Mavzu: Badiiy bezash ishlarida rang.
Reja :
Badiiy bezash ishlarida kompozitsiya.
Kompozitsiya turlari. Frontal, xajmli, kenglik va chukurlik kompozitsiyalari.
Badiiy bezash ishlarida rang va yorug’lik.
Xonalarni yoritilishi norma va qoidalari.
Tayanch so’zlar:
Kompozitsiya, frontal, xajm, chukurlik, vitraj, panno.
Darsning maqsadi: «Badiiy bezash ishlari»dagi kompozitsiyaning uziga xos xususiyatlari tugrisida tushuncha berish.
Badiiy bezak ishlarida kompozitsiya, rang va yorug’lik ro`li. Tasviriy san’atning barcha turlari kabi maktabdagi badiiy bezak ishlarida ham kompozitsiyaning umumiy qonuniyatlaridan kelib chiqib ish yuritiladi. Shuning uchun ham bu ishlar bezakchi rassomdan yetarlicha bilim va malkalarni talab markazida tutishni takozo etadi.
Kompozitsiya lotincha «Rompocitiye» - to’zish, joylashtirish ma’nosini beradi. Maktab badiiy bezash ishlarida kompozitsiyaning asosan uchta: 1-tekis, 2-hajmli, 3-kenglik, chukurlikka ega bulgan turlari mavjud. Frontal kompozitsiya-bu ikki koordinatalari buyicha frontal tasvirni tashqil etishdir. Bunda kompozitsiya elementlari deyarli bitta-frontal tekislikda joylashadi. Ko`rgazmali stendlar, devoriy gazetalar, taklifnomalar, tabriknomalar, devordagi bezaklar, pannolar frontal kompozitsiya asosida bajariladi. Frontal franso’zcha «Frontale» - yassi, ruparadagi degan ma’noni anglatadi.
Xajmli kompozitsiya - turli kurish nuqtalaridan idrok qilishga mo`ljallangan uch ulchovi formada bo`ladi. Bunda kompozitsiya elementlari o’zaro uygunlashib, bir butun xajmini tashqil etadi. Shaklli har xil pannolar, yodgorliklar, guldonlar kompozitsiyasi, monumental kompozitsiya va boshqalar bunga misol bo`la oladi.
Kenglik-chukurlik kompozitsiyasi-tomoshabin harakatda bulgan vaqtda idrok etishga muljallangan forma va elementning uygunligidir. Bunda kompozitsiya elemayentlari uygunligi fazoviy va masofaviy kurinish beradi. Interyerda tashqil etilgan ko`rgazmalar, koridorlarning bezalishi, yulaklar buylab tashqil qilingan kompozitsiyalar va boshka bunga misol bula oladi.
Kompozitsiya elementlari o’zaro garmonik uynlikda bo’lib, bir birlarini tuldirib turishlari kerak. Kompozitsiya elementlari joylashishi ta’sir xususiyatiga kura kompozitsiyalar 3 xil buladi: 1 - statistik, 2 - ritmik, 3 - dinamik.
Statik kompozitsiyada elementlar joylashishi turgun, osoyishta kurinishga ega buladi. Elementlar piramidal yoki kub, parallilepiped kurinishida joylashadi.
Ritmik kompozitsiyada elementlar ma’lum ritm, takrorlanish kurinishida joylashadi. Bu kompoziya tekis harakat xissini beradi.
Dinamik kompozitsiya kurilishi dinamik, shiddatli sxemalarga asoslanadi. Elementlar joylashishi portash, shiddat xissini beradi. Ba’zan keskin harakat yo`nalishini kursatib turadi, ba’zan yukoriga usish, parvoz tassavurini beradi.
Kompozitsiya elementlari o’zaro teng kuchli yoki birlari ikkinchisiga buysundirilgan bo’lishi, ya’ni asosiy va yordamchi elementlardan tashqil mumkin. Asosiy element kompozitsion markaz xisoblanib, boshka elementlarni o’ziga birlashtiriladi. Agar kompozitsiya elementlari bir birlariga nisbatan bir xil, joylashsa, ular kompozitsion muvozanatda buladi. Shunga kura kompozitsiya simmetrik yoki assimmetrik bo’lishi mumkin.
Maktab bidiiy bezak ishlarida kompozitsiyaning kerakli turidan kerakli joyda foydalanish, kompozitsion muvozanatga rioya qilish muxim axpamiyatga ega.
Rang va yorug’lik. Maktabdagi badiiy bezak ishlariga o’zviy boglik xolda qarash lozim. Maktab interyerining ranggi va yoritilishi masalasida eng avvalo kurish kobiliyati uchun optimal sharoit yaratish talablaridan kelib chikish lozim. Yorug’lik va ranglar dars samaradorligiga, kurish uchun kulaylik darajasiga, o`quvchilar va o`qituvchilarning umumiy salomatligiga bevosita ta’sir ko`rsatadi.
Odatda bolalar rangdan juda tez va kuchli ta’sirlanadilar. Tajriba sinf xonalarining tugri, funksional jixatdan ma’lum ranglarga bo’yalsa, o`quvchilarning ishlari yanada jonlanish va o`quv materiallarini yaxshirok o’zlashtirishlarini kursatadi.
Maktabdagi hamma xonalarini ikki guruxga bo’lish mumkin:
A) o`quv xonalari:
B) dam olish xonalari (majlislar zali, vestibyul, foyye, ko`rgazmalar zali)
Birinchi guruxda xonalarda ko’zning nuri va e’tiborini bir yerga to`plab shugullaniladi. Bu xonalar oddiy, bir-biriga yaqin och ranglar bilan bo’yaladi. Ikkinchi gruppadagi xonalar o’z vazifasiga ko`ra rang jixatdan o`quv xonalarining tesqarisidir. Bunday xonalar rangdor, quvnoq, kontrast ranglarga bo`yalishi kerak.
Ranglar kompozitsiyalarning garmonik yaxlitligida ham aloxida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, rang asosiy ro`l uynaydigan mozaik pannolarda, vitrajlarda kompozitsion garmoniyaga jiddiy e’tibor berish lozim. Shundagina asarning rang birligi estetik ta’sir etuvchi eng asosiy omillardan biri bo`ladi. Rang ham xuddi kon yaratadi. Real xayotda rang shaklni tashqil etuvchi omil sifatida shakllanadi.
Maktab ish xonalarida-sinflar, laboratoriyalar, ustaxaonalar, kutubxonalar va umumiy ko`zga hamda diqqatga zur keladigan joylarda yorug’lik, yoritilganlikka mexnatni yengillashtirish, kayfiyatni yaxshilash, charchashning oldini olish vosita sifatida qarash kerak.
Interyerni yoritishda tabiiy yorug’lik manbaidan tugri, oqilona foydalanish ancha murakkab ishdir. Xonalarda yorug’lik chap tomondan tushishi maqsadga muvofiqdir. Yorug’likda rangning nozik tomonlarini ilgab olish uchun kulay sharoit tugiladi. Xonalarning bir tekis yoritilishiga erishish lozim.
Yoritilish darajasi normadan kam bo’lsa ko’z kiyonalib charchaydi, zurikadi. Yoritish manbaini notugri joylashtirish, ko’zga nur tushishi yoki nur kaytishi ham shunday salbiy ta’sir kursatadi.
Interyerdagi bezak elementlari, stendlar, devoriy gazetalar va boshka bezash vositalarini ta’sirchanligi oshishida, ularning rang-barang kurinishida ham yoritilganlik muxim ahamiyat kasb etadi.
Kompozitsiya (lotinchadan tarjimasi «joylashtirish», «asar», «kiyos» demakdir) figuralar, yuuyumlar rangli nuktalar va xajmli massalarning joylanish tartibidir.
Frontal kompozitsiya - bu ikki koodinatalari buyicha frontal tasvirni tashqil etish. Xajmli kompozitsiya - turli kurish nuktalaridan idrok qilishga muljallangan uch ulchovli formada buladi.
Kenglik - chukurlik kompozitsiyasi - tamoshabin harakatda bulgan vaktda idrok etishga muljallangan forma va elementning uygunligidir.
Vitraj - rangdor ishlardan yasalgan surat.
Panno - matoga ishlangan, keyin belgilangan joyiga yelimlab yopishtiriladigan manumental surat.
Do'stlaringiz bilan baham: |