Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Zakovat” intellektual klubini tashkil etish bo‘yicha


Jamoalarni tashkil qilish tartibi



Download 3,17 Mb.
bet3/5
Sana26.03.2022
Hajmi3,17 Mb.
#511306
1   2   3   4   5
Bog'liq
Maktablarda Zakovat klubi tashkil qilish yo‘riqnomasi

Jamoalarni tashkil qilish tartibi

Klub a’zolari ichida jamolar tashkil qilish zarur. Har bir jamoada 7 ta ( 6 ta asosiy va 1 ta zahira) ishtirokchi bo‘lishi kerak. Jamoa turli sinf o‘quvchilaridan tarkib topishi mumkin, ya’ni 7-sinf o‘quvchisi 11-sinf o‘quvchisi bilan bir jamoada o‘ynashi mumkin. Jamoa a’zolari ichidan 1 nafar sardor saylanadi.


Har bir jamoa ishtirokchilari bilan kelishgan holda jamoasiga nom tanlaydi. Bir klubda bir xil nomga ega jamoalar bo‘lishi mumkin emas.
Jamoa a’zolari faqat bir maktab o‘quvchilaridan iborat bo‘lishi kerak.



  1. Zakovat” o‘yinini o‘tkazish tartibi

Haftaning har seshanba kuni o‘tkaziluvchi “Zakovat” o‘yinini o‘tkazish oldidan, soat 14:00 gacha barcha jamoalar maktab tomonidan to‘garak uchun belgilangan xonada (faollar zali, sport zal, sinf xonasi va h.k.) yig‘ilgan bo‘lishlari kerak.


O‘yin boshlanishidan 15 daqiqa avval to‘garak rahbari “Zakovat intellektual klubi” nodavlat notijorat tashkilotining hududiy bo‘limi koordinatori tomonidan tashkil qilinuvchi telegram guruh orqali o‘yin uchun tayyorlangan savollar paketini yuklab olishi kerak.
To‘garak rahbari o‘yin boshlanishidan oldin barcha jamolarni ko‘zdan kechirib (ishtirokchilar soni, javoblar varaqasi mavjudligi, telefon yoki shunga o‘xshash yordamchi vositalar yo‘qligi), o‘yinni boshlashi mumkin.
Har bir o‘yin ikki turdan iborat. Bir o‘yinda 20 ta savol, har turda 10 tadan savol o‘ynaladi. Savollarga yozma javob beriladi. Savollarga javob varaqasi
3-ilovada ko‘rsatilgan.

Boshlovchi tomonidan savol tushunarli, hamma jamoalar eshitadigan darajada bir marta o‘qiladi.
Savol to‘liq o‘qilib, vaqt ketdi buyrug‘i beriladi. Jamoalarga savolni muhokamasi uchun bir daqiqa vaqt beriladi. Daqiqa tugashiga 10 soniya qolganda, boshlovchi 10 soniya deb ogohlantiradi. To‘liq bir daqiqa tugaganidan so‘ng boshlovchi o‘ngacha sanaydi. Bu vaqt ichida jamoalar muhokama qilib tanlagan javobini javoblar varaqasiga yozishi kerak va sanoq tugaguniga qadar barcha jamoalar javoblar varaqasini qo‘llari bilan ko‘tarib turishlari kerak. Sanoq tugagach barcha javoblarni javob yig‘ishga mas’ul yordamchilar yig‘ib kelishadi.
Jamoalar bir-birining muhokamasiga xalaqit bermasligi uchun bir-birlaridan kamida 1-1,5 metr masofada o‘tirishlari kerak.
Savol-javoblar o‘ynalayotgan jarayonda jamoa a’zolarining o‘rnidan turishi, joy almashishi, boshqa jamoa vakillari yoki boshqa shaxslar bilan gaplashishi, baland ovozda, boshqalarga xalaqit beradigan darajada shovqin qilishi va o‘yin jarayoniga oid bo‘lmagan boshqa xatti-harakatlar qilishi taqiqlanadi, favqulodda holatlar bundan mustasno. Bunday holat aniqlangan taqdirda jamoaga ogohlantirish berilishi yoki 1 balldan 3 ballgacha jarima bali ushlab qolinishi mumkin. Agar ogohlantirish va jarima ballaridan keyin ham ushbu holat takrorlanaversa, jamoa o‘yindan chetlatiladi va ularning barcha ballari bekor qilinadi.
O‘yin jarayonini tomoshabinlarni kuzatib borishiga ruxsat beriladi. Lekin ular tartib va tinchlikni saqlashlari talab qilinadi. Tomoshabinlar jamoalarga har qanday shaklda (imo-ishora, yozma, og‘zaki va hokazo) savolga javob topishda yordam berishlari taqiqlanadi. Bunday holat aniqlangan taqdirda tomoshabin o‘yin bo‘layatgan joydan chiqarib yuboriladi.
Boshlovchi va uning yordamchilari tomoshabinlarni jamoalarga yordam berish holatlarini oldini olishni nazorat qiladi.
Barcha javoblar yig‘ib kelingach boshlovchi savolning javobini e’lon qiladi. Savolning javobi e’lon qilinganda qaysidir jamoada javobga e’tiroz bo‘lsa, o‘yin tugab umumiy natijalar e’lon qilingandan so‘ng apellyatsiya jarayonida e’tirozlar ko‘rib chiqiladi.
Boshlovchi 1-tur yakunlangach 5 daqiqa tanaffus e’lon qiladi va shu tanaffus davomida 1-turda jamoalarning natijalarini hisoblab, 2-tur boshlanishidan oldin e’lon qiladi. Jamoaning zaxira o‘yinchisini 1-tur yakunlangandan so‘ng boshqa o‘yinchi bilan almashtirish mumkin.
Jamoalarni baholash uchun boshlovchiga yordam beruvchi hisob hay’ati tuzilishi mumkin. Hisob hay’ati o‘yinda ishtirok etuvchi jamoalar soni 10 tadan oshganda tuzish tavsiya qilinadi. Hisob hay’ati a’zoligiga Klub koordinatoridan tashqari maktabning boshqa o‘qituvchilari va jamoasi o‘yinda ishtirok etmayotgan klub a’zolarini jalb qilish mumkin.
Komissiya a’zolarining asosiy vazifalari:
– har bir jamoa tomonidan berilgan to‘g‘ri javobga bir baldan berish;
– har bir raund yakunidan so‘ng javob varaqalarini yig‘ib, raundlarga ajratgan holda apellyatsiya jarayonigacha saqlab qo‘yish;
O‘yin yakunida eng ko‘p ball to‘plagan jamoa g‘olib sifatida topiladi. Bunda jamoalarning apellyatsiya natijasida olgan ballari ham inobatga olinadi. Jamoalar ballari reyting jadvaliga yozib boriladi (2-ilova).
Har bir o‘yindan so‘ng umumiy natijalar “Zakovat intellektual klubi” elektron platformasiga Klub koordinatori tomonidan joylashtiriladi.




  1. Download 3,17 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish