LABORATORIYA ISHI №
METALLARNING KIMYOVIY XOSSALARI.
Ishning maqsadi: Metallarning kimyoviy xossalari bilan tanishish.
Kerakli asbob va reaktivlar: Probirka, pinset, chinni kosacha, filtr qoozi, spirtli lampa, fenolftalein, suv, xlorid kislotasi, 30 % natriy ishqori, 10% sulfat kislotasi, metallar (litiy, magniy, alyuminiy, rux, qalay, temir, mis) konsentrlangan sulfat kislotasi, mis sulfat, rux sulfat, temir (III) xlorid, alyuminiy sulfat, xrom xlorid tuzlari eritmasi.
Tajriba №1. Metallarning havo kislorodi bilan o`zaro ta’siri.
Kerosinli bankacha ichidagi litiyning kichik bo`lakchasini pinset bilan olib, filtr qog`ozda artib, pichoq bilan kesiladi. Metalning kesilgan yuzasida qanday xodisa yuz beradi? Tegishli reaksiya tenglamasini tuzing.
Magniyning kichik bo`lakchasini pinset bilan ushlab yondiring. Magniyning yonishiga e’tibor bering. Qilingan ishlar yuzasidan litiy va magniy aktivligi to`g`risida xulosa chiqaring.
Tajriba №2. Metallarning suv bilan o`zaro ta’siri.
Litiyning kichik bo`lakchasini filtr qog`ozida artib, suv solingan va unga ikki tomchi fenolftalien tomizilgan chinni kosachaga tashlang. Kosachaning ustini oyna bilan berkiting. Reaksiya shiddatli borishini va suv asta-sekin qizarishini kuzating. Litiyning suv bilan bo`lgan reaksiya tenglamasini yozing.
10 tomchi suv solingan probirkaga kichik magniy bo`lakchasini tashlang. Vodorod ajralib chiqishi sezilarlimi? Reaksiya tenglamasini tuzing va metallarning suvga nisbatan aktivligini solishtiring.
Tajriba №3. Metallarning xlorid va suyiltirilgan sulfat kislotalar bilan o`zaro ta`siri.
6 ta probirkaga 10 tomchidan xlorid yoki suyiltirilgan 10% li sulfat kislota eritmasidan soling. Har bir probirkaga magniy, alyuminiy, rux, qalay, mis metallarining kichik bo`lakchasidan tashlang. Agar kerak bo`lsa, qizdiring. Hamma probirkada reaksiya boradimi? Tegishli reaksiya tenglamasini tuzing. Qilingan tajribaga asoslanib metallarning aktivligi to`g`risida xulosa chiqaring va reaksiya tenglamasini yozing.
Tajriba №5. Metallarning ishqorlar bilan o’zaro ta’siri.
6 ta probirka olib, har biriga ko`rsatilgan metallar: magniy, mis, temir, rux, qalay, alyuminiydan tashlang (har bir probirkaga bittadan metall bo`lakchasidan soling). Metallarning ustiga 30% li natriy ishqoridan 10 tomchi soling. Bir oz qizdiring. Hamma probirkada reaksiya boradimi?
Tegishli reaksiya tenglamasini yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |