Matnni o‘qing va ushbu matn asosida tuzilgan topshiriqlarni bajaring.
Hasan Basriyning oldiga bir kishi kelib dedi: — Hazratim, Sizni bir kishi shunday g‘iybat qildiki, asti qo‘yaverasiz. — Siz unikida bo‘ldingizmi? - so‘radi Hasan Basriy undan. — Ha, — dedi u. —
Meni tansiq taomlar, noz-ne’matlar bilan rosa mehmon qildi, ammo nohaq tuhmatlar bilan sizning sha’ningizni to‘kdi. — Siz uning tansiq taomlarini qorningga sig‘diribsiz-u, lekin g‘iybat gaplarini qabul qila olmabsiz-da. Shu gaplarni kelib menga aytishingiz to‘g‘rimi, inim? Ha, mayli, mana buni o‘sha g‘iybatchiga eltib bering, - dedi Hasan Basriy qo‘ynidan bir hovuch xurmo olib, — bu unga xizmat haqi. — Nega, hazrat? Sizni g‘iybat qilganga haq berasiz?! — deya hayratga tushib so‘radi u. — Chunki, —
dedi Hasan Basriy, — u meni g‘iybat qilib, shu paytgacha qilgan gunohlarimni o‘ziniki qilib olibdi. Mana shuning haqiga beryapman-da xurmolarni, olib borib bering.
Tagiga chizilgan so‘zning matndagi ma’nosini aniqiang.
A) xom holda iste’mol qilinadigan
B) eng oson tayyorlanadigan
C)
kam pishiriladigan, ammo sevib yeyiladigan, noyob
D) bir-biriga o‘xshamaydigan, har xil
Qaysi javobda quyidagi gap matn mazmuniga mos ravishda to‘g‘ri davom ettirilgan? Hasan Basriyga chaqimchilik qilgan kishi ... .
A) o‘zgalarning mehr-muhabbatiga erishdi
B) avvalo, o‘zi izza bo‘ldi.
C) xabar yetkazgani uchun mukofot oldi.
D) bu ishidan o‘zi g‘ururlanib yurdi.
Quyidagi qaysi xulosalar matn mazmuniga mos kelmaydi?
A) Chaqimchilik va ikkiyuzlamachilik tuban illatlardir.
B) Har qanday holatda ham xushmuomalalik, vazminlik bilan ish tutmoq kishining fazilatidir.
C) Haqiqiy do‘st o‘z do‘stini har doim qo‘llab quvvatlaydi.
D) Birovlarning
orqasidan gapirish, g`iybat qilish yaramas odatdir.
Sodda tub so‘z berilgan javobni toping.
A) qixqixlamoq B) hammol
C) qadrlamoq D) kemtik
O‘zaro ma’nodosh bo`lgan so`zlarni aniqlang.
A) rahmli – berahm B) jovidon – o`tkinchi
C) yetakchi – rahbar D) zer – zabar
Yigitlar maktubin bitganda qondan, Kelinlar firoqdan chekkanda ohu,
Xudoning ham panohi qaytmadi jangdan, O‘n to‘qqiz yoshida beva qoldi u.
Parchada ham kelishik, ham egalik qo‘shimchasi bilan turlangan so‘zlar nechta?
A) 4ta B) lta C) 2ta D) 3ta
Qaysi gapda hokim qismi kesim vazifasida kelgan to‘ldiruvchili so‘z birikmalari qatnashgan?
A) Yo‘lakning oxirida milt-milt yongan shu’la ko‘rinardi.
B) Saharlab
naridan beri ovqatlanib, otxonaga yugurdim.
C) Tongga yaqin tuman tushdi va atrofdagi daraxtlar ko‘rinmay qoldi.
D) Bilasiz axir, siz va biz bir ariqdan suv ichamiz-ku.
Quyidagi jadvalda doston va unga bog‘liq bo‘lgan tushunchalar keltirilgan. ? belgisi o‘mida qaysi javobdagi tushuncha bo‘ladi?
Doston nomi
|
Unga bog‘1iq bo‘lgan tushuncha
|
“Kuntug‘mish”
|
xoinlik
|
“Ravshan”
|
sadoqatlilik
|
“Rustamxon”
|
?
|
A) poyga B) fima C) sinchi D) otboqar
Qaysi ijodkor Federiko Garsia Lorkaning “Eng qayg‘uli shodlik” she’riy kitobini mahorat bilan o‘zbek tiliga o‘giradi?
A)
Rauf Parfi
B) Omon Matjon
C) Shavkat Rahmon
D) Halima Xudoyberdiyeva
Bu bog‘lar Samarqanddagi boshqa bog‘lardan o‘zining tengsiz tarovati, ulug‘vorligi hamda go‘zal nafosati bilan ajralib turar edi. Ushbu gapda so‘zlar o‘zaro bog‘lanib, necha o‘rinda moslashuvli tobe bog‘lanish hosil qilgan?
A) 4 B) 2 C) 1 D) 3