Umumiy psixologiya” fanidan o`quv- uslubiy majmua ta`lim yo`nalishi: Barcha ta`lim yo`nalishlari uchun



Download 1,52 Mb.
bet38/140
Sana31.12.2021
Hajmi1,52 Mb.
#209974
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   140
Bog'liq
умум пс мажмуа 2021 eff615df2eeef9c87188ec402fe119d4

1.2. Ehtiyojlarning turlari

Inson bir davrning o‘zida ham individuallik, ham ijtimoiylikni aks ettirgan bo‘lganligi sababli uning ehtiyojlari shaxsiy va ijtimoiy xususiyatga egadir. Boshqacha so‘z bilan aytganda, undagi tor ma’noli shaxsiy xususiyatga ega bo‘lganday tuyg‘u uyg‘otuvchi (tabi-at in’omiga aloqador) ehtiyojlarni qondirish jarayoni ham ijtimo-iy hamkorlik faoliyatining mahsuli (dehqonlar, ishchilar, xodim-lar va boshqa kasbdagi) odamlarning sa’y-harakati, hamkorlikdagi mehnatining moddiy tarzdagi ifodalanishidan foydalanishida aks etadi.

Ushbu masalaga boshqacha tarzda yondashilsa, unda o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun ijtimoiy muhit negizida yaratilgan vositalar va usullardan foydalaniladi, natijada u yoki bu sharoitga nisbatan ehtiyoj his etadi. Masalan, yog‘ochdan boltaga dasta yasash uchun unda xohish mavjudligining o‘zi etarli emas, balki bir qator shart-sharoitlar, dastgoh, duradgorlik asboblari bo‘lishi lozim, uning sifa-tiga nisbatan ehtiyoj ham tug‘iladi. Xuddi shu boisdan unda o‘z xo-hish-istaklarini ro‘yobga chiqaradigan talab bilan imkoniyatga qara-tilgan ehtiyoj vujudga keladi. Insondagi tor ma’nodagi ehtiyojlar uning shaxsiy talablarini qondirish bilan cheklanib qolmasdan, balki hamkorlik faoliyatida yuzaga keluvchi jamoaviy ehtiyojlar yakkaholligiga oid xususiyat kasb etadi. Aytaylik, ma’ruza o‘qishga tayutif qilingan o‘qituvchining mashg‘ulotga puxta tayyorgarligi o‘z predmetining o‘ta fidoyisi ekanligi uchun emas, balki jamoa nufu-ziga dog‘ tushirmaslik mas’uliyati, ijtimoiy burch hissiga nisbatan ehtiyoj sezganligi tufayli amalga oshadi. SHaxsiy ehtiyoj guruhiy, jamoaviy munosabatlar uyg‘unlashib ketganligi sababli o‘zaro qori-shiq xususiyatga ega bo‘ladi. Har qanday individual faoliyatga nisba-tan ehtiyojning tug‘ilishi ijtimoiy alomat, umumiylik, hamkorlik xususiyatini kasb etib, faoliyatga yondashuvda yaqqahollik umumiy-likni, umumiylik esa alohidalikni uzluksiz ravishda beto‘xtov aks ettirib turadi.

Psixologiya fanida ehtiyojlarni tasniflash ularni kelib chiqishi va o‘z predmetining xususiyatigabinoan amalga oshiriladi.

Odatda, o‘zlarining kelib chiqishiga binoan ehtiyojlar tabiiy va madaniy turga ajratiladi.

Tabiiy ehtiyojlarda inson faoliyatining faolligi, o‘z shaxsiy hayotini himoya qilish, o‘z avlodi hayotini saqlash, uni qo‘llab-quvvat-lash uchun zaruriy shart-sharoitlarga tortilganlik, tobelik aks eta-di. Tabiiy ehtiyojlar tarkibiga odamlarni ovqatlanish, tashnalik-ni qondirish, jinsiy moyillik, uxlash, issiq va sovuqdan asranish, musaffo havoga intilish, tana a’zolariga dam berish kabilar kiradi. Tabiiy ehtiyojlar uzoq vaqt davomida qondirilmasa, uning oqibatida inson halokatga mahkum bo‘ladi, o‘z sulolasi hayoti va faoliyatini xavf ostiga qoldiradi.

Tabiiy ehtiyojlar insonda hayvonot ajdodlarnikiga va ibtidoiy jamoa a’zolarinikiga o‘xshash bo‘lsa-da, lekin ular o‘zining psixo-logik mohiyatiga ko‘ra mavjudodlarnikidan ham sifat, ham mikdor jihatdan tafovutlanadi. Ehtiyojlarni qondirilish usullari, shak-li, quroli tobora takomillashib borishdan tashqari, ularning mo-Hiyati, mazmuni ham o‘zgarib bormoqda, misol uchun hozirgi zamon kishisi eramizdan oldingi ajdodlarimizga nisbatan boshqacha tarz-Da o‘z ehtiyojlarini ro‘yobga chiqaradi va ularni qondirishga intila-Di. Uy ro‘zg‘or buyumlarining o‘zgarishi ehtiyojlarini qondirish yo‘lla-ri takomillashuvidan darak beradi. SHuning uchun insonlarning tabiiy ehtiyojlari ijtimoiy-tarixiy xususiyatga ega, chunki ular ij-timoiy-tarixiy taraqqiyot mahsulidan iboratdir.

Inson faoliyatining faolligi insoniyat madaniyatini mahsuli bilan bog‘liqligini ifodalab, madaniy ehtiyojlarni yuzaga keltira-di. Madaniy ehtiyojlar, madaniyat to‘g‘risida mulohaza yuritilganda uning ijtimoiy ildizlari kishilik tarixining dastlabki manba-lari bilan uzviy bog‘lanib ketishini ta’kidlab o‘tish lozim. Lekin tabiiy ehtiyojlar madaniy ehtiyojlar bilan o‘zaro uyg‘unlashgan bo‘lib, birinchisi ikkinchisini taqozo etadi, chunki ular biri-birining negizidan kelib chiqadi. Xuddi shu boisdan madaniy ehtiyojlar ob’ek-tiga tabiiy ehtiyojlarini qondiruvchi uy-ruzg‘or buyumlar, mehnat faoliyati orqali boshqa kishilar bilan bog‘lanish vositalari, mada-niy aloqalar o‘rnatish usullari, shaxslararo muomalaga kirishish uslublari, ijtimoiy turmush zaruriyatiga aylangan narsalar, o‘qish va tajriba orttirish yo‘llari kiradi. Odatda, jamiyat ta’lim va tar-biya tizimini egallash, xalq an’analari, marosimlari, bayramlari, odatlari, rasm-rusumlari, xulq-atvor ko‘nikmalarini o‘zlashtirish jarayonida rang-barang madaniy ehtiyojlar vujudga keladi, yangicha ma’no kasb eta boshlaydi. YUqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, tabiiy ehtiyojlar qondirilmasa, ular insonni halokat yoqasiga etaklaydi, biroq madaniy ehtiyojlarning qondirilmasligi unday oqibatlarga olib kelmaydi, ammo odamda madaniy fazilatlarning shakllanishi-ga putur etkazadi, uning kamolotini sekinlashtiradi.

SHu narsani ta’kidlab o‘tish joizki, madaniy ehtiyojlar o‘zining darajasiga ko‘ra, jamiyat tomonidan o‘z a’zolari oldiga qo‘yilayotgan talablar bilan bog‘liqligiga binoan, ular o‘zaro bir-birlaridan kes-kin tafovut qiladi. Masalan, hozirgi zamon yoshlarining bilim olishga nisbatan tinimsiz izlanishini, ya’ni bilim olish ehtiyoji-ning mohiyatini eng so‘nggi moda bo‘yicha kiyinishga odatlangan xud-di shu yoshdagi tengdoshining ehtiyojlarini bir xil mezon bilan o‘lchash va baholash adolatdan emas. CHunki ehtiyojlarning mohiyatiga, ularni qondirish uchun amalga oshirish ko‘zda tutilgan faoliyat natijasiga, ularning xususiyatiga ijtimoiy yoki individual yo‘nalganligiga bi-noan, har qaysisi alohida-alohida baholanadi. Ijtimoiy jamiyat tomonidan o‘z fuqarolari oldiga qo‘yilayotgan talablariga, jamiyat-ning huquq asoslariga, xalq an’analariga, yurish-turish qoidalari-ga, ma’naviyat va qadriyat tizimiga, maslak va dunyoqarash mohiyatiga mos tushadigan ehtiyojlar yuksak onglilik, ijtimoiy faollik, ma’-naviy kamolot uchun xizmat qiladi, jamiyat taraqqiyotining muhim mezonlaridan biri bo‘lib madaniy ehtiyojlarni tug‘ilish va ularni qondirilish darajasi va ma’naviyatni egallashdagi roli hisoblanadi.

Psixologiya fanida ehtiyojlar o‘z predmetining xususiyatiga ko‘ra moddiy va ma’naviy turlarga ajratiladi, ularni keltirib chiqaruvchi mexanizmlar manbai turlicha ekanligi e’tirof etiladi.

Insonning ovqatlanish, kiyinish, uy-joyiga ega bo‘lish, maishiy turmush ashyolariga intilish, komfort hissini qondirish bilan bog‘liqmadaniyat predmetlariga nisbatan ehtiyoj sezish moddiy ehti-yojlar majmuasini yuzaga keltiradi. Ma’naviy madaniyatni yaratish va o‘zlashtirish, shaxsning o‘z fikr mulohazalari va his-tuyg‘ulari bo‘yicha boshqa odamlar bilan muomalaga kirishish hamda axborat al-mashtirish, badiiy va ilmiy adabiyotlar bilan tanishish, mahalliy matbuotni o‘qish, kino va teatr ko‘rish, musiqa tinglash kabilarga ehtiyoj sezish, ya’ni ijtimoiy ong mahsuliga tobelik manaviy ehti-yojlar tizimini vujudga keltiradi.

Ma’naviy ehtiyojlar moddiy ehtiyojlar bilan uzviy bogliqbo‘lib, vujudga kelgan ma’naviy ehtiyojlarni qondirish jarayoni moddiy ehtiyojlarningtarkibiga kiruvchi moddiy narsalar yordamida amalga oshiriladi, chunonchi, kitob, yozuv qog‘ozi va boshqalar.

Ehtiyojlarning turlari haqida fikr bildirganda yana shu narsaga e’tibor berish kerakki, kelib chiqishiga binoan tabiiy turga taal-luqli ehtiyoj o‘z predmetiga ko‘ra moddiy guruhga, xuddi shu mezonlar bo‘yicha bir davrning o‘zida madaniy ehtiyojning moddiy yoki ma’na-viy ehtiyoj turkumiga kiritish mumkin. SHu tariqa ehtiyojning ke-lib chiqishi va predmeti xususiyati bo‘yicha ikki mezonga asoslanib muayyan guruhlarga ajratiladi. Inson ongining tarixiy taraqqiyo-tiga nisbatan va ehtiyojlarning ob’ektiga bo‘lgan munosabatiga bi-noan, har xil tasniflanadi va xuddi shu mezonlarga ko‘ra ular rang-barang turlarga ajratiladi. Ularning izchilligi, barqarorligi, do-imiyligi, ko‘lami, ahamiyatliligi, predmetliligi, ijtimoiyligi, individualligi kabi xususiyatlari bilan o‘zaro bir-biridan farq-lanadi.

Ehtiyojlar inson faoliyati va xulq-atvor motivlari bilan jips aloqada bo‘ladi.




Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish