Umumiy psixologiya” fanidan o`quv- uslubiy majmua ta`lim yo`nalishi: Barcha ta`lim yo`nalishlari uchun


Inson ehtiyojlarining rivojlanishi



Download 1,52 Mb.
bet39/140
Sana31.12.2021
Hajmi1,52 Mb.
#209974
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   140
Bog'liq
умум пс мажмуа 2021 eff615df2eeef9c87188ec402fe119d4

1.3. Inson ehtiyojlarining rivojlanishi

Muayyan muhitda yashovchi hayvonning u yoki bu tarzdagi xatti-hara-kati aniqehtiyojni qondirishga qaratilgan bo‘ladi. SHu boisdan ehtiyoj hayvonni faollikka undash bilan cheklanib qolmasdan, balki faollikning turlari, shakli, harakatlantiruvchi kuchiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Hayvonda ovqatlanish ehtiyojini tug‘ilishi unda faollikni vujudga keltiradi, natijada so‘lak bezlari ishlay bosh-laydi, o‘lja qidirish, uni poylash, tutish va iste’mol qilish bilan bog‘liq holatlar majmuasi yuzaga keladi. Mazkur jarayonlar shartli reflekslar, faollikni keltirib chiqaruvchi yangi qo‘zg‘ovchilar va unga muvofiq bo‘lgan yangi harakatlar bilan bog‘lanishi mumkin, biroq hayvon xatti-harakatining tuzilishida hech qanday o‘zgarish yuz ber-maydi. Jahon fiziologlari va psixologlari tomonidan hayvonlar-da shartli reflekslarni shakllantirishga oid tajriba materialla-rida ko‘rsatilishicha, vosita sifatida foydalanilgan qo‘ng‘iroq cha-linishi hayvon uchun tashqi qo‘zg‘atuvchilar ichidan faqat ovqatlanishga bog‘liq signal (xabar) vazifasini bajaradi, xolos.

O‘rgatilgan hayvon tomonidan tepkini bosish jarayoni unga ovqatni berilishi bilan aloqador xatti-harakat tarzida amalga oshi-riladi. SHuning uchun hayvon har qanday murakkab shartli refleks-lar yordami bilan o‘z xatti-harakatini amalga oshirgan bo‘lishiga qara-may, ehtiyojlar bevosita uning psixikasini aks ettirish muayyan ob’ektga yo‘naltirish, xulqini idora qilish funksiyasini bajara-di. CHunki hayvon a’zolariningbiologik-tabiiy ehtiyojlari psixik aks ettirish mazmuni va sifatini, tashqi olam ta’siriga nisbatan javob sifatida paydo bo‘luvchi xatti-harakatlarni muvofiqlashtirib turadi.

Insonning faoliyati, xulq-atvori, xatti-harakati hayvonlarni-kidan tubdan farq qiladi, ularni tarkib toptirish mutlaqo boshqa asosga quriladi. Misol uchun bolani ovqatlanishi, xatti-harakati, qoshiqdan foydalanish, maxsus ajratilgan joyda o‘tirish, ovqat eyish qurolini ishlata olish uningtabiiy extiyojlari tufayli yuzaga kelgan deb e’tirof etish haqiqatdan uzoqfikr, chunki uning negizida yotuv-chi mexanizmlar siri tushuntirib berilmagan. O‘z-o‘zidan ma’lumki, tabiiy ehtiyojni qondirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi shart emas, insonda uyquga ehtiyoj tug‘ilsa, u holda hech qanday yumshoq o‘ringa, divanga talab sezilmaydi, charchagan odam duch kelgan joyda o‘z ehtiyojini qondiraveradi. Madaniy xatti-harakatlar, odatlarning insonda vujudga kelishi ijtimoiy tarbiyaning ta’sirida ta-biiy ehtiyojlarni qondirishning vositasi, sharti sifatida gavda-lanib, qurollar, buyumlar ularning tarkibiy qismiga aylana bosh-laydi. Bunday xatti-harakatlar shaklini keltirib chiqaruvchi aso-siy manba tub ma’nodagi ehtiyoj emas, balki uni qondirishning jamiyat taraqqiyoti talab qilgan qoidalari, usullari, kamolot taqo-zo etuvchi madaniy ko‘nikmalar hisoblanadi. Jamiyatning taraqqiyot bosqichlariga binoan tabiiy ehtiyojlarni qondirishning yangidan-yangi, yanada takomillashgan vositalari insoniyat tomonidan yaratilaveriladi va bular ehtiyojlar tarkibi bilan qorishib ketadi. Ma-daniy va ma’naviy ehtiyojlar to‘g‘risida ham xuddi shu tarzdagi o‘zga-rishlar yuz beradi, shaxsning boshqa kishilar bilan muloqotga kiri-shishi, bilimlarni o‘zlashtirishda texnik vositalardan foydalanishi, nutq va kiyinish madaniyatining o‘sishi, ularni qondirishga nisbatan talab darajasining ortishi mazkur ehtiyojlar riojlani-shini ta’minlaydi.

Psixologiyada ehtiyojlar rivojlanishining bir necha bosqichlari mavjud ekanligini ta’kidlab o‘tish zarur. CHunki ehtiyojlar inson ontogenezida paydo bo‘lib, to umrining oxirigacha o‘zgarib, takomillashib boradi. Kishilik jamiyatlarida ehtiyojlar bir-biridan ham mohiyat, ham shakl jihatidan tafovutga ega bo‘lganiday, yosh davrlari-ga qarab, ular xuddi shunday mezonlar bo‘yicha o‘zaro farqlanadilar.

Bola faolligini rivojlantirishningdastlabki bosqichlaridayoq, biologik jihatdan ahamiyat kasb etuvchi buyumlar, jismlar ustuvorlik xususiyatiga ega bo‘lmaydilar, aksincha ularning inson tomoni-dan foydalanish usullari ehtiyojlarning omillari tariqasida gav-dalanadi. Binobarin, mazkur buyumlar, aslahalarning ijtimoiy taj-ribalarini egallashdagi ahamiyati, roli namoyon bo‘lishning mexa-nizmlari sifatida maydonga keladi. Bolalarning xuddi shu yo‘sinda egallaydigan xatti-harakatlarining yangi shakllari — bu jamiyat to-monidan ijtimoiy amaliyot vazifalariga munosib ravishda ish-lab chiqilgan usullaridan iborat bo‘lib, buyumlar bilan shaxsning munosabati tarzida yuzaga keladi, kishining kundalik faoliyati ichidan muhim joy egallaydi. Stol atrofida o‘tirish, qoshiqbilan ovq-at eyish, krovatda uxlash, televizor tomosha qilish, o‘yinchoqo‘ynash, kattalar bilan muomala qilish yuqoridagi fikr mohiyatini yaqqol-lashtirishga yordam beradi. Ehtiyojni qondirishning vositalaridan foydalanish qoidalari ijtimoiy muomala usullari, faoliyatni amalga oshirishning yo‘l-yo‘riqlari katta yoshdagi odamlar tomonidan yoshlarga o‘rgatiladi. O‘z ehtiyojlarini muayyan buyumlar vositasida qondirishga va ularni muayyan faoliyat turiga tatbiq etishning insoniy shakllarini egallashga o‘rgatish maxsus mashqlar orqali amalga oshirilib, «Etuk shaxs — bola» tarzida yuzaga keladi. Demak, bola ehtiyoji qondirilayotgan insoniy shart-sharoitlar ta’siri ostida shaxsning xulq-atvori vositalar ahamiyati bilan emas, balki ularning ijtimoiy qiymati bilan belgilanadi. Ehtiyojlarning qondi-rilish darajasi, uning og‘ir yoki engil ko‘chishi shaxsning shakllani shida muhim ahamiyatga ega, shu boisdan ularni qondirish maqsadga muvofiq, oqilona mezonlarga suyanib amalga oshirilsa ijtimoiy ahamiyati yanada ortadi.

Insonda madaniy va ma’naviy ehtiyojlar turmush tajribasi or-tishi, bilim saviyasi kengayishi, maxsus mashqlar egallanishi, ij-timoiy hayot qoidalariga uzluksiz ravishda rioya qilishi, narsa va hodisalarga munosabati o‘zgarishi tufayli rivojlana boradi. Odam tobora barkamol bo‘la borishi uning oldiga yangicha talablar qo‘yadi ularni bajarish esa ehtiyojning yangi, nisbatan murakkab, mohiyat jihatdan teran xususiyat kasb etuvchi shakllarni vujudga keltiradi ularning qondirilishi esatuzilishga ega bo‘lgan vositalarni taqozo etadi. Ma’lumotlilik akl-zakovat ko‘rsatkichining yuksalishi, is-te’dod alomatlarining ro‘yobga chiqishi, faollikning ortishi, xatti-harakat tarkibida keraksiz bo‘g‘inlarning kamayish ehtiyoji takomillashgan shaklining namoyon bo‘lishini ta’minlaydi. Inson kom-fort sari intilar ekan, demakki, unda yangi ehtiyojlar yuzaga keladi, ularni qondirilishi esa yangi bir sifat darajasiga ko‘tariladi. Madaniyatning yangi qirralari ochilishi, ma’naviyatni egallashga nisbatan xohish-istakning kuchayishi, fan va texnikaning taraqqi-yoti, millatlararo munosabatlar ko‘lamining kengayishi rang-barang ehtiyoj turlari va shakllari rivojlanishiga muhim shart-sharoitlar yaratadi. Insonning barkamollik sari intilishdagi imkoniyatlari-ni ro‘yobga chiqarish orzusi ehtiyojlar rivojlanishi harakatlanti-ruvchi kuchga aylanadi.

Psixologiya fanida ehtiyoj quyidagi tiplarga ajratiladi:

Individual — yakka shaxsga yo‘naltirilgan.

Guruhiy — real guruhlar moddiy va ma’naviy intilishi.

Jamoaviy — jipslashgan guruhpar talabi majmuasi.

Hududiy - etnik guruhning muayyan o‘ziga xos talablari qonda-rilishi

Etnik — ma’lum millat yoki xalqlarning safarbarligini ta’-minlash.

Umumbashariy - er yuzi xalqlarining umumiy talablarining majmuaviy aks etishi.




Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish