Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik-majmua



Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/191
Sana13.01.2022
Hajmi6,23 Mb.
#355671
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   191
Bog'liq
adabiyot 7-sinf

savol  va  topshiriqlar:


180
III. Ko‘rkam Suhayl ta’rifi, tutqinlikdagi Mehr iztiroblari 
tasviri va to‘y taraddudida dengizdan yo‘lga chiqqan 
suhaylning hiyla domiga bandi bo‘lganligi to‘g‘risida
...Go‘yiyo ham jazirada bir shahr,
O‘zi firdavs-u salsabil
1
 anga nahr.
Хuddi shunday (boshqa) jazirada (ham) bir shahar 
(bo‘lib),
O‘zi jannat bog‘iday, ariqlari jannatdagi buloq kabi edi.
bor emish ravzadek
2
 havosi aning,
Charxi minu
3
 kibi fazosi aning.
Uning havosi jannatdek emish,
Fazosi zangori osmon kabi keng ekan
.
anda bir shoh hokim-u voliy,
mulki ma’mur-u
4
 himmati oliy.
Unda bir shoh hokimlik-u boshqaruvchilik (qilar),
Mamlakati ma’mur, (o‘zining) himmati oliy
 (
edi
).
oti nu’mon-u mulki oti yaman,
adlidin mulki guliston-u chaman.
Unda bir shoh hokimlik-u boshqaruvchilik (qilar),
Mamlakati ma’mur, (o‘zining) himmati oliy (edi).
anga bir o‘yla nozanin farzand,
kim, bashar
5
 ichra yo‘q anga monand.
Uning shunday bir nozanin farzandi bo‘lib,
Insonlar orasida unga monandi – o‘хshashi yo‘q edi.
yuzidin bargi gul xijil erdi,
qaddidin sarv munfail
6
 erdi.
1
 
Salsabil
 – jannat bulоg‘i.
 
2
 
Ravzadеk
 – jannatdеk.
 
3
 
Charxi minu
 – zangоri оsmоn.
 
4
 
Ma’mur
 – оbоd.
 
5
 
Bashar
 – оdamzоd, insоniyat.
 
6
 
Munfail
 – xijоlat.
 


181
Yuzi(ning go‘zalligi)dan gul bargi хijil tortardi,
Qaddi(ning kelishganligi)dan sarv daraхti хijolat edi.
borcha fazl-u hunarda yo‘q misli,
ko‘zguga boqsa o‘zi-o‘q misli.
U barcha fazilat-u hunarda o‘хshashi yo‘q,
Ko‘zguga boqsa (husnda) o‘ziday (kishi) yo‘q.
hunar avji sori kelib anga mayl,
yuzi andoqki mehr, oti suhayl
1
.
Hunar (egallashda) yuksaklikka mayl qilardi,
Yuzi mehrdek (yorqin), oti Suhayl edi.
Mehr zulfig‘a ko‘ngli bog‘lig‘ edi,
bu anga go‘yiyo atog‘lig‘ edi.
(Uning) ko‘ngli Mehrning sochlariga bog‘langan edi,
Bu (qiz) ham go‘yo unga atalgan(dek yaratilgan) edi.
o‘ylakim, mehrning xarobi suhayl,
mehrg‘a ham suhayl sori mayl.
Shundayki, Suhayl Mehrning (ishqida) хarob bo‘lgani kabi
Mehrda ham Suhaylga moyillik bor edi.
maylni qo‘yki, vola-u zor ul,
Jon berib vaslig‘a xaridor ul.
Mayl demaki, u (Suhaylning ishqida) vola-yu zor (edi),
Jonini berib (bo‘lsa ham) visoliga хaridor (edi).
bo‘ylakim hajr qo‘ydi bag‘rig‘a dog‘,
manzil o‘lmish edi anga ul bog‘.
Lekin hajr (Mehrning) bag‘riga dog‘ qo‘yib,
(Jobirning) bog‘i unga manzil bo‘lib qolgandi.
1
 
Suhayl
 – yorug‘ yulduz nоmi, yigitning оti.
 


182
bor edi anda guna-guna
1
 shajar,
Gul yo‘q edi bag‘ayri nilufar
2
.
Unda, ya’ni bog‘da хilma-хil daraхtlar bor edi,
(Ammo) nilufardan bo‘lak gul yo‘q edi.
nilufarvor
3
 so‘gvor
4
 erdi.
nilufar ichra ashkbor
5
 erdi.
(Mehr shu) nilufarguldek qayg‘uli edi,
Nilufarlar ichida ko‘zi yoshlirog‘i edi.
ashkidin go‘yiyo berur edi suv,
oh o‘tidin qururg‘ayib
6
 qayg‘u.

Download 6,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish