Kuzatuvchanlik - badiiy-ijodiy shaxsning muhim xususiyati sanaladi. Bu ob’yektning muhim o'ziga xos xususiyatlarini ajratib ko'rsatishdir. «Agar hayotni kuzatish rassomning ustunlikka ega layoqati hisoblanmasa, undan hech narsani kutmasa ham bo'ladi», - deb ta’kidlagan edi Didro.
Kuzatuvchanlik solishtirish, umumlashtirish, tahlil qilish, sintez qilish kabi tafakkur operatsiyalarini talab qiladi.
Kuzatuvchanlikka quyidagilar orqali erishiladi: tahlil, sintez qilishga 0‘rgatish hamda hayotiy tajriba orttirib borgan sari kuzatish mashqlari yordamida idrok etish jarayonini tashkil qilish; shartlari: maqsadlari aniq, vazifalar tushunarli, tizimlilik, reja asosida bo‘lsa (kuzatish rejasi zarur, unda to'g'ri tasvirlash nuqtai nazaridan har tomonlama o'rganish hisobga olinadi). Kuzatuvning faolligini ta’minlab, qo'llab-quvvatlab turish zarur. U fikrlashda (solishtirish, tahlil qilish, sintez); xulqi; munosabati, kuzatuvni anglab yetishi, ularning natijalarida namoyon bo'ladi. Bunda boy taassurotlar to'plash, kuzatuvlar turli-tumanligi muhim.
Birinehi navbatda, kuchli estetik ta’sir ko'rsatuvchi holatlar idrok etiladi va kuzatiladi. Bu dizaynerlik ijodi asosidir.
U yoki bu ob’yektni tasvirlashga ehtiyoj dizaynerlik ijodini rag'batlantiradi. Ehtiyoj ongda paydo bo'ladi, ko'rganlarini - badiiy shaklda o'rganilganlarni ifoda etish istakka aylanadi, ya’ni istak ehtiyojning mazmuni sifatida ishtirok etadi. Istak - badiiy- ijodiy faoliyatga motivdir. U rag'batlantiruvchi sifatida ijodiy faoliyatda qanoatlantiriladi.
II BOB. UMUMTA’LIM MAKTABLARINING TASVIRIY SANAT DARSLARIDA DIZAYNERLIK SAN’ATINI O’RGATISHNING PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI
O'quvchilarning dizaynerlik kompetensiyalarini rivojlantirishda ioyihalar metodidan foydalanish
Ma’lumki Ioyihalar metodi XX asrning 20-yillarida AQSHda yuzaga kelgan. Hozirda u yangi integratsiyalangan «Texno- logiya» kursini o'zlashtirishning didaktik asosini tashkil qiladi. Metod deganda qo'yilgan o'quv-o'rganish vazifasiga erishish- ning ma’lum usuli, uslublar tizimi, idrok etish faoliyati ma’lum texnologiyasining umumlashtirilgan modeli tushuniladi.
Faoliyat natijasi sifatidagi «loyiha» va bilish metodi sifati- dagi «loyiha» tushunchalarini aralashtirib yubormaslik kerak. Loyihalar metodi individual hamda guruhli shaklda izlanish tadqiqotini talab qiluvchi muammo mavjudligini ko'zda tutadi. Undan bir darsda ham va darslar seriyasida ham foydalanish mumkin.
Loyihalar metodi o'quvchilarning idrok etish ko'nikmalarini, o'z bilimlarini mustaqil yaratish malakasini, olgan axborotlarini tahlil
qilish, farazlarni ilgari surishni va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga erishish usullarini bilishni rivojlantirishni nazarda tutadi.
O'qituvchi tomonidan Ioyihalar metodining qo'llanilishi o'quv jarayonini ijodiy, jamlangan, maqsadga yo'naltirilgan boy jarayonga, o'quvchini esa - mas’uliyatli va maqsadga intiluvchi o'quvchiga aylantiradi. O'qituvchining vazifasi - barcha o'quvchilarning har birining kuchi yetadigan, ammo albatta faol idrok etish faoliyatiga tayyorlashdan iborat.
Motivatsiyali o'quv-o'rganish faoliyati (O'O'F) mazmunini ko'rsatib o'tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |