Ulug`imsan Vatanim



Download 57 Kb.
Sana26.06.2017
Hajmi57 Kb.
#16157
Shoir Muhammad Yusuf tavalludining 61yilligiga bag`ishlangan "Ulug`imsan Vatanim" deb nomlangan adabiy-musiqiy kechaning ssenariysi.

         Tadbir o`tkaziladigan zal bayramona bezatiladi. "Muhammad Yusuf 61  yoshda"mavzusida kitob ko`rgazmasi tashkil qilinadi. Ko`rgazmaga shoirning chop etilgan kitoblari, gazeta va jurnallarda u haqida bosilgan maqolalardan namunalar shu bilan birga shoirning fotosuratlari qo`yiladi. Kechaga shoirning yaqinlari, yozuvchi va shoirlarni, adabiyot fani o`qituvchilarini  ham  taklif qilish mumkin.  Zalda  Muhammad Yusuf she'rlari asosida dilkash qo`shiq yangrab turadi.

       Tabdirni o`tkazishdan oldin  ishtirokchilarga she'rlar bo`lib beriladi.

        Boshlovchilar adabiy kechani ochiq deb e'lon qilib, kechaga tashrif buyurgan mehmonlarni va ishtirokchilarni qutlaydilar.

1-boshlovchi: Assalomu alaykum jondan aziz, qadrli mehmonlar!

2-boshlovchi: Assalomu alaykum she'riyatga oshno qalblar!

1-boshlovchi: Bugungi bayram kechamiz O`zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf ijodiga bag`ishlanadi. O`zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf nomini eshitmagan, loaqal u yozgan she'rlarning bir satrini xirgoyi qilmagan yurtdoshimiz bo`lmasa kerak.

2-boshlovchi: Zabardast shoirimiz xayot bo`lganlarida hozir 55 yoshni qarshilagan bo`lar edilar, ming afsuski sevimli shoirimiz muhlislarining yuragini o`rtab ketdi. U kishi oramizda yo`q, ammo Muhammad Yusuf deb atalmish she'riyat bor.

1-boshlovchi: Bu she'riyat aslo zavol ko`rmaydi. Shoirdan  chinakam, betakror ijodiy meros qoldi. Xaqiqiy ma'nodagi barhayotlik, zavol bilmaslik Muhammad Yusuf ijodiga ta'luqli desak xato qilmaymiz.

2-boshlovchi: Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumani, qovunchi qishlog`ida, dehqon oilasida dunyoga keladi. 1974 yilda Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutiga o`qishga kiradi. 1978-1980 yillar Respublika kitobsevarlar jamiyatida, 1980-1986 yillar esa "Toshkent oqshomi" gazetasida ishlagan.

1-boshlovchi:1986-1992 yillar G`afur g`ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotida, 1992-1995 yillar "O`zbekiston ovozi" gazetasida ishlagan.

1995-1996 yillar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasida o`qigan. 1998 yilda O`zbekiston xalq shoiri unvoniga sazovor bo`lgan. 1997 yildan to vafoti gacha O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o`rinbosari lavozimida faoliyat ko`rsatgan.

2-boshlovchi:  Muhammad Yusuf atalmish shoir ustozlari, yaqinlari, farzandlari xotirasida yaxshi ishlari, xokisorligi, mehrliligi bilan muhrlanib qolgan bo`lsa, shaxsan tanigan-tanimagan muxlislari tasavvurida yig`latadigan, o`ylatadigan, ezgulikka yetaklaydigan she'ru qo`shiqlari bilan yashab qoladi.

1-boshlovchi: Shoirning ilk to`plami "Tanish teraklar" nomi bilan 1985 yilda nashr etildi. 1987 yildan to 2004 yilga qadar uning  "Bulbulga gapim bor", "Iltijo", "Uyqudagi qiz", "Xalima enam allalari", "Ishq kemasi", " Ko`nglimda bir yor", "Bevafo ko`p ekan", "Erka kiyik", "Yolg`onchi yor", "Osmonimga olib ketaman", "Saylanma" kabi asarlari nashr qilingan.

2-boshlovchi:  Azizlar keling sizlarni bugungi kechamizga tashrif buyurgan mehmonlar bilan tanishtirib o`tsam, ular Muhammad Yusufning eng yaqin insonlari  va taniqli shoir va yozuvchilarimizdir.

Mehmonlar bilan tanishtiriladi

Shundan so`ng boshlovchi davraga o`quvchilarni taklif qiladi va ular shoirning "Talabalar madhiyasi" she'rini yoddan ifodali aytib beradilar;

          1-o`quvchi.

                           Alp o`g`lonlar o`lkasi bu ko`hna Turon

                           Qalqonlari, qanotlari ilm istang.

                           Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron,

                           Alisherning avlodlari ilm istang!

        2-o`quvchi.

                           Taxtdan tushganda ham otdan tushmagan,

                           Ajdodingiz uy qurmagan-Davlat qurgan.

                           Yurti uchun yelkasida tog`lar surgan,

                           Rustamlari, Farhodlari, ilm istang.

       3-o`quvchi.

                           Ko`z ochgandan kezib yetti bag`ri ummon,

                           Yetti tilda so`zlashgan biz tili biyron.

                           Vatanida Tojmahallar tiklar sulton-

                           Boburlari, Behzodlari ilm istang.

          4-o`quvchi.

                          Qaq yo`lida siz ilmning ummatlari,

                           Xalq yo`lida hidoyati, himmatlari,

                           Madad bo`lsin Yassaviyning hikmatlari

                           Bobo Mashrab bayotlari, ilm istang.

       

         5-o`quvchi.



                           Ilm istang, izingizdan ibrat yoqsin,

                           Ihlosingiz, shahdingizdan shiddat yoqsin.

                          Ortingizdan mag`rur-mag`rur millat yoqsin-

                          Mulki Turon najotlari, ilm istang

        

6-o`quvchi.

                          Alp o`g`lonlar o`lkasidir O`zbekiston,

                          Erkli elning qanotlari, ilm istang.

                          Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron,

                          Alisherning avlodlari, ilm istang.

         1-boshlovchi: Muhammad Yusuf xalq  dardini tushunardi, Xalq uchun, Vatan uchun, Mustaqillik uchun yonib ijod qilgan. Shu bilan birga inson qalbining tub-tubidagi dardini topib yoza olardi.

2-boshlovchi: Muhammad Yusuf degan shoir she'riyatga qanday kirib kelganini adabiyotimiz sezmay ham qoldi. Ammo u tezda, hammani hayron qoldirib, og`izga tushib ketdi. Uning yozganlari nihoyatda dolzarb mavzuda, o`ta jiddiy, ammo xalq diliga juda yaqin va ravon tilda yozilardi. U qo`shiqlari bilan emas, avvalo xalq dardini baralla aytgan, yurt muhabbatini hech kimga o`xshamagan misralarda ta'riflagan she'rlari bilan tanildi, shuhrat qozondi.

So`z navbati mehmonlarga beriladi. Mehmonlarning chiqishi.

1-boshlovchi: Qiziqarli suhbatingiz uchun sizlarga o`z minnatdorchiligimizni bildiramiz va ijodingizda ulkan zafarlar tilaymiz.

Shundan so`ng davrada sho`h qo`shiq yangraydi. Maktab o`quvchilari Muhammad Yusufning she'ri bilan ijro etilgan qo`shiqqa raqs ijro etadilar.

1-boshlovchi: Chiroyli raqsingiz uchun uchun rahmat.

2-boshlovchi:    Muhammad Yusuf kitoblarini varaqlasangiz, quloqingiz ostida qo`shiq yangrab turgandek har bir she'rni zavq-shavq bilan o`qiysiz. Qat-qatidagi ichki dardga sherik bo`lasiz. U Vatanni farzand diliga qanchalik yaqin va bir butunligidan kelib chiqib madx eta olgan.

          1-boshlovchi: Unga mustaqil yurtni, ozod xalqni ko`rish nasib etdi. Yurtning eng ulug` bayramlarida uning qo`shiqlari baralla yangraydigan bo`ldi.

O`zbekiston haqidagi she'rini yoshlar hatto o`z madhiyalariga aylantirib yubordilar.

2-boshlovchi: . Shu o`rinda hurmatli yurtboshimizning bu kamsuqum shoirga shaxsan  e'tiborini aytib o`tishimiz lozim. Shoir Muhammad Yusufga Prezidentimizning mehrlari bobomiz Ulug`bek haqidagi qo`shiqni eshitgan paytlaridayoq tushgan edi. "Xalq shoiri" unvonini ham mamnuniyat bilan Muhammad Yusufga  o`zlari topshirgan edilar.

1-boshlovchi: Xurmatli mehmonlar va qadrli o`quvchilar, keling hozir Muhammad Yusufning xotirasini yod etib, hammamizga yod bo`lib ketgan "Fidoying bo`lgaymiz-O`zbekiston" qo`shig`ini birgalikda ijro etaylik.

                                Oq yo`rgakka o`ragansan o`zing bizni,

                                Ham oq yuvib oq taragansan o`zing bizni.

                                Beshigimiz uzra bedor ona bo`lib,

                                Kunimizga yaragansan o`zing bizni.

                                Fidoying bo`lgaymiz seni,O`zbekiston,

                                Hech kimga bermaymiz seni O`zbekiston!...

                                Qalqoning bor, kim qasd qilsa gar joninga,

                                Alpomishlar ruhi yor har o`g`loninga.

                                Asragaymiz giyohing ham gulday o`pib,

                                Yovlar yaqin yo`lolmagay qo`rg`oninga.

                                Adoyining bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,

                                Hech kimga bermaymiz seni O`zbekiston!...

                                Tuzing totib, unutganlar xor bo`ladi,

                                Ko`zlaringa ikki dunyo tor bo`ladi.

                                Shodon daming ko`rolmagan yurtfurushlar,

                                Bir kun bir kaft tuprog`ingga zor bo`ladi.

                                Yoningda turgaymiz seni, O`zbekiston,

                                Hech kimga bermaymiz seni O`zbekiston!...

2-boshlovchi: Shoir bu satrlarni bitar ekan, ajdodlarimizga bo`lgan xurmatni, Vatanning naqadar ulug`vorligini,  jasurlik, fidokorlik kabi fazilatlarni o`sib kelayotgan yosh avlod ongiga singdirgan holda  vatanparvarlikka da'vat etdi..



Boshlovchilar tadbir ishtirokchilariga murojaat qilib, ular orasidan shoirning she'rlarini yod olgan o`quvchilarga navbatni beradilar.

1-boshlovchi:   Muhammad Yusuf baxtli, omadli shoirlardan edi. Muhammad Yusuf kamdan-kam tug`iladigan iste'dod egasi bo`lish bilan birga, kamdan-kam shoirda uchraydigan xislat egasi-shuhratdan qochadigan kamsuqum inson edi. U shuhratning emas, shuhrat uning ortidan quvib yurardi.

2-boshlovchi:       Xulosa qilib, Muhammad Yusuf o`z ovozi,uslubiga ega san'atkorga aylanib, adabiyotda takrorlanmas iz qoldirdi, deb baralla ayta olamiz.

1-boshlovchi: Muhammad Yusuf tavalludining 55 yilligiga bag`ishlab o`tkazilgan kechamizning aziz mehmoni bo`lganingizdan va ishtirok etganingizdan minnatdormiz.

Ushbu tavsiya etilayotgan tadbir ssenariysi namunaviy bo`lib, har bir ta'lim muassasasi ma'sul xodimlari mavjud sharoit va imkoniyatdan kelib chiqqan holda, unga ijodiy yondoshadilar va tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etadilar, degan umiddamiz.

tez og`izga tushdi. Biror shoir uningdek tez nom chiqarmagan, nomdor bo`lmagan. Ochig`ini aytsam, Muhammadga ko`z tegdi.  Aslini olganda asl shoirlar uzoq yashamaydilar. Ammo ortdan abadiy yashaydigan meros qoldirib ketadilar. U mana shunday o`lmas meros qoldirdi.

Muhammad she'r muhlislarining yuragini o`rtab ketdi. Endi shoirning o`zi yo`q. Ammo Muhammad Yusuf deb atalmish She'riyati bor. Bu she'riyat aslo zavol bilmaydi".

Said Ahmad,

O`zbekiston qahramoni,

O`zbekiston xalq yozuvchisi.

 

            "U obro` talashmas, izzatini so`roqlab yugurib yurishdan or qilardi. Xuddi shundoq yaxshi insongina yaxshi ijodkor bo`lishi tabiiy va qonuniydir. Shu kabi yuksak fazilatlar tufayli Muhammad Yusufni xalqimiz ardoqladi. Yurtboshimiz otalarcha mehr ko`rgizdi. Uning xizmatlarini davlatimiz munosib baholadi"



                                                                             Abdulla Oripov,

                                                                  O`zbekiston qahramoni

                                                               O`zbekiston xalq shoiri.

      


         "Bu ozg`ingina, istarasi issiq, qorachagina yigitcha bir ko`rishdayoq meni o`ziga tortgan edi. Shu o`rinda bir narsani ta'kidlamoqchimanki, inson umrining ohirigacha ilm o`rganadi, xayot darsini o`rganadi. Ammo she'r yozish ilmi shunday ilmki, uni o`rganib bo`lmaydi. U tug`ma bo`lishi kerak.

Muhammad ham tug`ma iste'dod sohibi edi. U bu iste'dodni rivojlantirdi, o`ziga talabchan bo`ldi".

                                                                          Erkin Vohidov,

                                                                O`zbekiston qahramoni.

                                                         O`zbekiston xalq yozuvchisi.

 

       " U rostgo`y shoir, halol va pokiza qalb egasi. Shuning uchun ham uning she'riyati butun ma'naviyatga to`la. U Vatan haqida kuylaydimi, muhabbat haqida qo`shiq to`qiydimi, yoki tariximiz, taqdirimiz haqida kuylaydimi, hamisha xayotga, haqiqatga hamnafaslik tuyg`usi sezilib turardi. Uning she'rlari oddiy, ravon, soddaligi bilan xalq og`zaki ijodiga qamohangdir".



O`zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning asosiy sanalari

        1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumani, qovunchi qishlog`ida, dehqon oilasida dunyoga keldi.

         1974 yilda Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutiga o`qishga kirdi.

         Talabalik yillarida uning dastlabki she'rlari "Yoshlik" jurnalida, "O`zbekiston adabiyoti va san'ati" gazetasida bosildi.

        Ilk to`plami "Tanish teraklar" 1985 yilda nashr etildi. "Bulbulga gapim bor" (1987), "Iltijo" (1988), "Uyqudagi qiz", "Xalima enam allalari" (1987), "Ishq kemasi", " Ko`nglimda bir yor" (1990), "Bevafo ko`p ekan" (1997), "Erka kiyik" (1992), "Yolg`onchi yor", "Osmonimga olib ketaman" (1994), "Saylanma" ("2001, 2002, 2003, 2004) kabi asarlari nashr qilingan.

        1978-1980 yillar Respublika kitobsevarlar jamiyatida, 1980-1986 yillar "Toshkent oqshomi" gazetasida ishlagan.

        1986-1992 yillar G`afur G`ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotida, 1992-1995 yillar "O`zbekiston ovozi" gazetasida ishlagan.

        1995-1996 yillar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasida o`qigan.

        1998 yilda O`zbekiston xalq shoiri unvoniga sazovor bo`lgan.

        1997 yildan to vafoti (2001yil 30 iyul)gacha O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o`rinbosari lavozimida faoliyat ko`rsatgan.



 
Download 57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish