Umum ped na amal-O`um 13-14


Eng yuqori daraja (625 ball va undan yuqori)



Download 3,16 Mb.
bet107/186
Sana11.03.2022
Hajmi3,16 Mb.
#489268
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   186
Bog'liq
Umumiy pedagogika ma\'ruza

Eng yuqori daraja (625 ball va undan yuqori) – Oʻquvchilar matnni yaxlit oʻzlashtira oladi va ayni paytda uning alohida qismlarini bir-biri bilan bogʻliq holda tushunadi. Muallifning gʻoyasini izohlashda oʻz fikrini asoslash uchun matnga tayana oladi.
Yuqori daraja (550 ball) – Oʻquvchilar matnning ahamiyatli xabarlarini tushunadi, matnga asoslanib oʻz xulosalarini chiqaradi, matn mazmuniga ham, shakliga ham baho bera oladi, uning ayrim til xususiyatlariga eʼtibor qarata oladi.
Oʻrta daraja (475 ball) – Oʻquvchilar matndan axborot topa oladi, matn shakli va tilining baʼzi xususiyatlaridan foydalanib, matnga asosan oʻz xulosalarini chiqaradi.
Quyi daraja (400 ball) – Oʻquvchilar matnda aniq berilgan va cheklash oson boʻlgan xabarni ajratib oladi.
Tadqiqotning 2016-yil natijalariga koʻra, 50 ta mamlakat ichida, Rossiya, Singapur, Gonkong, Irlandiya va Finlyandiya mamlakatlari yuqori natijalarni qayd etgan boʻlsa, shular orasida rossiyalik va singapurlik oʻquvchilar matnni oʻqish va tushunish boʻyicha eng yuqori natijalarni koʻrsatdi. Shuningdek, Rossiyaning boshlangʻich sinf oʻquvchilari ushbu mezon boʻyicha dunyoda yetakchilik qildi.
Mazkur davlatlarda oʻqish savodxonligi boʻyicha yuqori natijalar quyidagi omillar bilan bogʻliq: uydagi kitoblar va raqamli qurilmalarning mavjudligi, ziyoli ota-onalar va ularning kitobga boʻlgan muhabbati, bola maktabga borgunga qadar oʻqish-yozishni oʻrganganligi hamda maktabgacha taʼlim muassasalariga qamrab olish koʻrsatkichining yuqoriligi.
PIRLS tadqiqotida Oʻzbekiston Respublikasining ishtirok etishi taʼlim sifatini oshirish, xalqaro miqyosda mamlakat nufuzini mustahkamlash bilan birga, oʻquvchilar bilimini xalqaro talablar darajasiga olib chiqishga xizmat qiladi.
PISA tizimi o‘quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur bo‘lib, dasturning asosiy maqsadi — 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi, matematik savodxonlik va tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik darajalarini turli xil testlar ko‘rinishida baholashdan iborat. Ushbu loyihalar o‘quvchi yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlashlari, olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olish qobiliyatlariga baho berish va keyinchalik bu ko‘nikmalarni hosil qilishga undashdir.
Ushbu dastur 1997-yilda joriy etilgan bo‘lib, har uch yilda bir marta o‘tkazib kelinadi. Birinchi marta 2000-yilda o‘tkazilgan bo‘lib, 43 ta mamlakatdan o‘quvchi yoshlar o‘z bilimlarini sinab ko‘rgan. 2003-yilda 41, 2006-yilda 55, 2009-yilda 75, 2012-yilda 65, 2015-yilda 71 va 2018 yilda 78 ta mamlakatdan o‘quvchi yoshlar ishtirok etganini ko‘rish mumkin.
Dastur mamlakatdagi jami 15 yoshli o‘quvchi yoshlarning 3 foizini qamrab oladi. Har 3 yilda bitta fan yunalishiga afzallik berilib, 2000-yilda ilk bor o‘qish savodxonligiga urg‘u berilgan holda o‘tkazilgan. Demak, uch yilda bir marotaba o‘tkazilishini inobatga oladigan bo‘lsak 2021-yilda matematik savodxonlikka urg‘u beriladi.
PISA dasturining asosiy maqsadi mamlakatlar ichida ta’lim siyosati sohasidagi qarorlar qabul qilishni qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Uch yillik sikllar davomida dasturni amalga oshirilishi esa o‘z navbatida mamlakatlarga o‘z vaqtida axborot berish, tegishli dasturlarning ta’sirini tahlil qilish uchun ma’lumotlarni taqdim etish imkoniyatini yaratib beradi.
15 yoshli o‘quvchi yoshlar o‘rtasida dasturni amalga oshirilishini sababi esa ushbu yoshda aksar iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga a’zo davlatlarning o‘quvchi yoshlari majburiy ta’limning oxirgi bosqichiga o‘tadi.
Ushbu dasturning mukammalligi shundaki, u butun dunyo bo‘yicha aynan 15 yoshli o‘quvchi yoshlarning bilim va ko‘nikma darajalarini o‘lchovchi yagona dastur bo‘lib xizmat qiladi.
PISA (programme for International Student Assessment) 15 yoshli o’quvchi yoshlarning o’qish savodxonligi, matematik savodxonlik va tibbiy fanlar bo’yicha savodxonlik darajalarini turli xil testlar ko’rinishida baholash dasturi hisoblanadi. 
PISA-o’quvchilarni ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo’yicha Xalqaro dastur bo’lib, undagi test jahon davlatlaridagi maktab o’quvchilarining bilimi va ularni amaliyotda qo’llay olish mahoratini baholaydi. Dasturning asosiy maqsadi- 15 yoshli o’quvchilar ta’lim dargohida olayotgan bilim va tajribalarini ijtimoiy munosabatlarda va inson faoliaytida uchraydigan turli xil hayotiy vazifalarni yechishda qanchalik foydalana olish qobiliyatini baholashdir. Testda faqat 15 yoshli o’smirlar ishtirok etadi. Maktabdagi ta’lim sifatini monitoring qilishga qaratilgan PISA dasturi asosiy uch yo’nalishda: o’qish, matematika, va ijtimoiy fanlar savodxonligi bo’yicha olib boriladi. Birgina 2015-yilning o’zida 70 dan ortiq davlatlar PISA Xalqaro dasturi sinovida ishtirok etgan. Umuman olganda, PISA dasturi davlatlarning ta’lim sohasidagi siyosatiga sezilarli darajada ta’sir o’tkazadi. Har bir davlat o’tkazilgan o’tkazilgan tadqiqot natijalari asosida o’zining ta’lim sohasidagi kuchli va kuchsiz tomonlarini xolisona aniqlab, boshqa davlatlarga nisbatan mavqeyini ko’radi hamda ta’lim muassasalarida o’quv jarayonini takomillashtirishda o’z yo’nalishlarini va strategiyasini belgilab oladi.
PISA-15 yoshli o’quvchilarning savodxonligi va kompetensiyasini baholovchi xalqaro dastur bo’lib Xalqaro Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkiloti tomonidan 3 yilda bir marta o’tkaziladi. Unda o’quvchilarning bilim sifati o’qish, matematika va tabiiy fanlar bo’yicha monitoring qilinadi ba 1000 ballik tizimda baholanadi. Dastur ko’magida turli davlatlar ta’lim tizimidagi o’zgarishlar aniqlanadi, solishtiriladi, baholab boriladi.Har bir davlatdan ishtirok etuvchi o’quvchilar soni mamlakatdagi jami15 yoshli bolalarning 2 foizi miqdorida shakllantiriladi. PISA dasturi test sinovlari Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkiloti tomonidan konsorsiumda yetakchi xalqaro tashkilot va milliy markazlar ishtirokida tashkil etiladi.
PISA-o’quvchilarning o’qish (matnni tushunish), matematika va tabiiy fanlardan bilim darajalarini baholashga qaratilgan xalqaro baholash dasturi bo’lib, o’quvchilarning maktab davrida orttirgan bilim va ko’nikmalarini aniqlashga mo’ljallangan.
PISA Xalqaro dasturi shuningdek, o’quvchilar munosabati va hal qila olish kabi ko’nikmalarni ham baholaydi. Masalan, global ahamiyatda ega masalalarni hal
etishda o’quvchi-yoshlarning fikr-mulohazalari, ular bergan taklif vayechimlarni baholaydi. 
PISA- xalqaro baholash dasturlarining natijalari asosida dunyo mamlakatlari o’quv dasturlarida mavjud bo’lgan talablar doirasida o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini qo’llash, fikrlash va muloqot qilish qobiliyatlariga baho beriladi.PISA hech qanday o’quv dasturini belgilamaydi yoki tartib qilmaydi yoki umumiy e’tirof etishni taqazo etmaydi.Ishtirokchi mamlakatlar ekspertlari va iqtisodchilarining fikricha, o’quvchilarda tabiiy fanlardan o’zlashtirilgan bilim va ko’nikma darajalari shakllanishi, mustahkamlanishi, davlatlarning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun muhim dastlabki qadamlar deb hisoblanishini e’tirof etadi. PISA tadqiqoti- Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti IHTt (OECD- Organisation for Economic Co-operation and Development) tomonidan amalga oshiriladigan dastur hisoblanadi.Tadqiqot ilk bora 2000-yilda o’tkazilgan bo’lib, har uch yilda bir marotaba o’tkazib boriladi. Navbatdagi tadqiqotlar 2021-yilda o’tkazilishi rejalashtirilgan. PISA tadqiqoti o’ziga xos xususiyatlarga ega. Jumladan:
1.Ta’lim sohasidagi eng yirik, keng ko’lamli Xalqaro monitoring tadqiqotlaridan biri sanaladi;
2.Tadqiqotda umumiy o’rta ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan 15 yoshli o’quvchilar ishtirok etadi;
3.Tadqiqotda o’quvchilarning “hayotga tayyorlik” darajasi, ya’ni ularning maktabda egallagan bilim va ko’nikmalarini hayotda qo’llay olish layoqati baholanadi;
4.Tadqiqotda o’quvchilarning matematika, o’qish (matnni tushunish), tabiiy yo’nalishdagi fanlar va global muammolarni hal etish sohasidagi funksional savodxonligi baholanadi;
5.Tadqiqotda ishtirokchi mamlakatlar ta’lim tizimining o’ziga xosligi bo’yicha ma’lumot olish imkonini beradigan kontekst axborot to’planadi; O’zbekistonning PISA tadqiqotida ishtirok etishi uchun quyidagilar muhim ahamiyatga egadir:
-O’zbekistonda umumta’lim maktablari bitiruvchilarining ta’lim olishni davom ettirishgaqay darajada tayyorgarligini aniqlash;
-Mamlakatdagi umumiy o’rta ta’limni takomillashtirish yo’nalishlarini aniqlash;
-O’quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlari, shuningdek, turli mamlakatlarning ta’lim tizimlari haqidagi qiyosiy ma’lumotlarni olish; 
Tadqiqot o’tkazish jarayoni quyidagilarni o’z ichiga oladi: 

Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish