XV asrda aniq fanlarning, xususan astronomiyaning eng ravnaqi va Samarqand astronomlari qozongan olamshumul muvaffaqiyatlarida, ayniqsa Ulug`bekning roli va hissasi buyukdir.
Ilm –fanga bo`lgan cheksiz hurmat zo`r qobiliyat va ilmning zahmatli yo’llarni bosib o`tishi tufayligina u Samarqand astronomiya maktabining asoschisi va rahbari sifatida ulkan muvaffaqiyatlariga erishdi.O`z ustida muntazam ishlash va bilimlarini tinmay chuqurlashtirish natijasida Ulug`bek o`zining ko`pgina zamondoshlaridan o`zib ham ketdi.
Samarqand rasadxonasida olib borilgan ko`p yillik tadqiqotlarning samarasi, Sharq klassik astronomiyasining nazariy va amaliy masalalarni o`zida mujassamlantirgan va uni yangi dalil isbotlar - boyitgan shoh asar Ulug`bekning «Ziji Jadidi Ko`ragoniy» («Ko`ragoniyning yangi astronomik jadvali ») nomli kitobidur. Bu asar 1437 yilda yozib tugallangan bo`lsa ham unga muallif umrining oxiriga qadar bajarilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida kuzatishlar va qo`shimchalar kiritib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |