Bakra baliq —Asipenser nudiventris L.
2 (1) Pastki labining o'rtasi bo'lingan.
3 (4) Tumshug'ining uchida ikki yoki uchta o'tkir tikani bor. Dum suzgichining yuqori pallasi uzun ip shaklida tugay di.
Amudaryo katta (qilquyruq) gajakdum balig'i — Pseudoscaphirhynchus kaufmanni B.
4 (3) Tumshug'ining uchida o'tkir tikani yo'q. Dum suz gichining yuqori pallasi uzun ip shaklida tugamaydi.
Amudaryo kichik (qilquyruq) gajakdum balig'i —
P. hermanni K.
Suyakli baliqlar sinfining ayrim turkumlarinianiq lashjadvali 1 (2) Yon chiziq organi yo'q. Jag'ida mayda tishlari bor.
Seldsimonlar — Clupeiformes
2 (4) Yelka suzgich qanoti dumiga yaqin, anal suzgichi ustki qismida joylashgan.
Cho'rtansimonlar —Eso ciformes
3 (1) Yon chiziq organi to'liq bo‘lmasa ham bor. Jag‘ida tishlari yo‘q.
Karpsimonlar —Cypriniformes
Cho‘rtansimonlar turkumidan 0 ‘zbekistonda bitta turi — oddiy cho‘rtanbaliq — Esox lucius L. uchraydi.
Karpsimonlar turkumining oilalarini aniqlash jadvali 1 (2) Tanasining usti tangachalar bilan qoplangan.
Karpsimonlar (Cyprinidae) oilasi
2 (1) Tanasining ustida tangachalari yo‘q. Laqqasimonlar (Siluridae) oilasi
Karpsimonlar oilasining ayrim turlarinianiqlash jadvali 1 (2) Yuqori labida ikki juft mo‘ylovi bor.
Zog‘ora baliq (sazan) — Cyprynus carpio L.
2 (1) Yuqori labida mo'ylovi yo‘q. Kumushrang tobonbaliq - Carassius auratus gibelio Bloch.
3 (4) Og‘zining burchaklarida bittadan mo‘ylovi bor. Tana sining yonida yettitadan ortiq dog‘i bor.
Turkiston qumbalig‘i (peskar) — Gobio gobio K.
4 (3) Og‘zining burchaklarida mo‘ylovi yo‘q. Yon tomoni da dog‘i yo‘q.
5 (6) Anal suzgichi uzun. Orol oqchasi (leshch) — Abramis brama L.
6 (5) Anal suzgichi kalta. Oddiy qizilko‘z (plotva) — Rutilus rutilus L.
7 (8) Mo‘ylovi ikki juft. Oddiy qorabaliq (marinka) —
Schisothorax intermedius Me. Cl.
Laqqasimonlar oilasining ayrim turlarinianiqlash jadvali 0 ‘zbekistonda laqqasimonlar —(Siluridae) oilasining bitta
- oddiy laqqa (Silurus glanis L.) va bitta —turkiston laqqach- asi (Clyptosternum reticulatum Ms.) turlari uchraydi.
Laqqalar yirik baliqlar bo'lib, chuchuk suvlarda yirtqich hayot kechiradi. Orqa suzgich qanoti juda kichik, shuialari 5 tadan oshmaydi. Anal suzgich qanoti juda uzun.
Laqqachalarning esa orqa suzgich qanotidan keyin yog‘ suzgich qanoti joylashgan. Anal suzgich qanoti ham kichik.