So’nggi paytlarda jahon hamjamiyatida spirtli ichimliklar iste’molini
kamaytirish bo’yicha turli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mazkur tadbirlar asosan
spirtli ichimliklarga aksiz solig’ini joriy etish yoki spirtli ichimliklarga aksiz
solig’ini joriy etish yoki spirtli ichimliklar iste’molining salbiy oqibatlari to’g’risida
keng ommani xabardor etish orqali amalga oshiriladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib quyidagi savollarga javob bering:
1.
Narxni oshirish spirtli ichimliklar sanoatiga va iste’moliga qay darajada
ta’sir ko’rsatadi? Javobingizni talab egri chizig’i yordamida tushuntiring. Aksiz
solig’i ushbu grafikka qanday ta’sir ko’rsatadi?
2.
Agar targ’ibot ishlari samara berib iste’mol miqdori kamaysa, talab egri
chizig’ida qanday o’zgarishlar yuz beradi?
3.
Spirtli ichimliklar narxning ko’tarilishi o’rinbosar va o’zaro
to’ldiruvchi tovarlar talab miqdoriga qanday ta’sir ko’rsatadi? Aniq misollar bilan
tushuntiring.
4.
O’zbekistonda spirtli ichimliklar iste’molini kamaytirish uchun qanday
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda?
5.
Agar spirtli ichimliklar elastikligi 0.4 ni tashkil etsa, aksiz solig’ini
ko’tarish naf beradimi?
Javob
Bilamizki, alkagol mahsulotlari sog’liq uchun zararli. Ammo ularni ishlab
chiqarish va sotish har doim yuqori daromadli ish bo’lgan. Bu mahsulotlarni inson
sog’lig’i uchun zararli ekanligini hammamiz yaxshi bilamiz. Ammo bu
mahsulotlarni ommaviy tarzda ishlab chiqarish hali ham davom etmoqda. Ammo
ushbu ishlab chiqarishda mamlakatlarning o’zi ham ma’lum bir huquq normalari
bilan ruxsat bergan. Ushbu qarorlaridan biri ham yurtimiz hayotida 1996-yil 1-
oktabrda qabul qilingan. Agar alkagol orqali o’lim soni va statistikasiga nazar
tashlaydigan bo’lsak misol tariqasida rus millatini oladigan bo’lsak ular alkagol
ichishadi va juda ko’p miqdorda. Mavjud ko’rsatkichlarga ko’ra Rossiya
Federatsiyasida o’rtacha alkagolli mahsulotlarni suiiste’mol qilish fondida o’lim har
100500 kishiga 75-8500 orasida. Ya’ni Rossiyada qancha alkagolist borligini
hisobga olsak, har yili 1400 Rossiya fuqarosi spirtli ichimliklar ichish oqibatida
vafot etadi.Yurtimiz misolida ushbu natijalarni ham ko’rishimiz mumkin . 2019-yil
statistikasiga ko’ra umumiy o’lganlarning 4.4 % i alkagol va spirtli ichimliklar
hamda tamaki mahsulotlari orqali yuzaga kelmoqda hududlar kesimida bu Toshkent,
Farg’ona va Samarqand viloyatlarida boshqa viloyatlarga nisbatan yuqori turadi .
1.
Spirtli ichimliklar savdosida ham aksiz solig’ini joriy etish maqsadga
muvofiq bo’ldi . Har bir ishlab chiqarilgan alkagol mahsulotlari uchun ushbu ishlab
chiqaruvchi korxona ishlab chiqarilgan tovar birliklari uchun davlatga soliq to’laydi
. O’z navbatida bundan davlat byudjetiga ma’lum miqdorda tushum bo’ladi . Spirtli
mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxona ushbu mahsulot ishlab chiqarish orqali
mamlakat iqtisodiyotiga ma’lum miqdorda o’z hissasini qo’shadi . Shu bilan birga
aholi salomatlik darajasini yetarli darajada pasayishiga ta’sirini o’tqazmoqda . 1996
– yil 1- oktabrdagi qarorga asosan alkagol mahsulotlarning 1 litri uchun eng past
narx 34 ming so’m miqdorda belgilandi .Agar iste’mol tovarlarining narxi ko’tarilsa
bunga nisbatan bo’ladigan talabning pasayishiga olib keladi, misol tariqasida
oladigan bo’lsak , alkagol mahsulotlarini sotuvchi do’konlar aytaylik mahsulot narxi
har bir litr uchun 34 ming bo’lgan vaqtda yuz shisha oladigan bo’lsa spirtli
ichimliklarni narxi 40 mingga ko’tarilsa , bu narxning ko’tarilishi oqibatida
savdogarlar ishlab chiqaruvchi korxonadan oladigan mahsulotlarning miqdorini
kamayishiga olib keladi . Endi ushbu savdogar 100 shisha emas balki 80 shisha
bilan kifoyalanadigan bo’ldi. Chunki narx ko’tarilishi natijasida alkagol
mahsulotlarini iste’mol qiluvchi shaxs haftasiga 2 shisha emas balki 1 shisha bilan
kifoyalanadigan bo’ldi . Bunday ko’rsatkich albatta spirtli ichimliklar ishlab
chiqaruvchi korxonaning ishlab chiqarish miqdorlari suratiga salbiy ta’sir
ko’rsatadi. Buni quyidagi talab egri chizig’ida ko’rishimiz mumkin:
“
Aksiz
(frans. accise – qirqib olmoq) – keng iste’mol tovarlari, eng muhim xom
ashyolarga, shuningdek xizmatlar uchun davlat tomonidan solinadigan qo‘shimcha
soliq turi. Muayyan tovar (muhim iste’mol tovarlari: qand, gugurt, tuz, tamaki,
spirtli ichimliklar, shuningdek avtomobillar, muzlatgichlar, mo‘yna mahsulotlari
billur va hokazo)lar narxiga, ko‘rsatilgan xizmat (kommu-nal, transport va
boshqalar) haqiga qo‘shimcha ustama soliq sifatida qo‘shiladi va uni to‘lovchilar
bevosita xaridorlar hisoblanadi.”
1
Aksiz solig’i stavkasi soliq kodeksida belgilangan.
Misol tariqasida oladigan bo’lsak bir dal (10 litr) uchun 125.100 so’m xulosa qilib
aytish mumkinki bir litr konyak va shu kabi alkagol mahsulotlari uchun 12.510 so’m
miqdorda belgilangan.
1
https://uz.wikipedia.org/wiki/Aksiz
0
10000
20000
30000
40000
50000
60000
0
20
40
60
80
100
120
Aroq(1 litr) narxi keskin oshganda talab egri
chizig'i(aksiz solig'i qo'shilmagan)
Ko’rib turganimizdek aksiz solig’i qo’shilganda eng yuqori talab 80 eng past
talab 20 bo’ldi. Aksiz qo’shilmasdan oldin talab 100 va 60 orasida edi.
2.Agarda ko’rilgan targ’ibot choralari foyda berib spirtli ichimliklarni iste’mol
qilish kamaygan taqdirda ham ularning narxi keskin tushib ketmaydi.Sababi 1 litr
tayyor mahsulot uchun minimal ulgurji-savdo va chakana narxlar quyidagicha
belgilangan:
• vino, 1 litr tayyor mahsulot uchun chakana narx — 11 200 va 13 200 so‘m
(avval 9400 va 11 200 so‘m edi);
• konyak, 1 litr tayyor mahsulot uchun chakana narx — 41 000 va 49 400 so‘m
(avval 33 000 va 39 000 so‘m edi);
• aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar, 1 litr tayyor mahsulot uchun chakana
narx — 28 600 va 34 400 so‘m (avval 24 000 va 28 500 so‘m edi).
Bundan shunday fikrga kelish mumkin ishlab chiqaruvchilar bo’layotgan
ehtiyoj (talabga) qarab mahsulot ishlab chiqarishadi.Bunda ishlab chiqaruvchi
korxonalar ilgariga nisbatan ko’p mahsulot ishlab chiqarib uni sota olishmaydi.
Sababi ko’rilgan chora tadbirlar natijasida iste’molchilarning aroq mahsulotini
iste’moli kamaygani bilan izohlanadi.Ammo bu degani ishlab chiqaruvchilar zarar
ko’radi degani emas.Ma’lum ehtiyojga qarab ishlab chiqarilgan mahsulot
korxonadan chiqib ketadi yoki sotuv do’konlari o’zlari sotib olishadi va mahsulotni
ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar qoplanadi va sotilgan mahsulotning
0
10000
20000
30000
40000
50000
60000
70000
0
10
20
30
40
50
60
70
80
90
Aroq(1 litr) narxi keskin oshganda talab egri
chizig'i(aksiz solig'i qo'shilmagan)
miqdoriga qarab ma’lum miqdorda daromad ham ko’radi. Ammo daromadi
avvalgidek bo’lmaydi.
Tashviqot ishlari kutilgan natijani berishi orqali talab egri chizig’i o’ngga
qarab siljiydi.
3. Agar xaridorlarning arzon tovarlarga nisbatan xarid qilish moyilligi
yuqoriligini hisobga olsak spirtli ichimliklar narxi ko’tarilsa uning o’rinbosar
tovarlariga nisbatan talab kuchayadi. Misol tariqasida oladigan bo’lsak do’konda
bir litr aroq bir oy oldin 20 ming so’m edi va shu vaqtda bir haftada o’rtacha yuzta
sotilar edi. Endi xuddi shu vaqtda bir quti tamaki mahsuloti 15 ming so’m edi va bir
haftada o’rtacha yetmish quti sotilar edi. Hozirgi kunga kelib aroq narxining 30 ming
so’m bo’lganligini hisobga olganda bir haftada sotiladigan o’rtacha aroq soni 60
donani tashkil etadi. Tamaki mahsulotlari esa 70 donadan 170 qutiga ko’tarilib
ketdi. Bundan ko’rinib turibdiki alkagol mahsulotlarining narxi ko’tarilsa bir
haftalik o’rtacha sotilish miqdori o’z-o’zidan kamayadi. Buning natijasi o’laroq
alkagol mahsulotlarining o’rnini bosuvchi tamaki mahsulotlarining sotilish miqdori
o’z-o’zidan ko’payishini guvohi bo’lamiz.
4. O’zbekiston respublikasida bugungi kunga kelib alkagol mahsulotlarini
cheklash bo’yicha bir qator chora tadbirlar o’tkazilmoqda va bu sohaga oid bir
nechta qonun loyihalari ishlab chiqilgan. Jumladan:
0
5000
10000
15000
20000
25000
30000
0
100
200
300
400
500
600
700
Значения Y
ALKOGOL VA TAMAKI MAHSULOTLARINING TARQATILISHI HAMDA ISTE’MOL QILINISHINI
CHEKLASH TO‘G‘RISIDA.
Ushbu Qonunning maqsadi alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi
hamda iste’mol qilinishini cheklash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan
iborat.
Ushbu Qonun fuqarolarning sog‘lig‘ini, avvalo, yigirma yoshga to‘lmagan
shaxslarning sog‘lig‘ini alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishning zararli
ta’siridan, shu bilan bog‘liq ijtimoiy va boshqa salbiy oqibatlardan himoya qilishga,
shuningdek jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda qaror toptirishning
tashkiliy va huquqiy shart-sharoitlarini yaratishga qaratilgandir.
2
Ushbu qonun loyihasining 4-moddasida davlatning va tegishli davlat organlarining
alkagol mahsulotlariga qarshi kurashishi bo’yicha vazifalari quyidagicha
belgilangan:
fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash, alkogol, tamaki mahsulotlarining zararli ta’siridan
himoya qilishga qaratilgan huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy hamda boshqa chora-tadbirlar
majmuini amalga oshirish;
fuqarolarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga, aholi, avvalo, yoshlar
o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga, ularning sog‘lig‘iga alkogol va
tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish bilan bog‘liq tahdidlarning oldini olish hamda
bunday tahdidlarni kamaytirishga qaratilgan profilaktika, ma’rifiy faoliyatni tashkil
etish va amalga oshirish;
alkogol va tamaki mahsulotlarining ishlab chiqarilishi hamda realizatsiya
qilinishi sohasidagi davlat nazoratini ta’minlash, shuningdek bunday mahsulotlarning
tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklashga, ularning salbiy ta’siri
profilaktikasiga, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga qaratilgan davlat
dasturlarini amalga oshirish;
alkogol va tamakiga qaram bo‘lib qolgan shaxslarga tibbiy-sanitariya yordami
ko‘rsatishning samarali tizimini yaratish;
alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishning salbiy ta’siri
profilaktikasi, shuningdek alkogol va tamakiga qaramlik diagnostikasi hamda uni
davolash sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish;
sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda hamda alkogol va tamaki
mahsulotlarining tarqatilishi va iste’mol qilinishini cheklash va ularning salbiy ta’siri
profilaktikasi sohasidagi davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan profilaktika,
ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirishda ommaviy axborot vositalarining, nodavlat
notijorat tashkilotlarining keng ishtirok etishi uchun tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar
yaratish.
2
https://lex.uz/docs/-1880029
Ushbu qonun loyihasi hozirgi kunda samarali faoliyat yuritmoqda va alkagol
mahsulotlarining iste’mol miqdori sezilarli darajada kamayganini ko’rishimiz
mumkin.
5.
Elastiklik - bu iqtisodiyotda bir narsa o'zgargan qiymatga ega bo'lgan boshqa
o'zgaruvchiga javoban ma'lum bir muhitda o'zgarishini tavsiflash uchun juda ko'p
ishlatiladigan atama. Masalan, ishlab chiqaruvchiga javoban har oyda sotilgan
ma'lum bir mahsulot miqdori mahsulot narxini o'zgartiradi. Talab elastikligi ikkiga
bo’linadi elastik talab va noelastik talab. Noelastik tovarda narx o’zgarsa ham talab
o’zgarmay qoladi. Masalan noelastik tovarga insulinni misol qilib olish mumkin.
Qandli diabet kasalligiga chalingan inson uchun insulin juda zarur bo’lib, narx
o’zgarsa ham insulinga bo’lgan talab o’zgarmaydi va narx arzonlashsa ham talab
o’zgarmaydi. Talabni elastikligi yoki noelastikligini aniqlashda uning elastiklik
koeffisientiga qaraladi. Bunda elastiklik koeffitsiyenti birdan kichik bo’lsa talab
noelastiklik bo’ladi. 1 dan katta bo’lsa elastik hisoblanadi. Bizga berilgan savolda
esa alkagol mahsulotlarining koefsienti 0.4 etib belgilangan. Bundan ko’rinib
turibdiki spirtli ichimliklar noelastik Tovar hisoblanadi. Bunda aksiz solig’ini
oshirish naf bermaydi.
Xulosa, o’rnida shuni aytish mumkinki alkagol mahsulotlarini cheklashga doir
yurtimizda amalga oshirilayotgan amaliy tadbirlar o’z samarasini bermoqda.
Xususan alkagol mahsulotini iste’molchilari ongida ularning zararli va inson
tanasiga beradigan salbiy oqibatlari televideniya orqali ham amalga oshirilmoqda.
Eng yomon jihati menimcha alkagol va shunga o’xshash moddalarni iste’moli
bepushtlik , rak va yana bir qator davosiz kasalliklarni yuzaga keltiruvchi omil
bo’lmoqda. Shuningdek ularga joriy etilgan aksiz solig’i ham o’z vazifasini to’liq
oqladi deb o’ylayman. Shuningdek alkagol va tamaki mahsulotlarining qadog’ida
yozilayotgan ularning qanday oqibatlarga olib kelishi haqidagi ma’lumotlar ham
ayrim iste’molchilar orasida ularning kamayishiga sabab bo’layotgani ham ulkan
qadam bo’ldi deb hisoblayman .
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Iqtisodiyot nazariyasi darslik. A.O’lmasov, A.Vahobov. O’zbekiston Respublikasi
Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.-T.:
“Iqtisod-Moliya”, 2014.
2.
www.edu. Uz
3.
www.google.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |