Flegmatik-senzitivligi sust, his-tuyg‘usi (emotsiyasi) kam o‘zga-ruvchan, shunga ko‘ra bunday shaxsni kuldirish, jaxdini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Ko‘ngilsiz hodisa, xavf-xatar haqidagi xabarga xotirjamlik bilan munosabatda bo‘ladi. Vazmin, kam hara-kat. Imo-ishorasi, mimikasi ko‘zga yaqqol tashlanmaydi. Lekin ser-g‘ayrat, ishchan, faol, chidamli, matonatli. Nutq va harakat sur’ati sust. Farosati qiyiqroq. Diqqatni to‘plashi osoyishta. Qotib qol-gan (rigid). Diqqatni ko‘chirish qiyin. Introvertirovanlashgan, kam-gap, ichimdan top. YAngilikni qabul qilishi murakkab. Tashqi taas-surotlarga sustlik bilan javob beradi (qaytaradi).
Melanxolik — senzitivligi yuksak. Tortinchoq, g‘ayratsiz. Araz-chan, xafaxon. Jimgina yig‘laydi, kam kuladi. Qat’iyligi va musta-qilligi zaif. Tez toladi. Ortiqcha ishchan emas. Diqqati barqaror. His-tuyg‘usi sust o‘zgaradi. Qotib qolgan (rigid). Introvertirovan-lashgan.
Psixologik ma’lumotlar e’tirof etishicha, irsiyat va turmush sharoitlari temperament tiplari o‘rtasidagi tafovutlarning sabab-chisidir. SHuning uchun irsiy fiziologik xususiyatlari bir xil va bitta tuxumdan yaralgan (gomozigot) egizaklarning temperament xu-susiyatlarini ikkita tuxumdan vujudga kelgan (geterozigot) egizak-larning temperament xususiyatlari bilan qiyoslansa, bu omil tas-diqlanishi mumkin. Ma’lumotlarga qaraganda, geterozigot egizak lardan farqli o‘laroq, gomozigot egizaklar temperament xususiyatla-ri shunchalik o‘xshashki, hatto ular irsiyat yo‘li bilan berilish omil-larini 85% tasdikdash imkoniyatiga ega. Tarbiyaviy muhit turlicha bo‘lishiga qaramay, o‘xshashlik sakdanib qolishi tajribalarda ko‘p marta tekshirilgan. Lekin temperamentning ayrim xususiyatlari o‘zga-rishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar inkor etilmaydi, unga favquloddagi tashqi hamda ichki sharoitlar keskin ta’sir o‘tkazadi (masalan, tog‘ sharoiti, xavf-xatar mavjudligi va hokazo).
SHuni esda saqlash joizki, temperament ayrim xususiyatlarining turmush sharoiti bilan tarbiyaviy ta’sirida o‘zgarishi jarayonini temperamenttiplariningtakomillashtiruvidan farkday olish shart. Ma’lumki, temperament tipi unga mutanosib xususiyatlari birdani-ga paydo bo‘lgan narsa emas, chunki asab tizimining takomillashuvi umumiy qonuniyatlari temperamentga ham ta’sir o‘tkazib, o‘z izmini qoldiradi. SHaxsning kamolotiga binoan, temperament xususiyatla-ri asab tizimining takomillashuvi bilan bog‘liqtarzda ro‘yobga chiqa boradi va mazkur jarayon temperament rivojini uzil-kesil hal qiladi.
SHuni ta’kidlash o‘rinliki, temperamentni faoliyat talablariga moslashtirish (muvofikdashtirish) imkoniyati mavjuddir. CHunki har qanday faoliyat psixik jarayonlari dinamikasiga muayyan talablar tizimini qo‘yadi. CHunonchi: 1) kasb-hunarlarning insonlar tempera-mentiga mos turini tanlash kerak, chunki ularning psixik xususiyat-lariga mutanosib kasbni tanlash professional tanlash deyiladi; 2) shaxslarning individual xususiyatlarini hisobga olish joiz; 3) tem-peramentga xos kamchiliklarni (salbiy illatlarni) bartaraf etish lozim; 4) insonlarda individual uslubni shakllantirish zarur. SHaxsning faoliyatiga ongli, faol va ijodiy munosabatda bo‘lishi muvaffaqiyatlar garovidir.
Faoliyatning individual uslubi insonda o‘zidan o‘zi vujudga kel-maydi, u shaxs kamolotining barcha bosqichlarida (bog‘cha yoshidan e’ti-boran to kasbiy mahorat egallangunga qadar) shakllanib boradi. Insonningtemperamentini faoliyatningzarurtalablariga moslash-tirish orqali unda individual uslub tarkib toptiriladi. Xuddi shu boisdan, faoliyatning individual uslubi deyilganida, shaxs uchun o‘ziga xos va muvaffaqiyatga erishishning maqsadga muvofiq yo‘llari individual tizimi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |