“Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning matematik tafakkurni shakllantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasi” mavzusida tayyorlangan
Navoiy shahar 16 AFCHO‘IM
matematika fani o‘qituvchisi Ermuxammedova Muborak Faxriddinovnaning
ish tajribasidan
( Umum ta’lim maktab o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan)
USLUBIY QO‘LLANMA
Tuzuvchilar: M.Ermuxammedova -Navoiy shahar 16 AFCHO‘IMi matematika fani o‘qituvchisi
Taqrizchilar: E.Do’sanov Navoiy viloyati
XTXQTMOHM “Pedagogika
psixologiya, va ta’lim texnologiyalari”
kafedrasi o‘qituvchisi
Umurzoqov D.X.-NavDPI “Pedagogika va psixologiya”
kafedrasi o‘qituvchisi
Mazkur uslubiy qo’llanma umta’lim maktab o‘qituvchilari uchun qo‘llanma sifatida tavsiya etiladi. Qo‘llanma da umumta’lim maktab o‘qituvchilari pedagogik texnologiyalardan foydalanish haqida tuxtalib utilgan hamda viloyatimizning barcha umumta’lim maktab o‘qituvchilari o‘z faoliyatlarida foydalanishlari mumkin.
Ushbu uslubiy qo’llanma Navoiy viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi Ilmiy-uslubiy Kengashining 2021 – yil _____ -sonli qaroriga muvofiq tasdiqlandi va mazkur yig’ilish qarori bilan foydalanishga ruxsat etildi.
K I R I SH
Ma’lumki, ta‘lim – tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya‘ni xalq ma‘naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta‘lim – tarbiya tizimini va shu asosda ongni o‘zgartirmasdan turib, ma‘naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi.
Shu bois bu sohada yuzaki, rasmiy yondashuvlarga, puxta o‘ylanmagan ishlarga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Maktab ta‘lim – tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo‘lishi asosiy qonunimizda belgilab qo‘yilgan. Shu bilan birga, bu keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo‘llab – quvvatlashishini talab qiladigan umummilliy masaladir.
Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarining bugungi qanday ta‘lim va tarbiya olishiga bog‘liq.Buning uchun har qaysi ota – ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan ongli yashaydigan komil insonlar etib voya yetkazish – ta‘lim – tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta‘lim – tarbiya ishini uyg‘un holda olib borishni, fan sirlarini o‘rganishda sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning rolini oshirishni talab etadi.
Ma’lumli bilimlarni puxta o‘zlashtirish uchun o‘quvchilarda mantiqiy tafakkur, mantiqiy xotira va ijodiy tasavvurni muntazam rivojlantirib borish lozim. Bu borada matematika fani katta imkoniyatlarga ega. Shunday ekan, matematika fanini izchil, bosqichma-bosqich va boshqa fanlar bilan aloqadorlikda o‘rganish o‘quvchilar mustaqil fikrlash qobiliyatini o‘shirishga yordam beradi. Respublikada matematika fani asoslari turli bosqichlarda faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasalarining ta`lim mazmuniga mos ravishda o‘quvchilarning psixologik va pedagogik xususiyatlariga muvofiq muayyan kurslar doirasida o‘rgatiladi. Ta’lim turlari o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik, bog‘liqlik va izchillikni o‘rnatish fanlar, boblar, mavzular, o‘quv materiallari o‘rtasida uzviylikni ta’minlash asosida amalga oshiriladi. Binobarin, matematika fani asoslarini yorituvchi kurslar o‘rtasida uzviylikni ta’minlash, o‘quv materiallarini turli bosqich ta’lim muassasalari o‘quvchilarining yosh xususiyatlariga mos holda tanlash, ularning muayyan mantiqiy ketma-ketlik, fanlararo uzviylik hamda izchillik asosida joylashtirish, o‘quv jarayonida uzviylik tamoyilining etakchi o‘rin tutishiga erishish va bu holatni pedagogik jihatdan asoslash muammosini yuzaga keltiradi. Matematikada sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarda matematik tafakkurni rivojlantirish alohida o‘rin tutadi.Ular asosan o‘quvchilarni matematikani sevishga, uni o‘rganish orqali barcha fanlarni mukammal o‘rganishga asoslangan. Shuning uchun, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarda matematik tafakkurni rivojlantirish an’anaviy va noan’anaviy xolda o‘rganish mavzuning dolzarbligini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |