Go‘yo o‘sha shiddatli yel esib,
Bu elga ham g‘avg‘o soldi.
suvg‘a surdi suhayl kemasini,
oyirib borcha xayl-u niymasini.
(Bo‘ron) Suhayl kemasini suvga surdi,
Barcha hamrohlari va narsalaridan ayirib qo‘ydi.
1
Qirоq
– qirg‘оq.
2
Murur
– o‘tish, kеchish.
3
Hamul
– o‘sha.
4
Rustоxеz
– g‘avg‘о.
185
beribon kemasiga muhliq
1
mavj,
bir zamoni haziz-u
2
gohi avj.
Kemasiga halokatli mavjlar urilib,
(Bo‘ron) bir zamon pastlar, goh (yana) avj (olardi).
to kema bo‘ldi ul sori obir,
kim, qo‘yub erdi diydabon Jobir.
To kema (yana) o‘sha tomon o‘tguvchi bo‘ldiki,
Jobir (bu yerga) diydabon qo‘ygan edi.
diydabon ul taraf boqib nogoh,
yana Jobirni ayladi ogoh.
Diydabon nogoh bu tarafga boqib,
(Kema haqida) yana Jobirni ogoh qildi.
Ul kirib zavraqig‘a ayladi azm,
bo‘lub ul kema ahli qatlig‘a jazm.
U kemasiga o‘tirib, (darhol) yo‘lga tushdi,
Bu kema ahlini qatl (qilishga) jazm qildi.
Chun yetib qildi el halokig‘a mayl,
razm-u kin ichra chobuk
3
erdi suhayl.
Yetib(oq) ularni halok etmoqchi bo‘ldi,
(Lekin) Suhayl (ham) jang va o‘q otishda epchil edi.
qila boshlab aning birla parxosh
4
,
ishlari kema ichra bo‘ldi savosh.
U bilan jang qila boshlab,
Ishlari kema ichida savashish bo‘ldi.
1
Muhliq
– halоkatli.
2
Haziz
– pastrоq, sеkinrоq.
3
Chоbuk
– chaqqоn, epchil.
4
Parxоsh
– jang.
186
Jobir ar
1
zarb urur edi behad,
borcha zarbin suhayl etar edi rad.
Agar Jobir behad (kuchli) zarb ursa (ham),
Suhayl barcha zarblarini qaytarar edi.
qilsa ul dog‘i zarb izhori,
munga ham tushmas erdi ul kori
2
.
U yana zarb beradigan bo‘lsa,
Bunga hech kor qilmas edi.
ikkisi chunki erdilar cholok
3
,
bir-biridin alarg‘a yo‘q edi bok
4
.
Ikkisi (birday) chaqqon edilar,
Bir-biriga zarar yetkizolmasdilar
.
ko‘rdi Jobirki, qoyim
5
o‘ldi ishi,
olida nomuloyim
6
o‘ldi ishi.
Jobir ko‘rsaki, ishi – jangi (dushmani bilan) baravar,
Bu holat (uning uchun) ko‘ngilsizlik edi.
G‘olib o‘lmoq aro bo‘lub ojiz,
o‘zin ul nav’i ko‘rmayin hargiz.
G‘olib bo‘lishga ojiz bo‘lib,
O‘zini hargiz u holatda – g‘oliblikda ko‘rmay.
ilgiga hiyla shevasin oldi,
yalang‘ochlab o‘zun sug‘a soldi.
Qo‘liga hiyla odatini oldi, ya’ni hiyla yo‘liga o‘tdi,
Yalong‘och bo‘lib, o‘zini suvga otdi.
1
Ar
– agar.
2
Tushmas erdi ul kоri
– «Zarb kоr qilmas edi» ma’nоsida.
3
Chоlоk
– chaqqоn.
4
Bоk
– qo‘rquv, xavоtir.
5
Qоyim
– tеng, baravar.
6
Nоmulоyim
– yoqimsiz.
187
Xasmning
1
kemasi tubiga kirib,
tig‘ ila kemaning tubini yorib.
raqibining kemasi ostiga kirib,
Tig‘ bilan kemaning tubini yordi.
taxtani uyla kov-kov etti
2
,
ki, suv yo‘lin nechukki nov etti.
Do'stlaringiz bilan baham: |