Umumiy fizika kursidan masalalar to’plami



Download 3,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/74
Sana17.07.2022
Hajmi3,48 Mb.
#811664
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   74
Bog'liq
fayl 1029 20210520

Suyuqliklar xossasi 
387.
Qaynab turgan idishdagi suvda suzib yurgan suvli idish ichidagi suv 
qaynaydimi? 
388.
Suvni qizdirmasdan qanday qilib qaynatish mumkin? Suvni qanday qilib 
qaynatish orqali muzlatish mumkin? 
389.
Qoʻrgʻoshin suvda erishi mumkinmi? 
390.
Stakandagi suv 0°C gacha sovutilsa, muzlaydi. Nima uchun kichik suv 
tomchilari toʻplamidan iborat ba’zi bulutlarda suv pastroq temperaturalarda 
(masalan, -5°C da) ham muzlamaydi? 
391.
Juda yupqa devorli kapillyar naycha richagli tarozining pallasiga osildi. 
Tarozi muvozanatlandi. Naycha ostiga suvli idish qoʻyildi, bunda naycha suv 
sirtiga tegib turadi. Muvozanatni tiklash uchun ikkinchi pallaga 
m=0,14 g
massali yuk qoʻyildi. Kapillyarning radiusini aniqlang. 
392.
Berk boʻlmagan yengil qattiq ramka suv sirtida suzmoqda (rasmga qarang). 
Agar ramka ichiga sovun aralashmasidan tomchilansa, ramkaga qanday kuch, 
qanday yoʻnalishda ta’sir qiladi? Suvning sirt taranglik koeffitsiyenti σ
1

sovun eritmasiki esa σ
2
, bunda σ
2

1

393.
Haqiqatdan ham gʻalvirda suv tashish mumkinmi? Mayli, gʻalvirning 
ingichka iplari bir-biridan 
d=1,0 mm
masofada tortilgan boʻlsin. Agar 
gʻalvirning radiusi 
r=10 cm
boʻlsa, unda qancha suv tashish mumkin? 
392-masalaga.
397-masalaga.
394.
Tomonlari 
a
va 
b
boʻlgan simli toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi ramkaning 
massasi 
m
boʻlib, u hamma tomoni bilan suv sirtiga tegib turadi. Ramkani suv 
sirtidan ajratib olish uchun vertikal qanday kuch qoʻyish kerak? Ramka suv 
tomonidan hoʻllanadi. 
395.
Gazlamadagi yogʻ dogʻini ketkazish uchun uning ostiga qogʻoz varagʻi 
qoʻyilib, ustidan dazmollanadi. Nimaga bunda yogʻ gazlamaga yopish-
masdan qogʻozga yopishadi? 
396.
Changʻichilar poyafzalini moylashda moy unga yaxshiroq singishi uchun 
poyafzalni qizdirishadi. Poyafzalni qanday qizdirish lozim – tashqaridanmi 
yoki ichkaridan? 


64 
397.
Radiusi 
r
va balandligi 
h
boʻlgan kapillyar nay unga nisbatan kengroq va 
balandroq nay bilan tutashtirildi (rasmga qarang). Keng nay bir xil vaqt 
oraligʻi bilan tushuvchi suv tomchilari bilan asta-sekin toʻldirilmoqda. 
Suvning ikkala naydagi balandligining vaqt boʻyicha oʻzgarishini va bu 
balandliklar farqining oʻzgarish grafigini chizing. 
398.
Ikki uchi ochiq 
r=1,0 mm
radiusli uzun kapillyar naycha vertikal joylash-
tirildi. Naychadagi mumkin boʻlgan eng katta uzunlikdagi suv ustunining 
h
balandligini aniqlang. 
399.
Hoʻllaydigan suv sirtida 
m=20 g
massali kub suzmoqda. Kubning qirrasi 
a=3,0 cm
. Kubning pastki qirrasi suv sirtidan qanday masofada joylashadi? 
400.
Suv sirtida suv hoʻllaydigan moddadan yasalgan ikkita bir xil 
a=1,0 cm
qirrali kublar suzmoqda. Ulardan biriga parafin surtildi. Kublardan biri 
ikkinchisidan qancha balandroq suzadi? Va qaysi kub bu? 
401.
Parafin surtilgan alyuminiy sharchaning radiusi qanday boʻlganda, u suvda 
yarmi botgan holda suzadi? 
402.
Shiftda osilib tura olishi mumkin boʻlgan suv tomchisining eng katta 
oʻlchamini aniqlang. 
403.
Suyuqlikning R radiusli silindrik sirti ostidagi qoʻshimcha bosim σ/R, sferik 
sirti ostidagi bosim esa 2σ/R ga teng boʻlishini isbotlang. 
404.
U-simon kapillyar shisha naycha tirsaklarining radiuslari 
r
1
=1,0 mm
va 
r
2
=2,0 mm
. Naychaga simob quyildi. Ikkala tirsakdagi simob sathlari 
tenglashishi uchun qaysi tirsagiga vakuumli nasos ulash kerak va u naylarda 
qancha havo bosimi farqini vujudga keltirishi kerak? Simob shishani 
hoʻllamaydi. 
405.
Gorizontal joylashgan konik kapillyar naychadagi hoʻllaydigan suyuqlik 
tomchisi 
qaysi 
tomonga 
harakatlanadi? 
Hoʻllamaydigan 
suyuqlik 
tomchisichi? 
406.
Uchlari ochiq ikkita uzun kapillyarlar vertikal joylashgan boʻlib, ulardagi suv 
ustuni uzunliklari 2,0 va 4,0 cm. Agar kapillyarlarning ichki diametri 
d=1,0 
mm
boʻlsa, har bir kapillyardagi pastki meniskning egrilik radiuslarini 
aniqlang. 
407.
Radiusi 
r=0,50 mm
boʻlgan kapillyar shisha naychaning uchi suvga 
h=2,0 cm
chuqurlikka botirildi. Naychaning pastki uchi orqali havo pufakchasi chiqishi 
uchun naychada qanday 
Δp
qoʻshimcha bosim hosil qilish kerak? 
408.
Abadiy dvigatel loyihasi: suv hoʻllaydigan egilgan ingichka naycha keng 
idishdagi suvga qoʻyiladi (rasmga qarang). Suv naycha orqali koʻtariladi va 
idishga qayta tushadi. Naychadan tushayotgan tomchilar foydali ish bajarishi 
mumkin. Bu loyihaning kamchiligi nimada? 


65 
409.
Ichki diametri 
d=0,50 mm
boʻlgan kapillyar shisha naycha suvga vertikal 
botirildi. Naychaning yuqori uchi suv sirtidan 
h=2,0 cm
chiqib turadi. Menisk 
qanday shaklga ega? 
410.
Sovun pufagining radiusi 
R
ga teng. Pufak ichidagi havo bosimini aniqlang. 
Pufak sirtidagi havo bosimi 
p
0
, sovun pardasining sirt taranglik
koeffitsiyenti 
σ

411.
Oʻlchamlari 1 m x 1 m boʻlgan bir-biri bilan suv orqali yopishib turgan ikki 
yassi koʻzgularni biri-biridan ajratish uchun kerak boʻlgan kuchni baholang. 
Koʻzgular orasidagi oʻrtacha masofa 
d=0,2 mm
. Koʻzgularni ajratishni 
qanday yengillashtirish mumkin? 
412.
Gorizontal tekislikda yotgan toʻrtta simob sharchalari ustiga ehtiyotkorlik 
bilan kvadrat plastina qoʻyildi. Rasmda uning yuqoridan koʻrinishi keltirilgan. 
Sharchalar radiusi 
r
0
=1 mm
, plastinkaning massasi 
m=80 g
. Hoʻllanish yoʻq. 
Plastinka va tekislik orasidagi masofani aniqlang. 
413.
Uchta idishga bir xil sathda qaynoq suv quyildi (rasmga qarang). Suv 
sovutilsa, idish tubiga bosim qanday oʻzgaradi? 
408-masalaga.
412-masalaga.
413-masalaga.

Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish