Umumta’lim maktablarining tasviriy san’at darslarida dizaynerlik san’atining amaliy tadbig’i va uni o’rgatish metodikasi



Download 0,66 Mb.
bet4/13
Sana10.07.2022
Hajmi0,66 Mb.
#767655
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Tasviriy san’at darslarida o’quvchilarning dixaynerlik kompetens

Ijodiy tasavvurni faollashtirish - badiiy-ijodiy tafakkur rag'batlantirishning muhim omili. To‘garak ishi amaliyoti ijodiy tasavvurning samaradorligi bir qator sharoitlar xususiyatlariga bog‘liq bo'lishini ko'rsatadi:

  1. O'quvchilarning ijodiy tasawurlar nazariyasini bilishlari.

  2. Badiiy-ijodiy yaratuvchilikning ijtimoiy ahamiyati, holatini o'quvchilarga tushuntirib berish.

  3. O'quvchilarning ehtiyoj sifatidagi psixologik kayfiyatlari.

  4. Olgan bilim, ko'nikma va malakalaridan o'z amaliyot- Iarida foydalanishga yo'naltirish hamda:

  1. badiiy ijodkorlik ehtiyojlarining mavjudligi;

  2. yangilikka intilishi;

  3. o'zini ifoda etishga intilishi;

  4. musobaqalashish holati;

  5. bilimlari darajasi.

Qiziqishlari, layoqati.
O'quvchilarning tasviriy ijodkorlik layoqatlari, qobiliyatlari (imkoniyatlari) barqaror kasbiy qiziqish, chuqur istak va yuqori motivatsiyalarni yuzaga keltiradi. O'quvchilarning badiiy faoliyat- ga layoqati, qobiliyati, istagi, qiziqishi bir vaqtda rivojlanadi. Ushbu xususiyatlarga ega o'quvchining tegishli tayyorgarlik, bilim, ko'nikma va malakalar darajasiga ega bo'lishi, ularning badiiy-ijodiy mahsulotlar tayyorlashlarida yuqori natijalarga olib keladi.
Badiiy-tasviriy ijodga qiziqishni shakllantirishda qobiliyat ham ishtirok etadi. Insonning tabiiy xususiyatlari - iste’dodlari hayotiy tajriba orttirish jarayonida, tashqi sharoitlar ta’siri ostida

  • ta’lim olish va idrok etish «qobiliyatga aylanadi».

Shu kabi qiziqish, uning yanada rivojlanishi o'quvchilar ijodiy qobiliyatlarining rivojlanishi uchun zarur bo'lgan sharoit hisoblanadi.
Qobiliyatlar sifatini baholashda o'quvchi shaxsining qaysi individul-psixologik qobiliyatlari ijodiy faoliyat jarayonida ishtirok etishini bilish zarur; o'quvchilarning badiiy-ijodiy faoliyatga qo'yiladigan talablarni qay darajada bajarishlari, bilim, ko'nikma va malakalarni qanchalik oson va tez egallab olishlari - bu badiiy-ijodiy qobiliyatlarining son ko'rsatkichlaridir. Sifat ko'rsatkichlari son ko'rsatkichlari bilan uzviy bog'liq.
Improvizatsiya, assotsiativ tafakkur, intuitsiyaga qobiliyat­lari to'plami, faol ijodiy tasavvur badiiy iste’dodni tashkil qiladi, shu bilan birga iste’dodga egalik o'quvchining ijodiy vazifani kam vaqt va kuch sarflab bajarishiga qarab aniqlanadi. Improvizatsiya qobiliyati «g'oya» va uni «amalga oshirish» o'rtasidagi «vaqt oralig'ini yo'qotadi».
Idrok etish ehtiyojlarining emotsional namoyon bo'lishiga ijodiy faoliyatga motivatsiyaning muhim tomoni sifatida alohida e’tibor qaratamiz.
Agar o'quvchi ma’lum bir faoliyat turini boshqa turlaridan afzal ko'rib, u bilan doimiy shug'ullansa, idrok etishi, qiziqishi Iayoqat xususiyatiga ega bo'lishi mumkin. Idrok etishi, qiziqishlari, Iayoqatlari kasbiy qiziqish va mahoratga aylanishini ta’minlash zarur. Agar bu qiziqish va Iayoqatlar insonning hayotiy rejalari bilan bog'liq bo'lsa, ular kasbiy Iayoqatga aylanib boradi.
O'quvchilarning badiiy-konstruktorlik faoliyatlarining ijodiy xususiyati ularning ishlab chiqarish sohasiga umumiy kasbiy qiziqishlarini rivojlantiradi, bu esa kasb tanlashda o'ta muhim hisoblanadi.
Badiiy-ijodiy faoliyatning sub’yektiv xususiyati, o'ziga xosliklari - bu aniq bir badiiy-ijodiy faoliyat talablariga javob beruvchi insonning individual-psixologik xususiyatlari to'plamidir.
Individual-ijodiy qobiliyat - nafaqat badiiy-ijodiy faoliyati muvaffaqiyatliligi, balki rassomning o'ziga xosligi va qobiliyati shartidir.
Badiiy-ijodiy faoliyatning sub’yektiv xususiyati - bu mazkur faoliyatga ijobiy munosabat, qiziqish, qiziqishga aylanuvchi layoqat, bu tirishqoqlik, mehnatsevarlik, e’tiborlilik,

ushbu faoliyatdan qoniqish hissi, ijodkorlik quvonchi, bu badiiy- ijodiy qiziqishlari to liq darajada qondirilishidir.

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish