Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Zakovat” intellektual klubini tashkil etish bo‘yicha



Download 3,17 Mb.
bet1/5
Sana26.03.2022
Hajmi3,17 Mb.
#511306
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Maktablarda Zakovat klubi tashkil qilish yo‘riqnomasi



Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida
Zakovat” intellektual klubini tashkil etish bo‘yicha


YO‘RIQNOMA


Kirish

Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish, ushbu o‘yinlar tashkil qilinishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, aholining intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida 2022 yil 20 yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-96-son qarori qabul qilingan. Ushbu qarorda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bosqichma-bosqich “Zakovat” intellektual klublari faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilangan.


Ushbu qo‘llanma Xalq ta’limi vazirligi va “Zakovat intellektual klubi” nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda tayyorlanib, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Zakovat” intellektual klubini tashkil qilish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga olgan.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Zakovat” intellektual klubi (keyingi o‘rinlarda – Klub) o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga o‘rgatish, olgan bilimlarini mustahkamlash, jamoada ishlash, o‘zaro muhokamalarda samarali ishtirok etish, o‘z fikrini asoslash ko‘nikmalarini rivojlantirish, ko‘proq kitoblar o‘qishga qiziqtirish maqsadlarida tashkil qilinadi.

  1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Klub tashkil etish talablari

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Klub maktab o‘quvchilarini belgilangan paytda yig‘ilgan holda turli intellektual o‘yinlarni o‘ynash va musobaqalarni tashkil qilish uchun yetarli shart-sharoitlarga ega bo‘lishi kerak. Buning uchun Klubda quyidagilar mavjud bo‘lishi maqsadga muvofiq:



  1. Klub uchun xona – klub a’zolarini yig‘ilishi, turnirlarni o‘tkazilishi uchun zarur jihozlarni saqlanuvchi joy. Maktab sharoitidan kelib chiqib, bu maqsadda alohida xona ajratilishi tavsiya etiladi

  2. Klub musobaqalari o‘tkazish uchun joy – faollar zali, sport zali, kutubxona, oshxona, kattaroq sinfxona.

  3. Klub a’zolari musobaqalari uchun stol, parta va stullar.

  4. Klub musobaqalarini o‘tkazish paytida kerak bo‘luvchi ruchka va qog‘oz.

Yuqorida sanab o‘tilgan jihozlar Klub faoliyatini doimiy olib borish uchun yetarli. Shu bilan birgalikda Klub uchun ovoz kuchaytirgich, mikrofon, proyektor ajratilishi maqsadga muvofiq.

  1. Klub koordinatori maktabdagi klub o‘z faoliyatini boshlayotgani haqida ta’lim muassasida o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlarda, pedagogik kengashlarda ma’lum qilishi va e’lonlar doskasida 1-ilovaga muvofiq e’lon berishi kerak.





  1. Download 3,17 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish