Umumiy astronomiya


Spektroskopik qo‘shaloqlaryu



Download 23,71 Mb.
bet143/175
Sana24.01.2022
Hajmi23,71 Mb.
#407632
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   175
Bog'liq
UMK Umumiy astronomiya Fizika

Spektroskopik qo‘shaloqlaryu Spektroskopik qo‘shaloq yulduzlar (6.15 rasm) xatto eng kuchli teleskoplarda ham kuzatilganda yakka yulduzlardek ko‘rinadilar, ammo ularning spektrlari muntazam davriy o‘zgarishlarga egadir. Dastlabki spektral qo‘shaloq 1880 yilda topilgandi, unda ζ UMa yoki Mitsar yulduzining spektral chiziqlari teng vaqtlar oralig‘ida ikkitaga parchalanib turishi aniqlandi.

Spektral chiziqdagi Doplercha siljish radial tezligiga to‘g‘ri proporsional. Shunday qilib, spektral chiziqlarning eng kuchli ajralishi komponentalardan biri kuzatuvchiga yaqinlashayotganga, ikkinchisi esa, uzoqlashayotganga mos keladi.

Spektral chiziqlardagi o‘zgarish davri yulduzlarning orbital davrining o‘zginasidir. Afsuski, orbitaning fazodagi vaziyatini aniqlaydigan umumiy usuli yo‘q. Kuzatilayotgan tezlik v haqiqiy tezlik v0 bilan

v = v0 sin i (6.45)

munosabatda bog‘langan, bu erda i – ko‘rish nuri bilan orbita tekisligi orasidagi burchak.





6.15 rasm. Spektral qo‘shaloq k Ari yulduzining spektri. Yuqoridagi spektrda spektral chiziqlar yakka-yakka, quyidagisida ikkilangan. (Lik observatoriyasi).

Komponentalari massalar markazi atrofida doiraviy orbita bo‘ylab harakatlanayotgan qo‘shaloqni olib ko‘raylik. Orbita radiuslari a1 va a2 bo‘lsin. Massalar markazi ta’rifidan m1a1 = m2a2, bunda a = a1 + a2 deb yozamiz va undan

. (6.46)

kelib chiqadi. Haqiqiy orbital tezligi



,

bu erda P – orbital davrdir. (9.3) ga binoan kuzatilayotgan orbital tezlik



bo‘ladi. (6.47)

Bunga (9.4) ni olib qo‘yamiz va



ni qo‘lga kiritamiz. Keplerning uchinchi qonunidan foydalanib, massalar funksiyasi tenglamasini olamiz:



. (6.48)

Agar spektroskopik qo‘shaloqda komponentalaridan biri spektral chiziqlari kuzatilmaydigan darajada zaif bo‘lsa, faqat P va v1 topiladi. Unda (6.48) tenglamada massalar funksiyasi sifatida faqat chap tomondagi xad qoladi. U holda komponentalarining massalari hamda umumiy massa aniqlanmaydi. Agar ikkala komponentalarning spektral chiziqlari kuzatilsa, v2 ham aniq bo‘ladi. Unda (6.47) dan quyidagi topiladi: , undan tashqari, massalar markazi aniqlanishi ni beradi.

Uni (6.48) ga olib qo‘yib, mos ravishda m2 sin3i hamda m1 sin3i lari aniqlanishi mumkin. Bunda orbitaning qiyaligi ma’lum bo‘lsa ham, haqiqiy massalarini aniqlab bo‘lmaydi.

(6.47) dan qo‘shaloqning orbita o‘lchami yoki katta yarimo‘qi a topilishi mumkin, aniqligi esa, sini ning ko‘paytiruvchisiga bog‘liq bo‘ladi. Umumiy holda qo‘shaloq yulduzlarning orbitalari doiraviy emas, oqibatda yuqoridagi ifodalarini shu ko‘rinishlari bo‘yicha qo‘llab bo‘lmaydi. Ekssentrik orbitada ekssentrisiteti ortgan sari tezlikning shakli oddiy sinusoidadan shunchalik farqlanib boradi. Tezlikning o‘zgarish shaklidan ekssentrisitet hamda periastr uzunlamasi aniqlanishi mumkin. Ularni bilgan holda massalar funksiyasi yoki aloxida komponentalarning massalari sin3i ning ko‘paytiruvchisi aniqligi darajasida qayta topilishi mumkin.

Yaqin tevarakdagi yulduzlarning spektrlarini aniq tadqiqotlaridan o‘lchami sayyoralardek bo‘lgan bir nechta yo‘ldosh topildi. 1995 – 2002 yillarda massalari 0,1 dan 13 gacha Yupiter massalari oralig‘ida bo‘lgan yuztaga yaqin ekzosayyoralar kuzatildi.


Download 23,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish