Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/239
Sana23.01.2022
Hajmi1,07 Mb.
#405169
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   239
Bog'liq
bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

 
 
 
 
 
 
 
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
10 
I-MAVZU. BOZOR IQTISODIYOTI SHAKLLANISHINING TARIXI 
  
1.1. Bozor tarixiga oid 
1.2. Amir Temur davlatining iqtisodiy siyosati va soliqlar tizimi 
1.3. O’zbekistonning bozor tarixi 
 
 
1.1. Bozor tarixiga oid 
 
G’arbga  nisbatan  Sharq  mamlakatlarida  taraqqiyot  ancha  oldin  boshlangan. 
Insonning iqtisodiyot sohasidagi faoliyati, bozor, savdo kabilar Osiyo xalqlari ichida 
juda  qadimgi  davlardayoq  boshlanib,  so’ngra  g’arbga,  Ovro’pa  xalqlariga  tarqala 
boshlagan. 
Sharq bozori, Markaziy Osiyo va O’zbekistondagi bozor o’zining qadimiyligi 
bilan bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, bu yerlarda qadim davrlardanoq 
inson  iqtisodiy  faoliyati  ancha  yuqori  darajada  ekanligini  ko’rsatadi.  Avvalo  shuni 
ta’kidlash  zarurki,  sharq  bozorida  maxsus  savdo  rastalari,  do’konlar,  omborlar, 
karvon  saroylar  kabilar  bo’lgan.  Shu  bilan  birga  savdogarlar  o’z vatanlaridan uzoq 
bo’lgan  bir  necha  bozorlarda  oldi-sotdi  ishlarida  qatnashishgan,  hatto  bir  necha 
mamlakatlar bozorlarida ishtirok etishgan. 
Bu 
albatta, 
qadim 
vaqtlardayoq 
hunarmanchilik, 
dehqonchilik 
rivojlanganligining  natijasidir.  Qadimgi  davr,  qulchilik  davrlardayoq  hozirgi 
O’zbekiston  hududi  bozorlarida  Misr,  Mesopotamiya,  Hindiston, 
Х
itoy  va  Yunon 
savdogarlari  o’z  mollarini  sotish  bilan  birga  ko’p  miqdorda  bu  yerlardan 
hunarmandlar, dehqonlar mahsulotlarini xarid qilar edilar. 
Turon  bozorida  «Ipak  yo’li»ning  ta’siri  katta  edi.  Bu  yo’l 
Х
itoydan  Janubiy 
Ovro’pagacha  cho’zilgan  bo’lib,  shu  yo’l  bo’yidagi  shahar  bozorlarini  o’z  ichiga 
olar,  ya’ni  asosan  shu  «Ipak  yo’li  o’tgan  joylardagi»  bozorlarga  ta’sir  etar  edi.  Bu 
bozor Foydalanilgan adabiyotlarqat 
Х
itoy mollari va Janubiy Ovro’pa mollari bilan 
chegaralanmay,  yo’l-yo’lakay  barcha  xalqlar  mollari  savdosini  ham  ta’minlar  edi. 
Albatta,  bunda 
Х
itoyning    ipak  mollari  va  chinnisi  katta  o’rin  egallar,  lekin  Turon 
hunarmand va dexqonchilik mollarining salmog’i ham oz emas edi. Bu mollar Uzoq 
Sharq va Ovro’pagacha olib borilib sotilar edi. Shu bilan birga «Ipak yo’li» o’tgan 
hududlar  uchun  noma’lum  bo’lgan  mahsulotlar  ishlab  chiqarilishining  bora-bora 
o’zlashtirilishda «Ipak yo’li»ning ta’siri katta bo’lgan. 
O’zbekiston  hududida  keyingi  bozor  taqdiri  Movaraunnahr  bilan  bog’liq 
bo’lgan.  Bunda  Amir  Temur  davri  o’z  ahamiyati  bilan  farqlanib  turadi.  Chunki,  u 
yirik markazlashgan davlat barpo etib, bozor uchun juda qulay sharoit yaratgan edi. 
O’zbekiston asosidagi davlat g’arbda Ovro’pagacha, Sharqda 
Х
itoy, Hindistongacha 
cho’zilgan bo’lib, bozor uchun keng masofa yaratildi. Bunda ichki bozorga nisbatan 
tashqi bozor kengroq rivojlandi. 
Shaharlar  ko’payib,  yirik-yirik    savdo  markazlari  paydo  bo’ldi.  Savdo  avji 
hunarmandchilik va xaridorgir mollar ishlab chiqarishni kengaytirdi. Bu vaqtga kelib 
Samarqand, Buxoro, Andijon, Namangan, Shahrisabz kabi jahon ahamiyatiga molik 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
11 
savdo markazlari yuzaga keldi. Movaraunnahr bozorlari Sharq va g’arb mamlakatlari 
savdogarlarini o’ziga jalb etdi. 
Katta shaharlar bozorida savdoning xususiyatlaridan biri shu ediki, hunarmand 
mollari  alohida  savdo  do’konlarida  emas,  balki  asosan  korxonaning  o’zida  sotilar 
edi.  Shunga  ko’ra  maxsus  hunarmandlar  mahallasi,  o’rami,  mavzelari  bo’lgan. 
Bularning  ayrimlarining  nomlari  hozirgacha  ham  saqlanib  kelmoqda.  Chunonchi, 
O’qchi,  Egarchi,  Misgarlik,  Kallaxona,  Chaqichmon  kabilar.  Bunday  mahallalar 
asosan shaharlar markazida bozorlarga yaqin joylashgan edi. 
To’quvchi  va  tikuvchiga  o’xshaganlarning  mahsulotlari  asosan  bozorlarda 
sotilib,  ular  sotiladigan  maxsus  bozorlar  mavjud  bo’lgan.  Masalan,  Samarqandning 
Registon maydonida XV-asrda qurilgan katta aylanma bino bo’lib, bu do’ppi bozori 
edi. Hozirgi vaqtda bu erda kutubxona joylashgan. 
Bundan tashqari savdogarlar ayrim mollarni sotishga ixtisoslashgan bo’lib, o’z 
nomiga  ega  edi.  Aytaylik,  allopun  va  bug’doy,  qassob-go’sht  sotuvchilar,  baqqol-
mayda  savdo  kabilar.  Bular  savdo  va  bozorning  qadimdan  ancha  yuqori  darajada 
ekanligidan dalolatdir.

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish