2. Nerv sistemasi tiplarining kelib chiqishi
Nerv tizimining umumiy tiplari kelib chiqishi yuzasidan mulo-haza yuritilganda, albatta I. P. Pavlovning ta’limotini eslash maqsadga muvofiq, chunonchi, irsiyat yo‘li bilan shartlangan tip — bu genotip demakdir. Hozirgi davrda asab tizimining umumiy tipi (genotip) irsiyatga bog‘liq ekanligi haqidagi ma’lumotlar, omillar juda ko‘p bo‘lib, ular qiyosiy psixologiyada hayvonlarni o‘rganishda topilgandir. Masalan, asab tizimining kuchi, epchilligi hayvon-larni chatishtirish yo‘li bilan yuzaga keltirilgan, lekin barcha xusu-siyatlar to‘g‘risida bunday dadil fikrlarni bildirish mumkin emas.
Horijiy psixologik adabiyotlardata’kidlanishicha, temperament asab tizimi umumiy tipining nerv-fiziologik xususiyatlariga emas, balki: a) tashqi ko‘rsatkichi badanningjismoniytuzilishiga, b) uning ba’zi qismlari o‘rtasidagi aloqaga, v) organizm turli tarkiblari-ning munosabatlaridan tuzilgan organizmning umumiy tuzilmasiga bog‘liqdir, degan nazariya jahon psixologiyasida ustuvor o‘rin egal-lagandir. Bu nazariyaning asoschilari E. Krechmer (nemis psixologi) va U. SHeldon (amerika psixologi)lar hisoblanib, ularning talqi-nicha, tana tuzilishi ham, temperament xususiyatlari ham ichki sekre-siya bezlari faoliyatidagi o‘zaro munosabatlarning nasliy belgila-riga bog‘liqdir. Ularning fikricha, tana tuzilishi bilan tempera-ment xususiyatlari orasida muayyan mutanosiblik mavjuddir. U. SHeldonning mulohaza bildirishicha, semiz, qorin bo‘shlig‘i tako-millashgan inson shodlikka, muloqotmandlikka, to‘yib ovqatlanish-ga moyil (visseraton) xususiyatga egadir. SHuningdek, sklet muskul-lari taraqqiy etgan shaxslar g‘ayratli, faol (somaton) xislatlidir. SHu bilan birga asab tizimi, bosh miyasi o‘rta rivojlangan insonlar o‘ta sezgir, sertashvish, xayolotga beriluvchan bo‘ladilar, ya’ni sereb-roton xususiyatlidirlar.
Mulohaza yuritilgan muammo muhim ijtimoiy ahamiyat kasb eta-di, chunki ichki sekretsiya bezlarining tuzilishi ham tashqi sharoit-larga, ham faoliyat talablariga to‘la-to‘kis moslasha olmaydi, bino-barin u asab tizimiga bir oz muvofiqlashuvi mumkin, xolos. Xuddi shu omildan kelib chiqqan holda Krechmer bilan SHeldon talqiniga yondashilsa, u holda shaxs temperamentining xususiyatlari tashqi ij-timoiy sharoitlarga, faoliyat talablariga muvofiqlashuv ehtimoli mavjud. Mualliflar e’tiroficha, turli temperamentli shaxslarga ijtimoiy zaruriyat tufayli bir xil talablar qo‘yilsa, u holda insonning temperamenti imkoniyatlari bilan jamiyat talablari o‘rta-sida murakkab ziddiyatlar, nizoli vaziyatlar vujudga kelishi mum-kin emish. SHuni ta’kidlash joizki, Krechmer bilan SHeldonning temperament to‘g‘risidagi nazariyasi bir muncha bahslidir, chunki tem-peramentning asab tizimi umumiy tipining xususiyatlariga bog‘liq-ligini aks ettiruvchi omillarni tushuntirishga zaiflik qiladi. SHuningdek, mazkur ta’limot temperamentning kelib chiqishini tu-shuntirishga biryoqlama orttirma baho beradi. SHuni unutmaslik ke-rakki, organizmning umumiy tuzilishi darhaqiqat asab tizimining tipiga va temperamentga muayyan darajada ta’sir o‘tkazishi mumkin. CHunki asab tizimining xususiyatlari modda almashish ichki sekre-siya bezlari faoliyatining individual xususiyatlariga muvofikdir. Demak, temperamentning vujudga kelishida organizmning umumiy tuzilishi emas, balki asab tizimining genotipi yoki umumiy tipi muhim ahamiyat kasb etadi.
SHunga qaramay temperamentning fiziologik asosi asab tizimi-ning umumiy tipidan iborat bo‘lsa-da, lekin uning psixologik tav-sifini tahlil qilish uchun asab tizimining xususiyatlarini bilish hozirgi davr talabiga javob bermaydi. Misol uchun, g‘ayratlilik, barqaror kayfiyat, yuqori faollik, harakat tezligi qo‘zg‘alish kuchiga bog‘liqdir, lekin unga har xil psixik xususiyatlar ham taalluqpidir (sezgi xususiyatlari, xayol obrazlari yorqinligi va hokazo). Tempera-mentning muayyan xususiyati asab tizimi umumiy tipining birorta xususiyatiga aloqador bo‘lmasdan, balki bir turkum xususiyatiga bog‘-liqdir. Psixologiyada biror tobe o‘zgaruvchi bir nechta mustaqil o‘zga-ruvchilarga aloqador bo‘lsa yoki tanho (yolg‘iz) mustaqil o‘zgaruvchi bir turkum tobe o‘zgaruvchiga bog‘likligi o‘rnatilsa, bunday tobelik ko‘pyoq-lama tobelik deyiladi. Xuddi shu bois, temperamentning psixolo-gik xususiyatlari asab tizimi umumiy tipining fiziologik xususi-yatlariga ko‘pyoklama tobedir. Nerv tizimi umumiy tipi xususiyatla-rining fiziologik tadqiqotlari temperament paydo bo‘lishi qonu-niyatlarini tushunishga kamlik qiladi, shuning uchun bu sohada fi-ziologik izlanish o‘tkazish uning psixologik mohiyatini tekshirishni taqozo etadi.
Temperament tipologiyasi, mabodo insonlar temperamentlari bo‘yicha qiyoslansa, u holda uning xususiyatlari jihatidan o‘zaro o‘xshash shaxslarning guruhi mavjudligi namoyon bo‘ladi. Bu asnoda eramiz-dan oldingi davrda ham temperament tiplari to‘g‘risida materiallar to‘plangan. Ularda temperament tipi deyilganda, insonlarning mu-ayyan guruhlarini tavsiflovchi psixik xususiyatlarning yig‘indisi (majmuasi) anglashinilgan. Hozirgi davrda temperament tipi de-ganda, ma’lum insonlar guruhi uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlarning sodda majmuasi emas, balki mazkur xususiyatlarining qonuniy, za-ruriy o‘zaro bog‘likligi tushuniladi. Temperament tipini tavsif-lovchi xususiyatlarning qonuniy tarzda o‘zaro bog‘liqligi turlicha aks etishi mumkin.
Temperamentning ayrim xususiyatlarini u yoki bu tashqi ko‘rini-shiga qarab o‘lchash mumkin. SHaxsning shiddatlilik (tezlik, impul-sivlik) darajasini ikkita harakatdan bittasini tanlanmaydigan harakatga nisbatan qancha vaqt mobaynida qaror chiqarishga qarab aniqlash mumkin. Agar ushbu yo‘sinda temperamentning bir nechta xususiyatlari o‘lchansa, u holda uning bir xususiyati qancha ko‘p miq-dorda ifodalansa temperamentning boshqa xususiyatining shuncha ko‘p yoki, aksincha oz aks etishi kuzatiladi.
Har qaysi tip uchun o‘ziga xos xususiyatlarining o‘zaro aloqasi, har bir alohida xususiyatning sifat tavsifi temperament tipining boshqa xususiyatlari bilan bog‘liqligi ham aks etadi. Masalan, o‘zini tuta bilmaslik yoki o‘zini tuta bilish temperamentning bitta tipi uchun: a) ehtirosli shiddat, b) jazava va jazavadagi muvozanatsizlikdir; bir xil tip uchun o‘zini tuta bilish — emotsional-irodaviy bir me’-yor bo‘lsa, boshqa uchun u ulug‘vorlik va vazminlik namunasidir.
Temperament tiplarini psixik xususiyatlar o‘rtasidagi qonuniy munosabatlar tarzida tushunish Gippokrattomonidantalqin qilin-gan temperament to‘g‘risida tushuncha ma’nosiga mos tushadi. Lekin u ushbu tushunchani yunoncha kga515 so‘zi bilan belgilagan va u lotincha 1etregatep1 atamasiga mos bo‘lib, nisbatan, munosabat degan ma’no-ni anglatadi. Nerv tizimining umumiy tiplari bilan fiziologik jihatdan temperament tiplari I. P. Pavlovdan keyin gippokrat tiplari, ya’ni sangvinik, xolerik, flegmatik, melanxolik deb atala boshlangan. Lekin bu tushunchalar hozirgi zamon psixologik ma’lu-motlar munosabati bilan yangicha mazmun va mohiyat kasb etgan. SHu boisdan asab tizimining to‘rtta tipi temperamentning to‘rtta tipi-ga bog‘liq deb e’tirof etishimizga haqqimiz yo‘q, chunki ular gip-pokratcha tiplarning ayrimlari, xolos. SHuning uchun yangi omillar mazkur tiplarning psixologik tavsifini qayta taxlil qilishni taqozo etadi.
Temperament tiplarining psixologik tavsifi quyidagi muhim xususiyatlar yordami bilan aniqlanishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |