Faoliyat kom- ponentlari
|
Pedagogning ko‘rsatma va harakatlari
|
Maqsad
|
bo'lajak faoliyat maqsadini anglab etish va qabul qilish hamda o'quv vazifalarini qo’yish bo'yicha o'quvchilar bilan hamkorlikdagi harakatlari
|
Motiv
|
ichki motivlarga tayanish
|
Vositalar
|
o'quvchilar bilan birgalikda maqsadga mos vositalami, shu jumladan, dizaynerlik tafakkurini rivojlantirishga yordam beruvchi vositalami tanlash
|
Harakatlar
|
harakatlarning variativligi, o'quvchining imkoniyatlariga mos harakatlarni tanlash
|
Natija
|
o'quvchilarning shaxsiy ahamiyatli natijaga erishishlari; o'qituvchining diqqat markazida - o'quvchining shaxsidagi ichki ijobiy o'zgarishlar
|
Baho
|
erishilgan natijaga o'zi baho berishi imkoniyatini ta’minlash
|
Loyihalar metodining ustunliklari quyidagi omillardan iborat:
Boshqa fanlar bo'yicha bilimlarni tizimli mustah- kamlash (loyihalar qo'shimcha imkoniyatlar beradi). Kimyo va fizika darslarida olingan bilimlar o'quvchi tomonidan tayyorlanishi rejalashtirilgan buyumning mos shaklini, harakatlarini tanlab olish bo'yicha to'g'ri qaror qabul qilishda foydalanilishi mumkin.
O'quvchilar tayyorlashning ergonomik omillarini o'ylab chiqayotganlarida biologiya bo'yicha bilimlardan foydalaniladi. Matematik va fazoviy bilim va malakalari o'z g'oyalarini rejalashtirish va baholashda, materiallar og'irligini aniqlash va o'lchash hollarida, modellarni ishlab chiqishda, misol uchun, tekstil va boshqa Ioyihalarda yoki yog'och, yoki metall bilan ishlashda chizmalarni tayyorlashda rivojlanadi. O'quvchilar mahsulotning tashqi ko'rinishi, rangi va tuzilishi bo'yicha qaror qabul qilishlarida estetik qobiliyatlari rivojlanadi.
Loyihalar metodi boshqa fanlar bo'yicha olgan bilim va malakalarni mustahkamlashga yordam beribgina qolmay, balki ushbu bilimlar qo'llanilishi mumkin bo'lgan tegishli vaziyatlarni ta’minlaydi. Ko'pincha o'quvchilarga loyiha ustida ishlash uchun zarur bo'lgan bilimlar boshqa fanlarga qiziqishni rivojlantirishni kuchaytiradi. Barcha fanlar texnologiyalarini o'rganishda turli fanlarni birlashtirishdan ancha foyda topadilar.
Kognitiv malakalarini rivojlantirish.
Loyihalar orqali texnologiyalarni o'qitish kognitiv ko'nikma va malakalarini rivojlantiradi, bu o'quvchilar qaysi faoliyat turi bilan shug'ullanishlaridan qat’iy nazar ular uchun juda muhim.
O'quvchilar rejalashtirish, tadqiqotchilik, tahlil qilish va olingan natijalarni tartibga keltirish ko'nikma va malakalarini egallaydilar. Ularda ijodiy faoliyat uchun juda muhim hisoblangan divergent (turlicha, variativ) fikrlash ko'nikmalari hamda qaror qabul qilish uchun zarur bo'lgan konvergent (tub ma’noda bu «o'xshatish», «yaqinlashtirish») tafakkuri rivojlanadi. Ushbu ko'nikmalar takomillashtirilib borilgan sari o’quv- chilarda aniq bir masalani hal qilish uchun to'g'ri strategiyani tanlash malakasi rivojlanadi.
Ijtimoiy va jismoniy malakalarini rivojlantirish.
O'quvchilar asbob, uskuna va boshqa texnikalar bilan
ishlaganlarida o'zlarining jismoniy malakalarini rivojlantiradilar. Ular ehtiyojlarni (ehtimol, iste’mol bozorini oddiy o'rganish orqali) o'rganganlarida, o'zlarining mahsulotlarini sinovdan o'tkazganlarida va ularni boshqalar baholashlarini taklif etganlarida ularda «ijtimoiy» malakalar rivojlanadi. Ularda tanqidga quloq solish va tanqidiy tafakkur malakasi rivojlanadi.
Bundan tashqari, guruhli ishlarda jamoada ishlash «ijtimoiy» malakalari rivojlanadi.
O'z kuchiga ishonchini rivojlantirish.
O'quvchilar atrof-muhitga ijodiy yondashishga o'rgana- dilar, natijada ularda o'zlarining hayotlarini va boshqa inson- Iarning hayotlarini yaxshilashlari mumkinligiga ishonch shaklla- nadi. Ular o'zlarini oddiy tayyor bilimlarni oluvchi emas, balki faol hamda ijodiy shaxs sifatida tushunishga o'rganadilar.
Bularning barchasi maktab ta’limida qanday yordam beradi? Eng bo'sh hamda eng kuchli o'quvchilar ham o'qishga yetarlicha motivatsiyani uyg'otuvchi texnologiyani qiziqarli fan sifatida qabul qiladilar. Barcha fanlar bo'yicha bilimlarga intilish oshadi, o'quvchilar mumkin bo'lgan kasblari o'zgarishiga yaxshi tayyorlanadilar, bu holat XXI asrda sodir bo'lishi mumkin bo'lgan holatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |