Umumiy astronomiya


§ 6.8. Qo‘shaloq yulduzlar



Download 23,71 Mb.
bet141/175
Sana24.01.2022
Hajmi23,71 Mb.
#407632
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   175
Bog'liq
UMK Umumiy astronomiya Fizika

§ 6.8. Qo‘shaloq yulduzlar

Ko‘p holda osmondagi ikkita yulduz biri biriga yaqin joylashgan bo‘lib ko‘rinadi, aslida ularni juda katta masofalar ajratib turadi. Bunday tasodifiy juftliklar optik qo‘shaloq yulduzlar deb nomlanadi. Shunday bo‘lsada, ko‘pgina yaqin joylashgan yulduziy juftliklar bir xil masofada joylashgan bo‘lib, fizik juftlikni tashkil etadilar, bunda ikkala yulduz bir-birining atrofida aylanadilar. Barcha yulduzlarning deyarli yarimi Quyosh kabi yakka yulduzlardir, 50% dan ziyod yulduzlar ikkita va undan ko‘proq a’zolarga ega yulduzli sistemalarga taalluqlidir. Umumiy holda ko‘pchilik sistemalar ierarxik tuzilishga ega: uch karrali sistemalarda bitta yulduz qo‘shaloq yulduz atrofida, to‘rt karrali sistemalarda ikkita qo‘shaloq juftlik biri birining atrofida aylanadilar. Shunday qilib, ko‘p hollarda murakkab sistemalarni bir nechta pog‘onalarga ega juftliklar deb ko‘rsatish mumkin.

Qo‘shaloq yulduzlar ularni kuzatish usuli asosida sinflashtiriladi. Vizual juftliklarni ikkita yakka komponenta deb qabul qilish mumkin, bunda yulduzlar orasidagi masofa 0,1 burchak sekunddan kichik bo‘lmog‘i lozim. Komponentalarning o‘zaro joylashuvi ko‘p yillar davomida o‘zgarib boradi, chunki ular o‘zlarining orbitalari bo‘ylab harakatlanadilar (6.11 rasm). Astrometrik qo‘shaloqlarda faqat bitta yulduz ko‘rinadi, ammo undagi xususiy harakatining o‘zgaruvchanligi ko‘zga ko‘rinmas ikkinchi komponenta mavjudligidan dalolat beradi. Spektroskopik ko‘shaloq yulduzlar ularning spektrlari asosida topiladi. Bunda spektral chiziqlarning ikkita to‘plami yoki ana shu chiziqlar orasida davriy ravishda dopplercha siljish kuzatiladi, bu ham ko‘rinmas yo‘ldoshga ishora qiladi. Qo‘shaloqlarning to‘rtinchi sinfi fotometrik qo‘shaloq yoki tutuluvchan o‘zgaruvchan yulduzlardir. Bu sistemalarda juftlikning komponentalari muntazam biri-birini to‘sib o‘tadilar, oqibatda ularning umumiy yulduziy kattaliklari o‘zgarib turadi.

Qo‘shaloq yulduzlar, shuningdek, o‘zaro ta’sirlashuvlariga binoan ham sinflashtirilishlari mumkin. Keng juftliklarning komponentalari orasidagi masofa bir necha o‘n va bir necha yuz astronomik birliklar bo‘lib, ularning orbital davrlari bir necha o‘n yildan bir necha ming yilgacha tashkil etishi mumkin. Tig‘iz qo‘shaloq sistemalarda yulduzlar orasidagi masofa bir astronomik birlikdan yulduz radiusigacha teng bo‘lishi mumkin. Ularda orbital davr bir necha soatdan bir necha yilgacha bo‘ladi. Kontaktli qo‘shaloqlarda komponentalari shunchalik yaqinki, ular biri-biriga tegib turadi.

Qo‘shaloq sistemalardagi yulduzlar sistemaning massalar markazi atrofida harakatlanish orbitasi ham ellips ekanligi isbotlangan, va kuzatuvlarni sharhlaganda ko‘pincha komponentalarning biri qo‘zg‘almas, ikkinchisi esa, uning atrofida aylanadi deb olinadi.



6.11 rasm. Uzoq kuzatuvlar mobaynida vizual qo‘shaloqlarni kuzatib, komponentalari biri biriga nisbatan vaziyatlarini o‘zgartirishlarini payqash mumkin. Kryuger 60 yulduzining tasviri. ( Yerks observatoriyasi)




6.12 rasm. 1830 yilda ilk bor ξ Katta Ayiq qo‘shaloq yulduzining orbitasi kuzatuvlardan aniqlangan.
Vizual qo‘shaloqlar. Vizual qo‘shaloqni olib ko‘raylik, bunda bosh komponenta qo‘zg‘almas, yo‘ldoshi esa, orbita bo‘ylab uning atrofida harakatlanayapti deb faraz qilaylik. Yulduzlar orasidagi burchak masofani va pozitsion burchakni bevosita kuzatuvlardan aniqlash mumkin. Ko‘pyillik muntazam kuzatuvlardan foydalangan holda yo‘ldoshning relyativistik orbitasi topiladi. 6.12 rasmda 1830 yildagi ξ Katta Ayiq yulduzi misolida qo‘shaloqning dastlabki orbitasi ko‘rinishi tasvirlangan.

Vizual qo‘shaloq yulduzlarning kuzatuvlari fazo tekisligidagi nisbiy orbital ellipsning proeksiyasini beradi, bunda haqiqiy orbitaning vaziyati va shakli aniqlanmaydi. Shunday bo‘lsada, bosh yulduz nisbiy orbitaning fokal nuqtasida joylashishi lozim degan taxmindan ularni hisoblab topish mumkin. Bosh yulduzning proeksiyalangan nisbiy orbitadagi hisoblangan vaziyatidan chetlashishlari haqiqiy orbitaning batafsil orientatsiyasini topishga imkon beradi.






6.13 rasm. Qo‘shaloq sistemaning komponentalari umumiy massalar markazi atrofida harakatlanadilar. A1 va A2 berilgan vaqt momenti A da, mos ravishda, B va C uchun yulduzlarning vaziyatlarini belgilaydi
Orbitaning absolyut o‘lchamini qo‘shaloqlar orasidagi masofani bilgan holda aniqlash mumkin. Bular orqali Kepler qonunlaridan foydalanib, sistemaning umumiy massasi hisoblab topiladi.

Komponentalarning aloxida massalarini ikkala komponentalari massalar markazi atrofida harakatini kuzatishlaridan aniqlasa bo‘ladi. Bosh va yo‘ldosh yulduzlar orbita ellipslari katta yarimo‘qlari a1 va a2 bo‘lsin. Bundan, massalar markazigacha masofalariga muvofiq:



(6.43)

bo‘ladi, bunda m1 va m2 – massalarning tashkil etuvchilaridir. Nisbiy orbitaning katta yarimo‘qi



. (6.44)

Masalan, ξ Katta Ayiq yulduzi komponetalarining massalari 1,3 va 1,0 Quyosh massalariga tengligi aniqlangan.




Download 23,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish