Shriftning juda kup turi mavjud. So’zning grafik ifodaliligiga, shrift kompozitsiyasining ritmik to’zilishi, yaxlitligi bilan erishiladi. Shrift ko`rgazmali agitatsiya vositalaridan mavzuga boglik xolda kayfiyatni jushkinlik va xis tuyguni, chakirik va osoyishta eslatishni, yumor, satira va lirikani anik ifodalaydigan tasvirga ega bo’lishi kerak.
Shrift stillari va garniturasi insoniyat tarakkiyotining o’zok va murakkab boskichi davomida yo’zaga keldi. Jaxon yozuvida turt xil kurinishda tarixiy shakllangan shriftlar mavjud.
Piktorgrafik (sur’at kurinishidagi) shrift dastlabki odamlar koya, toshlarga surat shaklida tushirgan yozuvlar.
Ideografik (iyeroglif tarzda)-eramizning dastlabki paytlarida savdo alokalari urnatilgan davlatlar (Misr, Xitoy) yozuvlar.
Buginli (bir yozuv belgisi-bugin) shrift-Xindistondagi ayrim xalklarning yozuvlari.
Harfiy-tovushli (fonematik) shrift-tillarning fonematik to’zilishini aks ettiruvchi yozuv.
Harflar va yozuvlar doimo takomillashib borgan va xozir bu jarayon davom etmokda. Harflarning sifat harakteristikasi bulmish belgilar kuyidagilardan iborat:
A) Harf enining balandligiga nisbatan;
B) Harflarning kalinligi;
V) Asosiy va birlashtiruvchi chiziklar nisbati;
G) Harflarning tik yoki ogma bo’lishi;
D) Pastga, yukoriga chikadigan elementlarning harakteri va boshkalar.
Badiiy bezash ishlarida ko’proq plakat shrifti kullaniladi. Uning afzalligi-yozish oson, tez va oson uqiladi. Ulardan chakiriklar yozishda, ko`rgazmali agitetsiyalarda, devoriy gazeta va e’lonlarda foydalaniladi.
Kursiv va yengil yozma usulidagi shriftlar ham maktablarda badiiy bezash ishlarida keng qo`llanilmoqda. Kursiv shrifti asosida grafik ravonlik yetadi. Kursiv shriftlarning eng asosiy farqlanuvchi belgisi «G» va «T» harflarning shaklidir. Shuning evaziga qator variantlarda shritf qatorlari jiddiy tusdagi tirmik qatorlar kurinadi.
Yozma harflardan foydalanishda tekstning mazmuni e’tiborga olinadi. Bunday harflar bilan turli bayramlarga, badiiy kechalarga taklifnomalar yoziladi. Shuningdek lirik temadagi ko`rgazmali agitatsiya vositalari ham bu shriftda bajarilishi mumkin.
Yozilgan tekstning ta’sirchan bo’lishida uni bajarayotgan rassom-bezovchining fantaziyasi xal qiluvchi ahamiyatga ega. Aksariyat xollarda harflar shaklan notugriligi, harflar va chiziklar nisbatanining bo’zilishi yozuvning ta’sirchanligi yukolishiga, uqilishi kiyinlashishiga olib keladi.
Badiiy bezak ishlari buyicha amaliy kunikmalarni takomillashtirishning birinchi boskichida konstruktiv to’zilishi jixatdan sodda va bajarilishi kulay bulgan plakat shriftlarini urgatish maksadga muvofikdir. Yozish kunikmalarini xosil qilish uchun kataklardan foydalanish kulaydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |