Fard
– alоhida, xalоs.
2
Shamma
– salgina, birоz.
3
Iymо
– imо, ishоra.
4
Fasоnasin bunyod
– sarguzashtini, hikоyasini aytdi.
5
Pardasi
– nоmusi.
6
Nisbati
– munоsabati, alоqasi.
7
Tashvir
– falоkat.
8
Mеhri munir
– qizning ismi quyosh ma’nоsini anglatadi. Shu bоis
«yorituvchi quyosh» dеb so‘z o‘yini qilinmоqda.
208
Jahd-u sur’at aro tay aylab arz
1
,
holatim aylasang, suhaylg‘a arz.
lek bir nukta bordur yoshurun
ki, seni mundoq asrasoq necha kun.
Jazm qilsang bu ishni pinhoni,
ont ichib emin aylasang oni.
ki, chu men bastayi balo
2
bo‘ldum,
Jobir ilgiga mubtalo bo‘ldum.
manga tushmish ko‘zi yiroqdin-u bas,
yiqilib yerga yotti o‘ylaki xas.
Chun ko‘rar fikri qilmoq erdi ishi,
Chunki ko‘rdi, yiqilmoq erdi ishi.
munda to zoyi’ o‘lmish avqotim,
budur oning bila muloqotim».
muni bilgach suhayl zor-u hazin,
shammai topti xotiri taskin.
sidq bildi
3
yaqin aning so‘zini,
sa’y ila asray olmadi o‘zini.
ohidin o‘t dimog‘ig‘a tushti,
dilbarining ayog‘ig‘a tushti.
qildi faryod-u bordi andin hush,
mehrni hayrat ayladi madhush
4
.
Chunki holin bilurg‘a ayladi mayl,
yaxshi tahqiq
5
qilg‘och, erdi suhayl.
o‘lgudek nola qildi ul dog‘i,
hushi borib, yiqildi ul dog‘i.
1
Tay aylab arz
– yеrni tеz aylanib chiqish, tоpish.
2
Bastay
i balо
– balоga yo‘liqmоq.
3
Sidq bildi
– chin bildi.
4
Madhush
– hushsiz.
5
Tahqiq
– tеkshirish, aniqlash.
209
yig‘labon boshlarida ikki kaniz,
ko‘tarib boshlarini mehromiz
1
.
kelgach o‘ziga mehri ravshan roy,
dedikim: «Fitna bo‘ldi band kushoy
2
»,
ayladi oni tiyra uyda nihon,
anga tegruki
3
tiyra bo‘ldi jahon,
Za’fi ifrotidin
4
suhayl dog‘i,
o‘ziga keldi lek uyqu chog‘i.
bo‘ldi bir-birga jism ila jondek,
yo magar sarvu ishq pechondek
5
.
necha kun qasr aro nihon erdi,
sarvi gulruxqa mehmon erdi.
toki berdi taom ila sharbat,
Za’fliq zor jismig‘a quvvat.
ani ham jazm bildikim Jobir,
mehrdin hajr ila emish sobir.
Bir kun o‘lg‘onda Jobiri g‘ofil
bog‘ni sayr etarga forig‘dil
6
.
Chiqti o‘trusidin suhayli daler,
Ul sifatkim qobon masofig‘a
7
sher,
dedikim: «pahlavonliq ermas ul
kim, kishi makr birla urg‘ay yo‘l.
teshib el kemasini hiyla bila,
G‘arq etib suvga bu vasila
8
bila.
1
Mеhrоmiz
– quyoshdеk.
2
Fitna bo‘ldi band kushоy
– isyon (ish) siri оshkоr bo‘ldi, yеchildi.
3
Anga tеgru
– ungacha.
4
Ifrоt
– haddan оrtiq.
5
Ishq pеchоn
– pеchakgul.
6
Fоrig‘dil
– bеmalоl, ko‘ngli xоtirjam.
7
Masоf
– оlishish, jang.
8
Vasila
– vоsita.
210
qolmag‘on chog‘da kimsaning joni,
tutubon band aylagay oni.
sen agar zohir etting itlikni,
men sanga ko‘rguzay yigitlikni»,
dedi-yu xasm sori qildi shitob
1
,
Xasmni hayrat ayladi betob.
Chun talashmoqqa ayladilar mayl,
ko‘tarib yerga urdi oni suhayl.
bog‘ladi qo‘llarin shitob bila,
muni ul bog‘lag‘on tanob bila.
Soldi filhol ani hamul chah aro,
budurur tab’-u fahmi ogah
2
aro:
«har kishikim birovga qozg‘oy choh,
tushgay ul choh aro o‘zi nogoh».
Chun Suhayl o‘ldi ul sifat firo‘z,
mehr aqdig‘a bo‘ldi bazmafro‘z.
tushti Jobir dafoyini
3
qo‘lig‘a,
balki olam xazoyini
4
qo‘lig‘a.
andag‘i el bo‘lub sarafganda
5
,
shah topib barcha bo‘ldilar banda
6
.
emdikim, tuzdi bazm-u aysh-u farah,
qo‘liga oldi shohvor
7
qadah.
1
Shitоb
– tеzlikda, chaqqоn.
2
Fahmi оgah
– hushyor aql.
3
Dafоyin
– dafinalar, ko‘milgan (dafn qilingan) bоyliklar.
4
Хazоyin
– xazinalar.
5
Sarafganda
– bоsh egdi, bo‘ysundi.
6
Banda
– tоbе, itоatchi.
7
Shоhvоr
– shоhоna, katta.
211
Fikr etib komgor-u
1
davlatmand,
dedi: «har kimki, Jobir etmish band,
men bilib borin ayladim ozod,
kelturingkim, qilay qadah bila shod».
ikki bandio‘q
2
erdi bog‘ ichra,
kelgach ul majlisi farog‘ ichra.
biri navdar edi, biri nu’mon,
kimga bo‘lg‘ay bu nav’ qissa gumon?
bu mahalni ne nav’ sharh etayin,
el bilur, bilmas o‘lsalar netayin.
bori ikki ato, iki farzand,
rishtayi vasl ila topib payvand.
qo‘pubon
3
yig‘lashib ko‘rushtilar,
o‘lturub bir-birin so‘rushtilar.
bo‘ldi ma’lum chun bori holat,
shukrlar qildilar etib hayrat.
ikki shah kirdilar xudo yo‘lig‘a,
mulklarin solib aning qo‘lig‘a.
mulk eli shukr qildilar bori,
aylabon shodmonlig‘ izhori.
evrulub kom birla davri sipehr,
Vasl topti suhayl birlan mehr.
mehrkim, charx xokrohi
4
edi,
nilufarzor jilvagohi edi.
to‘ni ul rang-u ko‘nglak-u ul rang,
yorining dog‘i kiymaki ul rang.
1
Kоmgоr
– baxtiyor, murоdga yеtgan.
2
Ikki bandio‘q
– ikkitagina tutqun.
3
Qo‘pub
– turib.
4
Хоkrоh
– kamtar, xоk
i
sоr.
212
nilufar rangi keldi ta’bpazir
1
kim, libos etti oni mehri munir.
har pari chehraiki mahvash erur,
moviy o‘lsa, libosi dilkash erur.
mehrkim, gulruxi samoviydur,
nilufarvash libosi moviydur.
Chun tugatti fasonani roviy,
pardador
2
ochti pardayi moviy...
Do'stlaringiz bilan baham: |