Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/239
Sana23.01.2022
Hajmi1,07 Mb.
#405169
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   239
Bog'liq
bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

 
153 
 
155 
 
 
 
 
158 
 
 
162 
 
166 
 
169 
 
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 

KIRISH 
 
O’zbekistonning  iqtisodiy  jihatdan  qudratli  davlatga  aylanishi  bozor 
iqtisodiyoti tizimini barpo etish vazifasi bilan bir davrga to’g’ri kelmoqda, ya’ni bu 
ikki  bir-biriga  uzviy  bog’liq  ulug’vor  ishni  bir  tarixiy  davrda  uddalashdek  og’ir 
muammoni hal qilishga to’g’ri kelmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o’tish, bir tomondan 
eski  iqtisodiy    tafakkurdan  voz  kechish,  yangi  iqtisodiy  tizimga  o’tish  bo’lsa, 
ikkinchi  tomondan  mamlakatni  og’ir  iqtisodiy  ahvoldan  olib  chiqish,  iqtisodiyotga 
yangi sifat berish, barqaror o’sish sur’atlari va biznes asoslarini yaratish bilan amal 
qilinadi. 
Bozor  iqtisodiyotining  asl  ma’nosi  iqtisodiyotni  tashqaridan  tartibga  solish 
tajribasidan voz kechib, o’zini - o’zi tartibga solish, yo’naltirishdir. Uning markazida 
bozorga  barqaror  o’sish  sur’atlari  baxsh  etib  turadigan  yangi  bozor  mexanizmi 
tadbirkor  inson  turadi,  inson  omili  yoki  ish  kuni  yotadi.  Boshqacha  aytganda, 
shunday  sifatdagi  biznes  asoslari  tayyorlanishi  kerakki.  U  o’zida  hozirgi  zamon 
ilmiy-texnika inqilobiy yutuqlarini bartaraf qiladigan xususiyatlarini gavdalantirgan 
bo’lishi  kerak,  ayni  vaqtda  bu  yangi  ish  kuchi  omili  o’zida  yuksak  milliylik.  O’z 
vatanini imkoniyatlaridan unumli foydalana bilish xislatlarini ham egallashi darkor. 
Demak, yangi iqtisodiy tizimga o’tish, mustaqil davlat qurishni har birimizdan, 
birinchi  navbatda,  O’zbekiston  taqdiri  va  kelajagi  bo’lgan  yoshlardan,  ularda 
zamonaviy iqtisodiy tafakkur, biznes asoslari va iqtisodiy tafakkur zaminida o’zi va 
o’z  xalqi,  Vatani  taqdiri  uchun  mas’uliyat  hissini  sezish  yotadi.  Bunga  erishish 
vositasi biznes asoslarini egallashdir, iqtisodiy qonunlar va tushunchalar mazmunini 
chuqur idrok etish, bilib olishdir. 
Bozor  iqtisodiyoti  va  biznes  asoslari  butun  bir  iqtisodiy  tizimdir,  murakkab 
munosabatlar  kompleksidir.  Buning  ma’nosi  shuki,  bozor    munosabatlarini  doimo 
o’rganib  borish  asosidagina  muvaffaqiyatli  xo’jalik  yuritish,  yuksak  natijalarga 
erishish, o’z mulk va mablag’larimizdan eng unumli foydalanish natijasida farovon 
va  to’q  hayot  kechirish  mumkin,  odamlarda  yaxshi  yashash  ko’nikmalarni  hosil 
qilish  esa  biznes  asoslarini  egallash  orqaligina  ta’minlanadi.  Buni  bozor 
munosabatlari  asosida  yashayotgan,  rivojlanib  borayotgan  o’nlab  mamlakatlar  va 
xalqlar hayotidan ko’rib turibmiz. 
To’g’ri,  hozirgi  vaqtda  bozor  munosabatlarini  o’rganish  bo’yicha  ancha-
muncha ishlar qilinmoqda, turli mavzularda ma’ruzalar o’qilayapti, kurslar, xilma-xil 
biznes maktablar, seminarlar tashkil etilmoqda, iqtisodiy litseylar, kollejlar va sinflar 
ochilmoqda.  Biroq,  bunday  uslubiy  ishlar  samara  bera  olmaydi.  Chunki,  kishilarda 
chuqur  bazaviy  iqtisodiyoti  va  biznes  asoslari  bilimi  etishmaydi.  Axir  hanuzgacha 
bizning o’rta maktablarimizda, hunar kasb bilim yurtlarimizda iqtisodiyot va biznes 
asoslari ta’lim berish bilan tushuniladigan iqtisodchi pedagog kam. 
Yana  bir  oddiy  haqiqat  shuki,  har  qanday  tafakkur  kabi  iqtisodiy  ta’limni 
yoshlikdan,  maktabdan  boshlansagina,  ijtimoiy  hayotda  sifat  o’zgarishlari,  o’sish 
sur’atlari  bo’lishi  mumkin.  Shuning  uchun  hozirgi  vaqtda  kelib  bu  dolzarb 
vazifaning  bajarilishini  o’z  holiga  tashlab  bo’lmaydi,  bu  g’oyat  katta  iqtisodiy  va 
ma’naviy yo’qotishlarga sabab bo’lishi mumkin. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 

Prezident  I.Karimov  kichik  va  o’rta  biznesni,  xususiy  tadbirkorlikni  jadal 
rivojlantirish,  uning  samarali  faoliyat  ko’rsatishi  uchun  qulay  iqtisodiy  va  huquqiy 
shart-sharoitlar  yaratish,  ayni  vaqtda  uning  yalpi  ichki  mahsulot  ishlab  chiqarishda 
nafaqat hal qiluvchi mavqe egallashi, balki shu bilan birga aholining farovonligi va 
daromadlari  ortishida  muhim  omilga  aylanishiga  erishish,  davlat  boshqaruv 
organlari,  ijtimoiy  tuzilmalar  diqqat  markazidagi  asosiy  vazifa,  ekanligini  doimo 
ta’kidlab kelmoqda.     
Ushbu vazifalarni o’z vaqtida hal etish va samarali boshqaruv qarorlarini qabul 
qilish  kichik  va  o’rta  biznes  korxonalarining  faoliyat  ko’rsatishi  va  ularning 
rivojlanish  qonuniyatlarini  tahlil  qilish  hamda  istiqboldagi  o’zgarishi  haqida  ilmiy 
asoslangan iqtisodiy axborotlar mavjud bo’lishini talab etadi. 
Hozirgi vaqtda respublikada kichik va o’rta biznes korxonalarini tashkil etish 
va ularning moddiy-texnika ta’minoti hamda kreditlar ajratish yo’nalishlari bo’yicha 
monitoring  joriy  etilgan,  ular  haqida  ma’lumotlar  muntazam  umumlashtirib 
borilmoqda. Ammo kichik va o’rta korxonalar faoliyati samaradorligini o’rganish va 
ularning  istiqboldagi  rivojlanishini  zamonaviy  axborot  kommunikatsiya 
texnologiyalari hamda matematik modellashtirish asosida tadqiq qilish yo’nalishida 
ilmiy  ishlar  etarli  emas.  Shularni  hisobga  olgan  holda,  korxonalarning  bozor 
muhitida  faoliyat  ko’rsatishi  va  ularning  rivojlanish  qonuniyatlarini  o’zida 
ifodalovchi  ekonometrik  modellashtirish  usullarini  va  shu  asosida  ekonometrik 
modellar turkumini ishlab chiqish muhim va dolzarb muammolar qatoriga kiradi. 
Ushbu  «Bozor  iqtisodiyoti  va  biznes  asoslari»  o’quv  dasturini  yaratishda 
ijtimoiy  fanlarni  o’rganishda  tadbiq  etiladigan  uslublar,  shuningdek,  iqtisodiyot 
nazariyasi, makroiqtisodiyot va boshqa fanlarni o’rganishning ilmiy tahliliy uslublari 
qo’llaniladi. 
Ushbu  fan  oliy  o’quv  yurtlari,  kasb-hunar  kollejlari,  litsey  o’quvchilariga 
mo’ljallangan  va  respublikada  ko’zga  ko’ringan  olimlarning  iqtisodiy  asarlaridan 
foydalanilgan. 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish