Umumiy va noorganik kimyo


METALLAR KORROZIYASI VA UNDAN SAQLANISH USULLARI



Download 2,67 Mb.
bet36/42
Sana17.08.2021
Hajmi2,67 Mb.
#149606
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42
Bog'liq
KIMYO laboratoriya 2020 - сиртки лаб. ТАЙИ

METALLAR KORROZIYASI VA UNDAN SAQLANISH USULLARI.

Korroziya deb, metallarning tashqi muhit ta`sirida neytral atom holidan turli xil kimyoviy birikmalarga aylanishi, natijasida, ya’ni yemirilishiga aytiladi.

Korroziyalanish jarayoni oksidlanish – qaytarilish jarayoni bo`lib, u nam havo, elektrolit eritmalari, turli gazlar va erituvchilar ta`sirida vujudga keladi. Bunda metall oksidlanadi, metallga ta`sir etadigan tashqi muhitdagi modda esa qaytarilish jarayoniga uchraydi.

Metallga ta`sir etadigan tashqi muhitning tabiati va metallning yemirilish harakteriga ko`ra korroziya ikki xil bo`ladi:



  1. Kimyoviy korroziya

  2. Elektrokimyoviy korroziya.

Sistemada hech qanday elektr toki hosil bo`lmasdan faqat sof kimyoviy reaksiyalar ta’sirida metall va qotishmalarning oksidlanib yemirilishiga kimyoviy korroziya deyiladi.

Ko`pincha metallar suv, nam havo va elektorlitlar ta’sirida elektr tokini o`tkazadigan bo`lib qoladi va tarkibida qo`shimchasi bo`lgan metallar sirtida mikrogalvanik elementlar hosil bo`lishiga sharoit tug`iladi, natijada metall yoki qo`shimcha yemirila boshlaydi. Shunga ko`ra, ko`p metallar va qo`shimchalar sistemada elektr toki hosil bo`lishi tufayli korroziyalanadi. Korroziyaning bu turiga elektrokimoviy korroziya deyiladi.

Texnikada ishlatiladigan metallarga oz bo`lsada boshqa metallar aralashgan bo`ladi. Shu sababli metallar elektrolit eritmasiga tekkanda uzluksiz ishlaydigan galvanik element hosil qiladi va bunda aktiv metall yemiriladi.

Masalan, temir nam havoda ko`p korroziyaga uchraydi. Nam havoda temir bilan mis bir – biriga tegib turishi natijasida galvanik element hosil bo`ladi (bunda temir-anod, mis-katod vazifasini bajaradi). Bunday galvanik elementda quyidagi reaksiya boradi: Fe0 – 2e→Fe2+ anodda;

Katod sirtiga kelayotgan elektronlar elektrolit eritmasidagi kislorodni qaytaradi.

O2+2H2O – 4e- →4OH- katodda;

Natijada 2Fe2++4OH-→2Fe(OH)2 hosil bo`ladi va Fe(OH)2 havo kislorodi va nam ta’sirida Fe(OH)3 ga aylanadi, ya’ni temir zangi hosil bo’ladi


Download 2,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish