Umum ped na amal-O`um 13-14


IV-SEMESTR 1-Mavzu: O‘QUVCHILARDA AXBOROT ISTE’MOLI MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH



Download 3,16 Mb.
bet99/186
Sana11.03.2022
Hajmi3,16 Mb.
#489268
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   186
Bog'liq
Umumiy pedagogika ma\'ruza

IV-SEMESTR


1-Mavzu: O‘QUVCHILARDA AXBOROT ISTE’MOLI MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH
Reja:

  1. Yoshlarda axborot madaniyatini shakllantirish muammosi.

  2. Axborot madaniyati” tushunchasi va uning mohiyati  

  3. Axborot iste’moli madaniyati mazmuni va mohiyati

  4. Оmmaviy axborot vositalarining o`quvchi yoshlar ijtimоiy-aхlоqiy  dunyoqarashiga ta’siri

Tayanch so`z va iboralar
Yoshlar, axborot madaniyati, axborot iste’moli madaniyati, ommaviy axborot vositalari, ijtimоiy-aхlоqiy  dunyoqarash, Globallashuv jarayoni, axborot maydoni, radio-televideniya, matbuot, internet, axborot iste’molchilari, jurnalistika , kitob mutolaasi
XXI asrda ta`lim tizimi oldida turgan eng dolzarb masalalardan biri shaxsning axboriy madaniyatini shakllantirishdan iborat. Aynan 1999 yilda XXI asr “Texnik mutaxassislik ta`limi” kongressi tomonidan – “Bilimlar, axborotlar va sivilizatsiya erasi” sifatida tan olindi Bekzod Xodjayev fikricha, o`quvchilarning axboriy madaniyati tez o`zgaruvchan axboriy jamiyatda muvafaqqiyatli moslashuv va samarali ta`sir ko`rsatishga imkon beruvchi nazariy va amaliy bilim, ko`nikma va malakalarni egallashni shart qilib qo`yadigan shaxsning integrativ xususiyati sifatida ko`rib chiqiladi. Ana shu nuqtai-nazardan axboriy madaniyat o`zida motivatsion, kognitiv va operatsion tarkibiy qismlarning o`zgaruvchan jarayonlarini namoyon etadi 
1-bosqich - o`quvchi axboriy madaniyatining motivatsion tarkibiy qismini tarkib toptirishga yo`naltirilgan. Ushbu bosqichning maqsadi - o`quvchilarda yangi axborot texno- logiyalarini o`rganishga bo`lgan qiziqishni, ehtiyojni shakllantirish hisoblanadi.
2- bosqich - o`quvchini axborotlashgan jamiyatda faoliyat ko`rsatish va o`z faoliyatini zamonaviylik bilan bog`liqlikda boshqara olishni to`liq anglab olishini taqozo etadi. Bunday yondashuv - o`quv axborotini tanlash, o`quvchilar axboriy madaniyatini shakllantirishni faollashtirish va uning axborotlashgan jamiyatda kasbiy moslashuvni ta`minlash nuqtai-nazaridan amalga oshiriladi.
3-bosqichda o`quvchining bo`lajak kasbiy faoliyatga tayyorgarligini shakllantirish, shuningdek, yuqorida ta`kidlangan axboriy ko`nikma va malakalarni egallash jarayoni amalga oshadi. Ushbu bosqichning mazmunli komponenti o`zida bo`lajak mutaxassisning axborotlashgan jamiyatda shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur bo`lgan bilimlar hajmini birlashtiradi. Shuningdek, mazkur bosqich bo`lajak pedagogning ta`limning yakuniy bosqichida o`z-o`zini reallashtirishga yo`naltirilgan. Ta`limning ixtiyoriy bosqichidagi faollashtirish 
jarayoni:ta`lim yo`nalishining o`quv rejasi, texnologiyani tanlash, ta`lim mazmuni kabi tarkibiy qismlarga bog`liq bo`ladi va shu vaqtning o`zida ushbu yondashuv biroz eskirgan bo`lib, faollashtirish jarayonini rejalarni tuzishdan emas, balki bo`lajak mutaxassisning shakllanishida axborot maydonini loyihalashdan boshlash lozim. 
Mazkur jarayonda loyihalash muvofiqlik, to`liqlik, maqsadga yo`nalganlik, kasbiy yo`nalganlik, tizimlilik, ta`limning umumpredmetli natijalarining yetakchi o`rinni egallashi, qulaylik, o`quvchi axboriy madaniyatini shakllantirishda nazariya va amaliyotning birligi kabi tamoyillarga asoslanishi kerak: muvofiqlik-bu loyihalangan o`quv axborotlarining Davlat ta`lim standartlarida qo`yilgan kasbiy talablarga mos kelishi, to`liqlik tamoyili -kasbiy kompetentlik, kasbiy faoliyat mazmuni o`rta maxsus ta`lim mazmuniga va metodlariga mos, shuningdek, uning axboriy ta`minoti- kitoblar, metodik qo`llanmalar, didaktik materiallarga va boshqalarning bo`lishi lozimligini anglatadi, yaxlitlik tamoyili - ta`lim yo`nalishida o`qitiladigan fanlar tarkibini va o`qish davrida o`tilishini maqsadga muvofiq taqsimlashni aniqlab beradi, kasbiy yo`nalganlik tamoyili-umumta`lim fanlarini ham, mutaxassislik fanlarini ham kasbiy nuqtai nazarga yo`nalitirilgan axborotlar bilan boyitishni talab etadi Aхbоrоt tushunchasini mazmunini оchadigan bo`lsak, turli оb’еktlarning o`zarо ishlashida ro`y bеruvchi aks etish jarayonining aktiv harakatlarni ta’minlash uchun yarоqli natijalaridir
Tarix fanlari nomzodi Sanjar Davletov fikricha, axborot bu - ma’lum хоs matnda aniq ma’nоga ega tushunchalarni ichiga оlgan dalil, vоqеa, хоdisa, prеdmеt jarayon, taqdimоt kabi оb’еktlar хaqidagi bilimlar majmui. Axborot bu- aks etilgan хilma хillik. Axborot bu-dalil, vоqеa, хоdisa, prеdmеt, jarayon kabi оb’еktlar хaqidagi bilim хamda tushunchalar yoki buyruqlar. Axborot bu- taqdim etilishidan qat’iy nazar shaхs, prеdmеt, dalil, vоqеa, хоdisa va jarayonlar хaqidagi ma’lumоtlar. Axborot bu-qiziqish uyg`оtishi mumkin bo`lgan va saqlanishi va qayta ishlanishi lоzim bo`lgan jami dalil va ma’lumоtlardir [40.b.39]. 
Bekzod Xodjayevning fikriga ko`ra “axborot madaniyati” tushunchasi ikkita fundamеntal tushuncha: axborot va madaniyat tushunchalariga asoslanadi . Bundan kеlib chiqib, bu tushunchani talqin qilishning “madaniyat” va “axborot” yondashuvlariga ajratib qarashlar mavjud. Madaniyat yondashuvi doirasida axborot madaniyatini axborotlashgan jamiyatda insonning yashash faoliyati usuli sifatida, insoniyat madaniyati shakllanishi jarayonining tashkil etuvchisi sifatida qaraladi. Axborot yondashuvi doirasida esa unga axborot talabini 
qondirishga qaratilgan barcha axborot faoliyati bilimlari majmuasi sifatida qaraladi. 
So‘nggi vaqtlarda esa axborot madaniyati tushunchasini shaxsning axborot va madaniyat komponеntlarining intеgratsiyalashuvi vaziyatida yaxlit qarash tеndеntsiyasi kuchaymoqda. Buning natijasida esa axborot madaniyati umuminsoniy madaniyatning bir qirrasi sifatida qaralmoqda. Aynan ana shu qarash axborot madaniyatining asl mohiyatini ochib bеrishga imkon bеradi. 
Axborot madaniyati shaxsning o‘quv, ilmiy-bilish, mustaqil ta’lim olish, dam olish va boshqa ko‘rinishli faoliyati jarayonida paydo bo‘ladigan axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan, shaxsiy axborot faoliyatini samarali tashkil qilishni ta’minlaydigan bilimlar, malaka va ko‘nikmalarning tizimlashtirilgan majmuasidir. Umuman olganda, axborot madaniyati axborotdan 
samarali foydalanish bilim va ko‘nikmalari bo‘lib, kеrakli axborotni axborot rеsurslaridan axborot tеxnologiyalarining barcha ko‘rinishlari orqali qidirishning turli xil bilimlaridan iborat.
Bu ta’rifdan kеlib chiqib, axborot madaniyatiga nima uchun ehtiyoj sеzamiz dеgan savolga javob qidiraylik. Jamiyatda axborotning qimmati ortib, u sanoat jamiyatidan axborotlashgan jamiyatga aylanib bormoqda. 
Hozirgi hayotning o‘ta o‘zgaruvchanligi axborotlashgan jamiyatda bir qator yangi atributlarni yuzaga kеltiradi: Axborot va bilim jamiyatning asosiy o‘zgartiruvchi kuchiga aylanadi; Ishlab chiqaruvchi va ijtimoiy tеxnologiyalarning yangilanish sikli 6- 8 yilni tashkil etib, avlodlar almashinishi suratidan o‘zib kеtadi, uzluksiz ta’lim va yangi ixtisoslik olishga qobiliyat shaxsning ijtimoiy statusini saqlab qolishning ajralmas qismiga aylanadi, har bir insonning taqdiri yangi axborotni o‘z vaqtida topish, olish, bir qiymatli qabul qilish va samarali foydalanish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi . 
Insoniyat sivilizatsiyasining axborotlashgan jamiyatga qadam qo‘yishi insonlarni yangi hayot sharoitiga va yuqori avtomatlashtirilgan axborot muhitida profеssional faoliyatga o‘z vaqtida tayyorlash, bu muhitda mustaqil ravishda harakat qilishga, muhit imkoniyatlaridan samarali foydalanish va salbiy ta’sirlardan himoyalanishga o‘rgatish kabi jiddiy muammolarni yuzaga kеltira boshladi. Axborotlashgan jamiyat shakllanishidagi muammolar, avvalambor bu 
jamiyatda inson o‘rni muammosi bugungi kunda xalqaro hamjamiyatning diqqat markazidagi mavzu bo‘lmoqda. 
O`quvchilarda axboriy madaniyatini shakllantirish imkoniyati o`quvchilarning mustaqil ishlari va auditoriya ishlari bilangina chegaralanib qolmaydi. Darsdan tashqari faoliyatda axboriy madaniyat nafaqat o`quvchilarni bilish faoliyatini oshiradi, balki axborot texnologiyalarni chuqur o`rganish xohishini ham shakllantirib, shuningdek, axboriy madaniyat ilmiy mo`ljalga doir malakalarini ham
shakllantirib boradi. Axborot -lotincha “informatio”-tushuntirmoq, bayon etmoq zamonaviy fan va siyosatning asosiy tushunchalaridan biri bo`lib, u dastlab kishilar omonidan og`zaki, keyinroq yozma yoki boshqa shakllar uzatilgan ma`lumotdir. 
Ijtimoiy-madaniy ma`noda axborot madaniyati insonning muayyan ma`naviy-axloqiy, siyosiy, huquqiy va estetik qadriyatlarni o`zlashtirgan holda axborot maydonida hayotiy faoliyat ko`rsatishini anglatadi . Axborot iste`moli madaniyati axborot dunyosidan ijtimoiy 
taraqqiyotga hizmat qiluvchi ma`lumotlarni saralab olish borasidagi bilimlar, qobiliyat va malakani o`zida ifoda etadi. Axborotlashgan jamiyat-kishilik jamiyati rivojlanishining hozirgi bosqichida shakllanayotgan va ijtimoiy hayotning barcha sohalarida axborot hamda 
informatikadan oqilona foydalanishga asoslangan sifatiy holatini tavsiflovchi tushuncha. Axborotlashgan jamiyat nazariyasi asoschilari ijtimoiy rivojlanishni “bosqichlar almashinuvi” nuqtai-nazaridan qaragan holda, uning shakllanishini qishloq xo`jaligi, sanoat va xizmatlar iqtisodiyotidan keyin paydo bo`lgan iqtisodiyotning to`rtinchi – “axborot sektori” yuzaga kelishi bilan bog`laydilar. 
Ularning fikriga ko`ra, industrial jamiyatning asosi bo`lgan kapital va mehnat 
axborotlashgan jamiyatda o`z o`rnini axborot va bilimga bo`shatib beradi. 
2. Axborotlashuv jarayoni jamiyatdagi iqtisodiy hamda ijtimoiy-madaniy o`zgarishlarga jiddiy ta`sir ko`rsatadi. G`arb sotsiologlari fikriga ko`ra, axborotlashgan jamiyat texnika sohasida- ishlab chiqarish, iqtisodiyot, ta`lim va maishiy hayotga axborot texnologiyalarining keng joriy etilishi, iqtisodiy hayotda-axborotning tovarga aylanishi, ijtimoiy hayotda-axborot turmush, hayot darajasi o`zgarishining asosiy omiliga aylanishi, siyosiy sohada keng miqyosda fikr 
almashishga zamin yaratuvchi xilma-xil axborotlarni erkin olishga yo`l ochilishi, madaniyat sohasida-axborot almashinuvi davr ehtiyojlariga javob beradigan normalar va qadriyatlarning shakllanishi bilan xarakterlanadi. 
Bugun biz tez suratlar bilan o‟zgarib borayotgan,insoniyat hozirga qadar boshdan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o`ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz. Davlat va siyosat arboblari,faylasuflar va jamiyatshunos olimlar,sharhlovchi jurnalistlar bu davrni turlicha ta‟riflab, har xil nomlar bilan atamoqdalar. Kimdir yuksak texnalogiyalar zamoni desa,kimdir tafakkur asri,yana birov yalpi axborot davri sifatida izohlamoqda.Albatta, bu fikrlarning barchasida ham ma‟lum ma‟noda haqiqat,ratsional mag‟iz bor. Chunki ularning har biri o„zida bugungi serqirra va rang-barang hayotning qaysidir belgi alomatini aks ettirishi tabiiy. Ammo ko„pchilikning ongida bu davr globallashuv davri tariqasida taassurot uyg‟otmoqda. Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganing asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni obektiv tan olish kerak-bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo„shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganing asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni obektiv tan olish kerak-bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo„shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog`lanib boryaptiki,biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish,anglash qiyin emas. Shu ma’noda, globallashuv-bu avvalo hayot sur‟atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir.
Har bir ijtimoiy xodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo„lgani singari,globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas.Hozirgi paytda uning g`oyat va keng qamrovli ta‟sirini deyarli barcha sohalarda ko‟rish,hiz etish mumkin.
Ayniqsa bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig‟iz,shu qadar tezkor rivojlanayotgan bir paytda,elgarigidek,ha bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo`q deb beparvo qarab bo`lmaydi. Mana shunday vaziyatda odam o`z mustaqil fikriga, zamonlar sinovidan o`tgan hayotiy-milliy qadriyatlarga, sog‟lom negizda shakllangan dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo‟lmasa,har turli ma/naviy tahdidlarga,ularning goh oshkora,goh pinhona ko‟rinishidagi ta‟siriga bardosh berishi amrimahol.
Bugungi kunda yoshlarimiz nafaqat o`quv dargohlarida,balki radio-televideniya,matbuot,internet kabi vositalar orqali ham rang-barang axborot ma‟lumotlarni olmoqda.Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini to`g‟ri axborot bilan boyitish,ularda axborot iste‟moli madaniyatini shakllantirish asosiy vazifalarimizdan biridir.Bu o`rinda badiiy adabiyot, kitob mutolaasi katta yordam beradi.
Badiiy adabiyotning inson ma’naviy dunyosiga ta’siri benihoya katta. Badiiy adabiyot qalbni tarbiyalaydi.Adabiyotga oshno insonning dili mehr-muhabbatga to’liq bo’ladi.Kitob,xususan,badiiy asarlar o‟quvchiga ma‟naviy zavq berishi bilan birga axborot iste‟mol madaniyatini shakllantiradi. ”Qanday qilib axborot iste‟moli madaniyatini shakllantirish mumkin,degan savol hamisha dolzarb bo‟lib kelgan.Hech ikkilanmasdan aytish mumkinki,buni birinchi navbatda badiiy
asarlar o‟qish, ommaviy axborot vositalaridan o‟rinli foydalanish, internet tarmog‟idagi ma‟lumotlarning faqat to„g‟ri talqinlarini qamrab olish, undan faqat yaxshilik yo‟lida foydalanish bugungi yoshlarimizning oldida turgan asosiy vazifalardan biridir.
Inson qancha ko`p kitob oqisa, uning fikr doirasi tiniqlashib, silliqlashib boradi. O‟qish madaniyatini shakllantirish asosida “kitobxonlik madaniyati” tarkib topadi. Ana shu sababli kitobxonlik madaniyati fan darajasiga ko’tarilishi, nafaqat kitob mutolaasini targ‟ib etish,balki muntazam kitob o`qishga odatlanish, o`qish uchun kitobni to`g`ri tanlay olish,voqelik bilan dialogga kirishi asosida o`z-o`zini anglashga erishish o`ta muhimdir. O`qish madaniyati keng qamrovli tushuncha bo`lib, kitobga qiziqish va uni sevish, adabiyot bilan kengroq tanishishni, kitob bilan ishlash haqidagi maxsus bilimlarga ega bol„ishni taqozo etadi. Shu bilan birga hozirgi vaqtda “kitobxonlik madaniyati”,”mutolaa madaniyati”,”axborot madaniyati”,”axborot iste‟moli madaniyati” kabi atamalar keng qo‟llanmoqda.
Bugun axborotlar oqimi shiddat bilan kuchayib borayotgan, kompyuter va umuman texnika olami inson hayotida tobora kengroq va mustahkamroq o‟rin olib borayotgan bir zamonda ”axborot iste’moli madaniyati “muammosining yanada dolzarblik kasb etishi sir emas. Zero, iste’mol madaniyati inson ma’naviy olamining ajralmas qismi ekan, inson ma’naviyatini shakllantirish, axborotni to`g`ri yetkazish va qabul qilish ta’lim-tarbiya jarayonidagi eng asosiy vazifa bo`lib qolaveradi. Bunda esa kitobxonlik” madaniyati ko‟mak beradi. O`quvchi yoshlar har qanday axborotni o`qiganda unga ongli, eng muhimi, estetik munosabat bildira oladigan, undan to„g‟ri foydalanadigan darajaga yetishi uchun birinchi navbatda ko`p kitob o`qishi,o`qilganda ham kitob zavq bilan o`qilishi, kitobxon undan tegishli huzur va ruhiy qanoat tuyishi kerak. Buni ixcham tarzda-estetik to`yinish deb ifodalash mumkin bo‟lar. Zamonaviy sharoitda axborot - kommunikatsiya texnologiyalarining jadal taraqqiy etishi va internet tarmog`idan
Ma`lumotlar olish,imkoniyatining kengayishi bolalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda katta ahamiyat kasb etishi bilan birga, ta‟lim-tarbiya jarayoniga salbiy ta‟sir ko`rsatuvchi ayrim muammolarni yuzaga keltirmoqda;
Zamonaviy sharoitda axborot-kommunikatsiya texnologiyalariinig jadal taraqqiy etishi va internet tarmog`idan ma’lumotlar olish imkoniyatining kengayishi bolalalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda katta ahamiyat kasb etishi bilan birga, ta’lim-tarbiya jarayoniga salbiy ta’sir ko`rsatuvchi ayrim muammolarni yuzaga keltirmoqda:
1.Internet tarnog`idan noto`g`ri foydalanish, turli to`g`ri-noto`g`ri ma’lumotlarni o`qish, unga ishonisg;
2. Bugun axborot iste’molchilarining kattagina qismini o`ziga og`dirib ulgirgan ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar, ko`pincha ma‟lum guruhlar yoki foydalanuvchilar tomonidan joylashtirilishi. Bunday axborotlarning shakli, mazmuni, hajmi turlicha bo`lish bilan birga ko`pincha manba tekshirilmasdan tarmoqqa qo`yilishi. Ushbu holatni rasmiy saytlar misolida ko‟rganimizda, ularda birinchi axborot manbalaridan ko`ra havola(link)li xabarlar ko`pligiga guvoh bo`ldik.
3. Global tarmoq texnologiyalarining iste‟molga kirib kelishi tushunchasi va uni taqdim etish haqidagi ming yillik tasavvurlarni butunlay o`zgartirib yuborilishi. Avvallari keng jamoatchilik asosiy axborotni faqat OAV orqali qabul qilgan bo`lsa, bugun auditoriyaning o`zi ham axborot yetkazuvchi “xabarchi”larga aylanishi;
4. Jurnalistika olamida hamma davrlarda ham noto`g`ri axborot xolis, ob‟yektiv, sifatli axborot bilan yonma-yon yashashi.Ayniqsa, bugungi kundagi noto`g„ri axborotning salmoqli qismi internet hissasiga tog`ri kelishi. Ayni paytda milliy jurnalistikada virtual axborot oqimini tartibga soluvchi huquqiy asosning
yo`qligi va tegishli qonunchilik hujjatlari hali bu sohani yetarlicha qamrab olmagani noto`g`ri axborotning tarqalishiga yaxshigina zamin yaratishi;
Internet cheksiz-chegarasiz axborot manbaidir. Ammo bu axborotlar to`g`ri yoki noto`g`riligini qanday farqlash mumkin? Qanday axborotlardan ehtiyot bo`lish, qandaylariga ishonish kerak? Umuman internetdagi axborotning to`g`riligiga kim mas’ul? Bu kabi savollar juda ko`p va ular sohaning rivojiga jiddiy yondashuvni taqozo qilyapti.
Bugungi kunda kiber olamda noto’g`ri axborotning ko`payishi, ayniqsa internetda tobora ommalashayotgan bloglardagi asosiy xabar va ma‟lumotlarning sub’ektiv qarashlardan iboratligi bilan ham bog’liq. Sub’ektivlik esa axborot noto`g`riligining muhim omili bo`ladi. Saytlar hozir internet olamida ommaviy axborot vositasi vazifasini bajarmoqda. Bunday jonli kundaliklarning doimiy o`quvchilari soni ayrim ro`yxatdan o`tgan milliy saytlarimiz auditoriyasidan-da ko`proq. Shunday ekan, bloglarda e’lon qilingan har qanaqa fikr, qarash undan foydalanuvchilar tomonidan axborot sifatida qabul qilinishi va o„zlashtirilishini unutmaslik kerak. Shu nuqtai nazardan shaxsiy qarashlarni ifodalashga berilib ketgan ayrim saytlar internetda noto`g`ri axborot tarqalishida sababchi
Bo`lmoqdalar. Natijada bundan avvalo,o‟quvchi-yoshlarimiz ziyon ko‟rishmoqda.
Insoniyat hayotiga televidenie kirib kelganida, yoshlar tugul kattalarning katta bir qismi ham: “Mana endi teatr san’ati o’ldi, tamom bo’ldi deyavering, har qanaqa spektaklni uyda o„tirib, ekran orqali bemalol, hatto yonboshlab ham tomosha qilish mumkin”, deyishgan. Bu gapni odamlar ongiga nechog`li singdirishga urinishmasin, televidenie ham, teatr san`ati ham gurillab o`sishdan, takomil topishdan to hanuz to`xtashgani yo`q, aksincha, bir-birlariga yelkadosh, sirdosh, sahnadosh bo’lib kelishmoqda.
Kitob mutolaasi haqidagi bahsga kelsak, fikrimcha, “qog`oz kitob” bilan “internet kitob”ning ikki muhim o`ziga xosligi bor. Insoniyatning buyuk ixtirosi hisoblanmish qog`oz kitob o`quvchining ongiga, qalbiga, fikri-zikriga, ma’naviy olami, turmush tarziga ta‟sir ko„rsatadi, internetning beqiyos, aql bovar qilmaydigan imkoniyatlari esa bizning xabardorligimizni oshiradi, buni inkor etmoqchi emasmiz.
Ikkinchi o’ziga xoslikni quyidagicha izohlash mumkin. Biz aytayotgan o`sha Qog`oz kitoblar, bilsangiz, bizning hayot bulog‟imiz,tomirlarimizda oqayotgan hayot chashmasining naqd o`zi”. Buning hech mubolag`asi yo`q. Nashrdan yangi chiqqan kitobni “sovutmay” o„qish, issig„ida mag„zini chaqish nechog‟lik lazzatli ekanini tushuntirib o`tirishga hojat bo`lmasa kerak.
Adabiyot ixlosmandlaridan biri bundan ancha yillar avval: “Insoniyat yigirmanchi asrga ot minib, gurillab kirib kelgan edi, undan piyoda, boshini egib chiqib ketmoqda”, deb yozgan edi.Biz yangi asrning yangi o`n yilliklariga, bizdan keyingi avlodlar esa yangi-yangi asrlarga boshni baland tutib, hazrat Alisher Navoiy bobomizdan qolgan she‟riyat deb atalmish ma‟naviy xazinani qog‟oz kitoblar holida qo`ltiqqa qistirib, ulardan taralayotgan yog`du jilolaridan ruhlanib kirib boramiz.Davrlar evrilishi g„alati, bizlar kitob o`qishga mukkasidan ketgan 80-90- yillarda, ota-onalarimizga bobo,buvilarimiz “Ko`p kitob o`qima, miyang suyulib ketadi”, deb tanbeh berishgan. Bugungi yoshlarga kitob o„qishni gapirsang, ensasi qotadi. Ammo biz bu o`rinda yoshlarni mutlaqo ayblamoqchi emasmiz, agar jamiyatda bilim-ma‟rifat, adabiyot qadr-qimmat topsa, albatta, aziz bolalarimiz kitobga qaytishlariga ishonaman. Bugun kitoblarni chop etish, ularni tarqatish tizimini takomillashtirish va eng muhimi, kitob chiqarish va kitobxonlikning davlat
siyosati darajasiga ko„tarilayotganidan quvonishimiz kerak.siyosati darajasiga ko„tarilayotganidan quvonishimiz kerak1
Darhaqiqat, har bir inson dunyoga kelar ekan, atrof-muhitga, o`zi o`sib-ulg`aygan jamiyatga tafakkur nigohi bilan boqib, undan ibrat oladi, xulosalar, fikr-tushunchalar bilan boyiydi va shularga tayangan holda inson bo`lib shakllanadi. Chinakam badiiy adabiyot ana shu fikru- xulosalarni benihoya go`zal bir tarzda ifoda etadi, eng ta`sirchan, unutilmas voqealar vositasida teranlashtiradi, mustahkamlaydi. Bir so`z bilan aytganda, adabiyot odam bolasida chin insoniy fazilatlarni shakllantiradi.
Unutmasligimiz kerakki, shaxsiyati mazkur mezon va fazilatlardan mosuvo kimsa halol va yaxshi ishchi yoki xizmatchi tugul, tom ma‟nodagi inson ham bo`la olmaydi.
Fuqarolarida ushbu mezon va fazilatlar shakllanmagan jamiyatda esa sof ma’naviy-iqtisodiy taraqqiyotning bo„lishi mumkin emas. Bunday jamiyatni bir-birini aldovchi, talovchi, bir-birining haqini yeyishdan qo`rqmaydigan beshafqat olomon, desak, sira-sira xato qilmaymiz.
Ayni paytda ko`pchilik mutolaa qilishga ajratiladigan vaqtini “bemaza qovunning urug`iday “ko`payib ketgan seriallarga, ko`ngilochar gazetalar, ularda bosilayotgan oldi-qochdi, badiiylikdan ming
chaqirim yiroq “hikoya”larga sarflamoqda. Ular milliy va jahon mumtoz `adabiyotiga mansub asarlarnigina emas, umuman har qanday kitobni agar u andak o`yga toldiradigan, tafakkurga chorlaydigan jiddiyroq bo`lsa, o`qishni xohlashmayapti.
Bugungi kunda biz farzandlarimiz kitobdan uzoqlashib borayapti, degan gapga yopishib olib, bunda darrov zamonaviy texnika va texnologiyalarni, internetni ayblashga tushamiz. Holbuki, globallashayotgan dunyoda butun insoniyat texnikadan unumli foydalanmoqda, lekin ular kitoblarni, ayniqsa, mumtoz adabiyotni aslo chetga surib qo„yishayoganlari yo `q. Kitobxonlik darajasi
borasida jahon mamlakatlari reytinglarini ko`rib chiqib, bunga ishonch hosil qilasiz
Xorijda ushbu muammoni hal qilish yo`llari avvalgidan qizg`inroq, jiddiyroq yo`sinda olib borilmoqda. Turli anjumanlar, muhokamalar, adiblar bilan uchrashuvlar, kitob bayramlari sifati ortib bormoqda. O`rta maktablar dasturiga mutolaa bo`yicha maxsus darslar kiritilmoqda. Bu darslarda o`quvchilarda kitobga muhabbat, matnni tushunib, to`g`ri talqin qilish, eslab qolish ko`nikma va malakalari shakllantirilmoqda
Bir qator o`zbek adabiyotining eng sara namunalarini nashri hali ham qoniqiqarli emas. Jumladan, Alisher Navoiyning yigirma jilddan iborat asarlari ma‟lum bir tirajlarda bosilib chiqdi. Ammo nazarimizda bular kam, chunki Alisher Navoiy nafaqat maktab va institut kutubxonalari, balki har bir o`zbek xonadonida bo`lishi zarur. Navoiyni qo`ya turing, hatto Abdulla Qodiriyning “O`tkan kunlar” romani har yuzta o`quvchidan bir yoki ikkitasiga to`g`ri kelayotganiga nima deysiz?! Qodiriyning eng mashhur asari shunchalik kam darajada o‟quvchi e’tiborida ekan, boshqalar haqida gapirmay qo`ya qolaylik.
Kitob savdosi va narxi eng og`riqli nuqtamizga aylangan, desam aslo mubolag`a bo`lmaydi Hozir televizor va matbuotda chiqish qilayotgan ko`pgina noshirlar, mutaxassislar bu borada aniq takliflar berishga ojizlik qilishyapti. Bizningcha, buning yechimi bor, bu ham bo`lsa, adabiy doirada e’tirof etilgan, mutaxassislar tavsiya etgan kitoblarni yirik tirajlarda chop etish. Mmuallif, kitob va kitobxon o`rtasidagi uzilishni tiklash uchun bosilayotgan kitoblarning adadini qo`rqmasdan oshirgan holda kitob bahosini tubdan arzonlashtirish lozim. Bunday kitoblar do„konlarda uzoq vaqt turib qolmaydi.
Qolaversa, kitob mualliflari bo`lgan zahmatkash ijodkorlar ham mehnatiga yarasha qalam haqi, ya’ni rag`bat oladi. Moddiy va ma‟naviy rag`bat esa ularni yanada yaxshi asarlar yozishga, kerak bo’lsa, o`z asarlari bilan dunyo adabiyotiga chiqishga undashi turgan gap. Shu o’rinda kitoblar saviyasi va albatta, mualliflar masalasiga ham to`xtalib o`tishga to`g‟ri keladi. Bugun axborotlar oqimi nihoyatda katta, cheksiz.. O’quvchi shu axborotlar orasidan eng saralarini, o’ziga ma‟qulini, muhimini tanlab, saralab olib o’qishi kerak. Buning uchun eng yaxshi asarlar yuzasidan xolis ilmiy munozaralar, amaliy mashg`ulotlar olib borilishi maqsadga muvofiq. Yaxshi kitoblarning televidenie, OAVdagi targ`ibot va taqdimotlari ham ayniqsa, katta samara beradi.
Nazarimizda, kitobga, kitob mutolaasiga munosabatni tubdan o`zgartirish uchun avvalo, ziyoli o„qituvchilarga suyanishimiz kerak. Ya’ni axborot targ„ibotchilari qanchalik bilimli, ziyoli bo’lsa, shuncha ijobiy natijaga erishish mumkin. Aytish kerakki, kitob chiqarish va sotish bu cho’ntakni qappaytirish yoki biznes qilish emas.Yaxshi kitoblar qaysi janr yoki mavzuda bo`lishidan qat`i nazar, u
Ma’naviyat quroli, axborot manbayi ekanini mas’uliyat bilan to’la-to’kis anglashimiz lozim. Iqtisodiy zararni hamma vaqt to„ldirish mumkin, lekin ma‟naviy ziyonni qoplab bo’lmaydi. So`zning, adabiyotning qadrini qanchalik yuksak ko`tarsak, madaniyatimiz, ma’naviyatimiz shunchalik yuksaladi. Axborot
Iste’moli madaniyati oshadi ,mana shunda bolalarimiz jinoyatchilik, turli bema’ni oqimlar kochasidan ming chaqirim uzoqda bo`ladi. O’zining kimligini, o’zligi bilgan inson ota-ona, ona Vatan, vatanparvarlik degan muqaddas qadriyatlarning ahamiyati va mohiyatini tushunmaydi.

Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish