234
Tuxumdon folekulalaridan ajratib olingan estradiol ayollar jinsiy
gormonlari ichida eng yuqori faollikka ega. Uning o‘zgarishida gormonal
faolligi bir oz kamroq moddalar– estron va estriol hosil bo‘ladi.
Estrogenlar
ning organizmga biologik ta‘siri juda xilma-xildir. Ular jinsiy
sikl, homiladorlik va laktatsiya davrini ifodalaydi, bachadon va qinning spetsifik
o‘zgarishi , sut bezlarining o‘sishi, ikkilamchi jinsiy belgilarning shakillanishiga
imkon beradi, shuningdek, hujayraning bo‘linish jarayonlarini va suyaklarni
stimullaydi.
Folikulinning yetilishi bachadon to‘qimalarida modda almashinuvini
oshiradi.oqsil sintezi, nuklein kislotalar hosil bo‘lishini tezlashtiradi. Folikulinni
yetilishida hosil bo‘ladigan sariq tanada urug‘langan tuxumni bachadonning
shilliq qavatiga birikishini va homiladorlikning birinchi yarimida embrionning
rivojlanishini ta‘minlaydigan gormon–progesterone ishlanib chiqadi. Bu gormon
homiladorlik davrida o‘zining xususiy xoriogonadotrop gormonini ham
sintezlaydigan planseta(yo‘ldosh)da ishlab chiqariladi. Uning ta‘sirida folekula
etiladi va sariq tana o‘sa boshlaydi. Hozirda estrogenlar faolligiga ega bo‘lgan
sintetik moddalar olingan, ular vakili stilbesteroldir.
Estrogenlar - estron, estradiol, estriol; sitoretseptor orqali spetsifik genlar
faolligiga ta‘sir etadilar. Ular orqali spetsifik oqsillar biosintezi ko‘payadi, ular
esa hujayralarni metabolizmi, o‘sishi va rivojlanishiga ta‘sir etadi. Uni hisobiga
(+ ) N
2
balansi yuzaga keladi. Suyaklarda estrogenlar kaltsiy va fosfor tuzlarini
o‘zlashtirilishini, kollogenni sintezini oshiradilar. Glikoliz va PFS fermentlarini
induktorlari bo‘lganligi uchun uglevodlarda energiyani aerob hosil bo‘lishida
qatnashadilar.
Lipidlar almashinuviga ham ta‘siri bor. Lipidlarni yangilanib turishini,
ularni jigarda va yog‘ to‘qimasida to‘planib qolmasligi, organizmdan xolesterin
chiqarilib tashlashini ta‘minlab turadi.
Androgеnlar
– tеstostеron, digidrotеstostеron. Ajralib chiqqan testosteron
qondagi glikoproteid bilan bog‘lanib to‘qimalarga boradi, ularda HADFH
2
steroid reduktaza ishtirokida digidrotestosteronga o‘tadi. Oqsil biosintezini
keskin oshiradi, (+) azot balansini ta‘minlaydi.
Erkaklar jinsiy gormonlari urug‘donlarda hosil bo‘ladi, ular funktsiyasi
gipofizning gonodotrop gormoni bilan nazorat qilib turiladi. Bu gormonlar jinsiy
organlarning rivojlanishini stimullaydi va ikkilamchi jinsiy belgilarni
shakillantiradi.
Androgenlarni anabolik ta‘siri estrogenlarnikidan kuchliroq. Skellet
muskulaturasini va suyaklarni o‘shishini oshiradi. Buyrak va jigarda oqsillar
biosintezini kuchaytiradi. Bosh miyaga ta‘sir etib erkaklarga xos psixofiziologik
xususiyatlarni shakillanishida qatnashadi. Uglevodlar va yog‘larni aerob
parchalanishida fermentlarni induktsiyasi orqali qatnashadi. Fosfolipidlarni
sintezini oshirib, qondagi lipidlar va xolesterin miqdorini pasaytiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: