Mavzu: Badiiy bezash ishlarida yozuv- shriftlar.
Reja:
Shrift
Shriftlardan badiiy bezash ishlarida foydalanish. Shriftlar.
Shrift turlari, stillari va garniturasi.
Shriftlar kompozitsiyasi.
Tayanch so’zlar:
Shrift - harf, yozuv, Grafika, simmetriya, kontrast, ton.
Darsning maqsadi: Shrift turlari, tarixi, vazifasi va ishlatish jarayoni to‘g‘risida tushuncha berish.
Shrift. Badiiy bezash san’atiga quyilayotgan estetik talablar ortib borayotgan xozirgi kunda ana shu ishlarning asosiy elementlaridan biri bulgan shrift san’ati yukori badiiy sifat darajasiga kutarilishi lozim.
Biz harflar vositasida uz fikrimizni ifodalaymiz va uzgalar fikrini ukib olamiz. Bular e’lon, chakirik, devoriy gazeta va boshqa kurgazmali targibot va tashvikot vositalarida buladi. Bu tadbirlarni amalga oshiradigan yoki ularga bevosita raxbarlik kiladigan shaxs shrift nazariyasini va yozish malakalarini egallagan bulishi kerak.
S hriftning juda ko’p turlari mavjud fikrimizning dalili sifatida istalgan gazeta, jurnalni olib karasak, undagi sarlavxalar turli xildagi shriftlardan iborat ekanligini kuramiz.
So‘zning grafik ifodaligiga, shriftning obrazligiga, shrift kompozitsiyasining obrazligiga, shrift kompozitsiyasining ritmik tuzilishi va yaxlitligi bilan erishiladi. Shrift kurgazmali targibot va tashvikotning barcha vositalari orkali utadi va u mavzuga boglik xolda kayfiyatni: jushkinlik va xis-tuygularni, chakirik va osoyishta eslatishni, lirika, assotsiatsiya, yumor, satira va xokazolarni eng anik ifodalaydigan tasvirga ega bulishi kerak.
«San’at asaridagi kabi shrift tasviridagi badiiy obraz butun ijodiy jarayonining maxsulidir»,- S.B.Telingater.
Jaxon yozuvi tarixi asosan turtga bulinadi:
Piktografik (surat kurinishidagi) shrift - dastlabki odamlar koyalarga surat shaklida tushurgan yozuvlar.
Ideografik (peroglif tarzda) eramizning dastlabki paytlaridagi va savdo alokalari urnatilgan davlatlar (Misr, Xitoy ) yozuvlari.
Buginli (bir yozuv belgisi-bugin) - Xindistondagi ayrim xalklarning yozuvi, Yaponiyada bu yozuv turi Xitoyning peroglif tarzidagi yozuvi bilan birga kullangan.
Harfiy-tovushli (fonematik) – tillarning fonematik sostavini aks ettiruvchi yozuv.
Harflar va yozuvlar doimiy takomillashib borgan, bu jarayon xozirgi boskichda ham davom etmokda.
Harflarning sifat harakteristikasi bo‘lishida kushimcha belgilar ham borki, ular harflarning nisbatlari, yugonligi, chiziklarning kalinligidan iborat bulib, ular kuyidagilardir:
a) harflar enining balandligiga nisbati;
b) asosiy va birlashtiruvchi chiziklarning kontrastligi;
g) ularning tik va ogma xolda bulishi;
d) kertik, yukoriga, pastga yoki yonga chikadigan elementlarning harakteri va boshkalar.
Yozuvlarning badiiy-obrazli va kompozitsion moxiyati kup jixatdan shriftlar nisbatiga boglikdir.
Shriftlarning yana bir sifati - chiziklarning yugon yoki ingichkaligi, matnlarning mazmunini ma’naviy va badiiy ahamiyatini ochib beruvchi omil xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |