Umumiy savollar


Fakultet dekani: O’.Abdullayev



Download 7 Mb.
bet2/99
Sana08.02.2022
Hajmi7 Mb.
#435272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Bog'liq
Amaliy san\'at majmua-2021 (3)

Fakultet dekani: O’.Abdullayev

O’quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti Kеngashining 2021 yil __ ___________dagi ___- sonli yig’ilishida ko’rib chiqilgan va foydalanishga tavsiya etilgan.



MUNDARIJA:

I.

O’QUV MATERIALLAR




1)

Ma’ruza mashg’ulotlari




2)

Amaliy, seminar, laboratoriya mashg’ulotlari




II.

MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI




1)

Mustaqil ish bo’yicha tavsiyalar













III.

GLOSSARIY




IV.

ILOVALAR




1)

Fan dasturi




2)

Ishchi fan dastur




3)

Tarqatma materiallar




4)

Testlar




5)

Baholash mezonlari




6)

Boshqa ma’lumotlar




7)

O’UM elektron varianti




O’QUV MATERIALLAR
Ma’ruza mashg’ulotlari
Mavzu: Kirish. Amaliy san’at va uning turlari. Naqqoshlik san`ati.
Reja:
    1. Barkamol avlod tarbiysida xalq amaliy bezak san`atining ahamiyati.

    2. Amaliy sanatni xaqida umumiy tushuncha.

    3. Metodlar xaqidagi ta’limot.

Tayanch so`zlar.


Kolorit, zangori, metodika, shakl, amaliy sanat

Darsning maqsadi:

Hozirgi zamon yoshlarini milliy, sharqona, tarixiy qadriyatlarni hisobga olgan holda, zamonaviy ruhda tarbiyalash hamda ijobiy insoniy fazilatlarga ega bo’lgan kasb soxiblarni tayorlash muommasi o‘rganish.

Barkamol avlod tarbiyasida xalq amaliy bezak san’atining ahamiyati. O‘zbek xalqi demokratik jamiyat barpo qilish uchun barcha jabhalarda astoydil mehnat qilmoqda. Vatanimiz oldida turgan muhim vazifalardan biri shu jamiyatni yanada takomillashtirish – kuchli fuqarolik jamiyati qurishni ishonchli qo‘llarga topshirish uchun munosib avlod tarbiyalashdir. Prezidentimiz so‘zlari bilan aytganda, “… barkamol insonlarni tarbiyalash biz uchun hal qiluvchi masalaga aylandi”.


Barkamol avlodni shaklantirish qadimdan barcha xalqlarning, jumladan, o‘zbek xalqining ham ustivor orzu-havaslari bo‘lib kelgan, bu borada ma’lum tajribalar ham orttirilgan. O‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixida xalq amaliy san’ati turlari boy va rang-barang madaniy merosimizning eng ajoyib va ommaviy qismini tashkil etadi. O‘zbek diyorida vujudga kelib gullab-yashnagan san’at turlari bemisl va betakrorligi bilan dunyoga mashxur. Bunday kamolot va taraqqiyot bosqichlari haqida fikr yuritadigan bo‘lsak, o‘zbek amaliy san’ati turlarining shoh ildizlari insoniyatning bolaligi, ya’ni ibtidoiy jamiyatga borib taqalishining guvohi bo‘lamiz. Inson ongli faoliyatining ajralmas qismi bo‘lmish badiiy tafakkur va shunga muvofiq badiiy-ijodiy faoliyat insoniyatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bunday faoliyat natijasida kelib chiqadigan estetik-badiiy idrok qobiliyati kishilarda olamni, undagi mavjudotlarni, narsalar va voqea-hodisalarni, atrof-muhitdagi shakllar va ranglarni turfa shakl-shamoyilda qaytadan aks ettirishga havas uyg‘otadi. Shakl va ranglarning real hamda stillashtirilgan tasvirlarini yaratish shu tariqa kelib chiqdi va u o‘z navbatida odamlarning kundalik turmushlaridan o‘rin ola boshladi. Natijada badiiy bezaklarning xilma-xil shakllari va turlari paydo bo‘ldi.
Xalq amaliy san’ati kishilarning ma’naviy olamini boyitadi, badiiy didini shakllantiradi, ruhiyatini tarbiyalaydi, shuning uchun ham o‘zbek xalq amaliy san’ati kishilarni badiiy, axloqiy, umuminsoniy tarbiyalab, ularning ilmiy madaniy darajasini yuksaltirishda eng zarur manbalardan biri hisoblanadi.
Ma’lumki, mavjud barcha san’at turlari o‘z o‘quvchisiga, tinglovchisiga yoki tomoshabiniga o‘tkazadigan badiiy, hissiy, ruhiy ta’siri orqali bilim beradi va tarbiyalaydi. Shu o‘rinda amaliy san’ati turlarining fazilatlari juda ham o‘ziga xos bo‘lib, ularni boshqa hech narsa bilan almashtirib bo‘lmaydi. Bunday san’at asrlari ayni chog‘da ham badiiy, ham amaliy vazifalarni bajara olishi ularning xalq orasida keng tarqalishiga sabab bo‘lgan. Yaqin o‘tmishda o‘zbek amaliy san’atining eng rivojlangan ganjkorlik, naqqoshlik, yog‘och, tosh va o‘ymakorlik, kandakorlik, pichoqchilik, zargarlik, kashtachilik, zardo‘zlik, gilamchilik, kigizchilik, savatchilik, bo‘yrachilik kabi turlarining o‘ziga xos bajarish texnologiyalari, haqiqiy milliy nomlari, ularga xos atamalar, bu san’atkorlarga xos maktablar, uslublar hamda shu sohalarda unuta borilib, yo‘qolib ketish ostida qolgan edi. Bunday holat hozirgi kunda san’atkorlar, xalq ustalari, muallimlar va san’at havaskorlari oldiga amaliy bezak san’atini saqlab qolish, ularni har tomonlama o‘rganish va rivojlantirish, yosh avlodga san’at sir-asrorlarini o‘rgatish orqali o‘rinbosarlar tayyorlash san’at asarlarini keng targ‘ib qilish orqali jamoatchilikning estetik didini, madaniy darajasini yanada yuqori bosqichga ko‘tarilishiga erishish vazifalarini qo‘yadi.
Xalq amaliy san’ati an’analari tarixda avloddan-avlodga o‘tib kelish bilan birga taraqqiyotning yangi sifatiga ega bo‘lmoqda, bu jarayon, ayniqsa hozirgi davrda yanada yuqori samaralarga erishuv imkoniyatiga ega bo‘lib bormoqda.
O‘zbek xalq amaliy san’ati ham san’at, ham hunar. U asrlar mobaynida ota-bobolarimiz tomonidan ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylab kelingan xalq amaliy san’ati durdonasidir. Tarixda va ayni kunlarga qadar saqlab kelinayotgan bu amaliy san’at turlari kelgusida yanada qadrlanadi, ardoqlanadi.
Amaliy sanatni xaqida umumiy tushuncha. O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotining barcha sohalarida ro’y berayotgan tub o’zgarishlar ma’naviy, ma’rifiy, mafkuraviy, kasbiy jixatdan mutloqo yangi zamon kishisini shakillantirishni talab etadi. Hozirgi zamon yoshlarini milliy, sharqona, tarixiy qadriyatlarni hisobga olgan holda, zamonaviy ruhda tarbiyalash hamda ijobiy insoniy fazilatlarga ega bo’lgan kasb soxiblarni tayorlash muommasi davlat miqiyosidagi dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bugungi kunda respublika hukumatining qator hujjatlari Vatanimizning har tomonlama andozalari talablari asosida rivojlanishiga garatilmoqda. Jumladan, yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda madaniyat, qadryat, milliy sanat namunalaridan, ota - bobolar tomonidan yaratgan va butun jahonga mashhur bo’lgan ajoyib san’at namunalaridan keng foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda.
Ta’lim va tarbiyani maqsadga muvofiq amalga oshirishning eng samarali yo’l va uslublar yig’indisi o’qitish metodikasi deyiladi. Darslarni to’g’ri tashkil etish o’qituvchini o’z oldiga qo’ygan maqsadiga ham bog’liq. Shu bilan birga darslarni nazariy ham amaliy qoidalariga asosan o’tilsa, o’quvchilarni o’zlashtirish darajasi yuqori bo’ladi.
Metodika so’zining o’zi ikki xil, ya’ni umumiy va xususiy metodika turlarga bo’linadi. Umumiy metodika kasb-hunar kollejlarida olib boradigan barcha ta’lim-tarbiya ishlariga, xususiy metodika esa u yoki bu o’quv predmetiga nisbatan qo’llaniladi. Amaliy sa’nat ukitish metodikasi pedagogika; psixalogiya, sa’natshunosdik, etnka, esetika, fiziologiya sohasidagi nazariy xulosalarga asoslanadi. Pedagogik nazariyada uch xil metod bo’lib, nutqiy namoyish etish va amaliy ishdan iboratdir. Xar bir ushbu metodlar ham bir necha bo’lak metodlarga bo’linadi. Masalan nutqiy metodlar (tushintirish, suhbat, xikoya qilish, kitob bilan ishlash, savol javob kabi metodlar bor). Ko’rgazmali metod (kuzatish, namoyish kabi metodlarga bo’linadi), amaliy ishlar (mashq, rasm ishlash, ijodiy ish o’yin kabi metodlar bor) bo’linadi. O’qituvchilar faoliyatida "uslub" degan so’z ham ishlatiladi. "O’qitish uslubi" deb biz o’qitish metodlarini ayrim qirralarini tushunamiz. "O’qitish uslublaridan" o’qitish metodi tashkil topadi. Metod (yunoncha metodos - bilish yoki tadqiqot yo’li, nazariya, ta’limot) voqealikni amaliy va nazariy egallash, o’zlashtirish, o’rganish, bilish uchun yo’l-yo’riqlar, usullar majmuasi, falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash usuli. Metodning kelib chiqish tarixi kishilarning amaliy faoliyatiga borib taqaladi. Biror ishni bajarish metodini egallagan kishi shu ishni boshqalarga nisbatan oson, tez va soz bajara oladi. Metodni egallamagan inson esa bu ishni bajarish uchun ko’p vaqt va kuch sariflamaydi. Metod o’z mazmuni jihatidan amaliy yoki nazariy shaklda bo’lishi mumkin. Insonning amaliy faoliyatga oid metodlar ham voqeylikga mos bo’lgan qonunyatlarni anglab etish bilib olishga borib taqaladi.
Metodlar xaqidagi ta’limot. Fanda metodologiya deb ataladi. Inson dastlab atrofdagi narsa va hodisalarni kuzatish, ularni bir-biriga taqqoslash, o’xshatish, farq qilish asosida voqelik xaqida bilimlarni to’plab borgan. Voqeylik xaqidagi fanlar rivojlanishi bilan fanlarda qo’llaniladigan yo’l-yo’riqdir. Metadalogiya (metod va logiya so’zlaridan ) - tadqiqotining nazariy va Amaliy faoliyatini tashkil etish, tiklash tamoyillari tizimi hamda bundan tizim
Mavjud metodlar (usullar ) asosan quyidagilardir :
Adabiyotlarni o’rganish metodi.
Kuzatish metodi. Suhbat metodi.
Bolalarni ijodini o’rganish usuli.
Maktabhujatlarini tahlil qilish metodi.
Eksperiment, tajriba-sinov uslubi.
Test sinovlari metodi.
Statistik ma’lumotlari tahlil qilish usuli.
Matematika va kibernetika usullari.
Sotsiologik tadqiqot metodi.
Shaklangan har bir metod shaklan bir xil bo’lsada, uni bir o’qituvchi, ikkinchi o’qituvchidan o’rganib, shundayligicha qo’llayvermaydi. Uni har bir o’qituvchi o’z maktabidagi moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar bolalarning bilim va malakalarining saviyasi, dars mavzusi uning o’ziga xos xususiyatlari va boshqa shu kabilarni hisobga olishi lozim. Shunga ko’ra boshqa o’qituvchi qo’llayotgan va yaxshi samara berayotgan bir metod boshqa o’qituvchi faoliyatida yaxshi natija bermasligi ham mumkin. Shuning uchun qo’llanma mo’ljalangan har bir metod pedagogik faoliyati davomida tajriba-sinovdan o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Sinov bir marta emas, bir necha marta o’tkazilishi lozim bo’ladi. Chunki, bir sinfga mo’ljalangan bir metodika boshqa vaqtda yuqorida qayd qilingandek, sharoyitga qarab boshqa sinfda boshqacha natija berishi mumkin. Tanglangan va qo’llanib kelayotgan har bir metod shaklan o’zgarmay qolsa ham, mazmunan o’zgarishi ham mumkin. O’qituvchining to’xtovsiz izlanishlari, tajribalari asosida uning yangidan-yangi qirralari ochilaveradi. Mutaxasislar orasida tasviriy sa’nati o’qilishi metodlariga turlicha qarashlar mavjud. Bir guruh mutaxasislar o’qilishi metodlari yagona tizim, yagona talablarga javob berishi lozim deb hisoblandilar. Ularning fikrlariga qaraganda, har bir metod jamiyat taraqiyot davomida shaklanib bo’lgan, uni o’zgartirmasdan shundayligicha qo’llash lozim. Boshqa guruh mutaxasislarining fikrlariga qaraganda o’qilishi metodining asosini har bir o’qituvchining shaxsiy ish tajribasi tashkil etishi kerak. Bizningcha, masalaga bunday yondashish to’g’ri emas. Ta’lim-tarbiya soxasida o’qitish metodlari qatar qolmaydi, u doimo taraqqiy etadi. Bunga o’qituvchining tajribasi albatta rol o’ynaydi. Shunday ekan, pedagogik amaliyotda sinfdagi shart-sharoytlarni hisobga olib, shaklangan metodika asosida ham, o’qituvchining shaxsiy tajribasi asosidan ham foydalana berishi lozim. O’qituvchi o’qitish metodikasini ish jarayonida o’z-o’zidan amalayvermaydi. U ish jarayonida izlanishi, sinov ishlarini o’tkazishni, ko’p adabiyotlar o’qishi, ilg’or tajribalarni o’rganishi hamda ulardan tegishli xulosalar chiqarishi asosida paydo bo’ladi.


Nazorat savollari:

Download 7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish