Ulug`bek tevaragiga uyushgan 100 - dan ortiq olimni o`z bag`rida yetishtirgan, nomi jahonga mashhur Samarqand rasadxonasi shu vazifani o`tagan.
«Samarqand akademiyasi» dastavval bundan 225 yil muqaddam mashhur fransuz faylasufi, yozuvchi va tarixchi olimi Volter (1694—1778) tomonidan e`tirof etilgan. Volter bu xaqda: «Ulug`bek Samarqandda bo`lib akademiyaga asos soldi, Yer kurrasini o`lchashga buyurdi va astronomiya jadvallarini tuzishda ishtirok etdi», deb yozgan edi, Darhaqiqat, «Samarqand akademiyasi» 1010 yili Xorazmning qadimiy poytaxti Gurganchda tashkil etilgan o`ziga xos akademiya — «Donishmandlar uyi» («Ma`mun akademiyasi»)dan keyingi ikkinchi «Dor ul-ilm» edi. Bu Dor ul-ilmniig poydevori bo`lgan Ulug`bekning astronomiya maktabi o`rta asrlar musulmon Sharq hamda endigina uyg`onayotgan Yevropa astronomiya fanining rivojiga katta ta`sir ko`rsatdi.
Normirzayev Yunus
Do'stlaringiz bilan baham: |