XULOSA VA TAVSIYALAR FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik yillarida 0‘zbekistonda tarixiy islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, 0‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilinib, mamlakatimiz ijtimoiy hayotida ta’lim ustivor soha sifatida e’tirof etildi. Shunga monand tarzda uzluksiz ta’lim tizimining barcha jabhalarida sezilarli o'zgarishlar yuz berdi.
Dizayn, dizaynerlik faoliyati zamonaviy madaniyatning eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biriga aylanib bormoqda. Dizaynerlik faoliyatida ilmiy, badiiy va texnik ijodkorlikning sintetik tarzda namoyon bo'lishini ko'ramiz, Iekin dizayn ulardan mazmun va mohiyatan farqlanadi. San'at bilan dizayn o'rtasida umumiyliklar bor, Iekin ular estetik faoliyatning turlari hisoblanadi. San’at avvalo ma'naviy ishlab chiqarishning turi bo'lib, u estetik ongning bilish sohasiga kiradi. U san’atning tub mohiyatini ifodalaydi.
Shu nuqtai nazardan olib qaralganda o‘quvchining dizaynga qiziqishini, ya’ni dizaynerlik tafakkurini oilada, maktabgacha ta’lim muassasalarida shakllantirib, umumiy o'rta ta’lim maktablarida rivojlantirib, kasb-hunar hamda oliy ta’limda yanada takomillashtirib borish maqsadga muvofiqdir.
O'quvchilarda dizaynerlik dunyoqarashni shakllantirishda turli omillarning ta’siri ham turlicha. Bu omillar ichida maktab tarbiyasi eng tasirchani hisoblanadi. Zero, o'quvchida tasavvur, tushunchalarning shakllanish jarayoni aynan umumiy o'rta ta’limning boshlang'ich sinflarda boshlanadi va bu davr o'quvchi dunyoqarashi mazmunining hajm jihatidan orttirishning eng salmoqli bosqichdir. Shuning uchun ham boshlang'ich sinf davri o'quvchilarda tushuncha va tasavvurlarni shakllantirishda asosiy davr hisoblanadi. Bu tushuncha va tasavvurlar tizimida dizaynerlik tasavvurlar ham muhim ahamiyat kasb etadi.
I BOB. TASVIRIY SANAT DARSLARIDA O'QUVCHILARDA DIZAYNERLIK SAN’ATINI RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI