Kompozitsiya. Badiiy bezash ishlarida kompozitsiyaning o‘ziga xos xususiyatlari. Tasviriy san’atning barcha turlari kabi badiiy bezash ishlari ham kompozitsiyaning umumiy konuniyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Shuning uchun ham bu ishlar bezakchi rassomdan yetarlicha bilim va malakalarni talab kilishi bilan birga, doimo kompozitsiya masalalarini dikkat markazida tutishni takazo kiladi.
Badiiy bezash ishlarida kompozitsiyaning asosan uchta: tekis, xajmli, kenglik va chukurlikka ega bulgan turlari mavjud. Bularning barchasi u yoki bu goyani amalga oshirishda kandaydir bir umumiy sifat va belgilarga ega buladi.
Frontal kompozitsiya – bu ikkita koordinatalar buyicha frontal tasvirni tashkil etish demakdir.
Frontal kompozitsiyaning harakterli xususiyati unda xajmli elementlarni ishlatishning cheklanishi va shu bilan bir paytda, uning ulchovlarini kattalashtirish imkoniyatlari ortib borishidir. Shuning uchun ayrim relefsimon tasvirlar (masalan: kandakorlik, yogoch hamda ganch uymakorligi va xakozolar) plastika konuniyatlari asosida kurilsa ham, tekis yuza kompozitsiyalar turiga kiradi.
Ta’lim-tarbiya muassasalaridagi bezak ishlarining kup kismi, masalan, kurgazmali kurollar, devoriy gazetalar, tematik stendlar, taklifnoma, tabriknoma, tematik albom va xokazolar frontal kompozitsiya asosida bajariladi.
Kompozitsiyaning kurilishi ma’lum ob’ektning vazifasi hamda mazmuniga, undan kuzlangan maksadga boglik buladi. Kompozitsiyalarning asosiy tuzilmalari kuyidagilardan iborat:
Gorizontal kompozitsiya – bunda kompozitsiya elementlari gorizontal yuzaga joylashtiriladi. Masalan: dala, shahar panoramasi va boshkalar.
Vertikal kompozitsiya - aktiv, dinamik kompozitsiya bulib, yukoriga usish, parvoz tasavvurini xosil kiladi, uning detallari asosan tik chizik buyicha joylashadi.
Diagonal kompozitsiya – uning kurilishi dinamik va shiddatli sxemalarga asoslanadi.
Uchburchak yoki piramidal kompozitsiya – bunda turgun, osoyishta xolatga tayaniladi.
Surat yuzasining pastki kismi piramidaning negizi xisoblanadi. Badiiy bezash san’atidagi frontal kompozitsiyalarning muxim xususiyatlaridan biri ularning yupka yuza tarzida ijro etilishidir.
Frontal kompozitsiya boshka tur kompozitsiyalardan xajmni, masofa va kenglikni berishi bilan farklanadi.
Hajmli kompozitsiya turli kurish nuktalaridan idrok kilishga muljallangan uch ulchovli shaklda buladi.
Asarlarning mazmuni va vazifasiga muvofik kompozitsiyaning biror xususiyati burttirilishi mumkin.
Kompozitsiya uz xususiyatlari bilan pirovard natijada badiiy bezash ishlarining yuksak badiiyligini ta’minlashga asos bulib xizmat kiladi.
Kompozitsiyalarning garmonik yaxlitligida ranglar ham aloxida ahamiyat kasb etadi. Ayniksa rang asosiy urin tutadigan mozaik panno, vitrajlarda kompozitsion garmoniyaga jiddiy karash lozim. Shundagina asarning rang birligi estetik ta’sir etuvchi eng asosiy omillardan biri buladi. Kompozitsiya konuniyatlaridan asossiz chetlashish odatda badiiy bezash ishlari mazmunini ham, estetik moxiyatini ham pasaytiradi.
Agar kompozitsiya elementlari tomonlarda bir-biriga nisbatan bir xil joylashsa, ular kompozitsion muvozanatda buladi.
Kompozitsiyaning asosiy masalalaridan biri kombinatsiyadir. Kombinatsiya asosida bir va bir necha elementlarning joyini uzgartirish orkali kompozitsiyaning yangidan-yangi ifodali variantlari tayyorlanadi.
Dinamik va turgun kompozitsiyalar ham uz konuniyatlariga ega. Bular urtasida karama-karshi ma’no kelib chikishiga yul kuymaslik, ya’ni asosiy va ikkinchi darajali elementlarning mantikiy uygunligiga erishish lozim.
Ritm konuniyatlarini bilish ta’sirchan kompozitsiya tuzishda ritmik kurinishning harakterini tugri tanlashga katta yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |