Umumiy kimyo O‘rta ta’lim muassasalarining 1-sinfi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari uchun darslik 1- nashri O‘zbekiston Respublikasi


Mavzuga doir masalalar va ularning yechimi



Download 8,1 Mb.
bet19/168
Sana24.01.2022
Hajmi8,1 Mb.
#407461
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   168
Bog'liq
11-sinf kimyo darslik 2018 o\'zbek

Mavzuga doir masalalar va ularning yechimi

1- mаsаlа.Vоdоrоdning 3 хil izоtоpi (1H;2D;3T) vа kislоrоdning 17O vа 18O li izоtоpidаn nechа хil suv mоlekulаsi hоsil bolаdi?

Yechish: Hоsil bo‘lgаn suv mоlekulаlаri sоnini аniqlаsh uchun quyidа- gi jаdvаl tuzib оlinаdi:




HH

DD

TT

HD

HT

DT

17O

HH17O

DD17O

TT17O

HD17O

HT17O

DT17O

18O

HH18O

DD18O

TT18O

HD18O

HT18O

DT18O

Jаvоb: 12 хil suv mоlekulаsi hоsil bo‘lаdi.

2-mаsаlа. 51Cr-izotopi yadrosidagi zaryadsiz nuklonlar jami elemen- tar zarrachalari soni yig‘indisining necha foizini tashkil etadi? А) 40; B) 36; C) 55,65; D) 34.

Yechish. Dastlab p + n + e dan foydalanib 51Cr-izotopi yadrosidagi jami elementar zarrachalari yig‘indisi hisoblanadi. Xrom 51Cr-izotopi yadrosida 24 ta elektron, 24 ta proton va 27 ta neytron mavjud bo‘lsa, p + n + e = 24+24+27=78 ga teng bo‘ladi.

78 ta elementar zarracha ____________ 100 % ni tashkil etsa, 27 ta zaryadsiz neytron ____________ x % ni tashkil etadi.



Javobi: 34 ,615.%

3-mаsаlа. Izotop yadrosi 82 ta neytron va 40,58 % protondan iborat.

Izotopning nisbiy atom massasini toping. A) 206; B) 136; C) 138; D) 135.

Yechish: Atomdagi proton va neytronlar 100 foizni tashkil etadi.

p % + n % = 100 %

n% = 100 % — p% = 100 – 40,58 = 59,42 %

Izotop yadrosida 82 ta neytron borligi masala shartidan ma’lum, shundan foydalanib, izotop yadrosidagi protonlar sonini aniqlab olamiz. Izotop yadrosining 40,58 % ini proton tashkil etsa, 59,42 % ini esa neytron tashkil etadi.

40 ,58 % proton..........................59,42 % neytron

x ta proton....................................82 ta neytron

Izotop yadrosida 56 ta proton borligi ma’lum bo‘lsa, uning nisbiy atom massasi quyidagi formula bilan aniqlanadi: Ar = p + n = 56 + 82 = 138



Javob:138.

4-mаsаlа. Izotop yadrosining tarkibidagi elementar zarrachalar umumiy yig‘indisi (p + n + e) ga nisbatan 30,6 % ini proton tashkil etsa, izotopning nisbiy atom massasini aniqlang. (Izotop yadrosida 33 ta neytron bor deb hi soblang.)

Yechish. Neytral atomda proton soni elektron soniga teng bo‘ladi. Izotop yadrosining 30,6 % ini proton tashkil etsa, 30,6 % ini elektron tashkil etadi. Agar p + n + e– = 100 % bo‘lsa, unda n = 100 – (p + e–) bo‘ladi. n = 100 – (30,6 + 30,6) = 38,8 %, demak, izotop yadrosining 38,8 % ini neytron tashkil etadi. 30,6 % p ..............................38,8 % n

x ta p .............................. 33 n

Izotopning nisbiy atom massasi: Ar = p + n = 26 + 33 = 59 ga teng.



Mavzuga doir masalalar:

1. Izoelektronlar berilgan qatorni toping. 1)Ca2+ ; 2) Na+ ; 3) K+ ; 4) Cl- ;

5) P3- ; 6) Ne;

A) 1; 2 B) 2; 5 C) 3; 6 D) 1; 4.



  1. Izotonlar berilgan qatorni toping. 1) Ca; 2) Ar; 3) 40K; 4) 37Cl; 5) 42Ca; 6) Cl; A) 1;3 B) 2;5 C) 3;6 D) 4; 6.

  2. Izobarlar berilgan qatorni toping. 1) Ca; 2) Ar; 3) 40K; 4) Cl-; 5) 42Ca; 6) Cl; A) 1;5 B) 4;6 C) 1;2;3; D) 1; 2.

  3. Izotoplar berilgan qatorni toping. 1) Ca; 2) Ar; 3) 40K; 4) Cl-; 5) 42Ca; 6) Cl; A) 4; 6 B) 2; 3 C) 3; 6 D) 1; 5.

  4. Fe-izotopi yadrosidagi zaryadsiz nuklonlar jami elementar zarrachalari soni yig‘indisining necha foizini tashkil etadi? А) 47,3; B) 32,1; C) 52,7; D) 35,8.

  5. Cu-izotopi yadrosidagi zaryadsiz nuklonlar jami elementar zarrachalari soni yig‘indisining necha foizini tashkil etadi? А) 36,9; B) 31,5; C) 46,0; D) 53,9.

  6. Izotop yadrosi 74 ta neytron va 41,73 % protondan iborat. Izotopning nisbiy atom massasini toping. A) 137; B) 127; C) 131; D) 119.

  7. Izotop yadrosi 81 ta neytron va 40,87 % protondan iborat. Izotopning nisbiy atom massasini toping. A) 137; B) 127; C) 131; D) 119.

Download 8,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish