O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI BIRINCHI PREZIDENTI I.A.KARIMOVNING BMT SESIYALARIDA KO’TARGAN OLAMSHUMUL TASHABBUSLARI
Reja;
Islom Karimov Fondining Facebook’dagi sahifasi
Mintaqamizning o‘ziga xos xususiyati
2010 yilda BMT Bosh assambleyasining Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan yalpi majlisida
Islom Karimov Fondining Facebook’dagi sahifasida O‘zbekistonning eng yangi tarixiga oid muhim ma’lumotlar chop etib boriladi. Bu safar O‘zbekiston Birinchi Prezidentining BMT Bosh Assambleyasida so‘zlagan birinchi nutqi (Nyu-York, 1993-yil) xususida ma’lumot berildi. Uni to‘lig‘icha keltirib o‘tamiz.
Foto: Facebook / Islom Karimov Fondi
S ovet ittifoqi qo‘shinlari Afg‘onistondan 1989-yil olib chiqilganidan so‘ng hamda bir necha yil o‘tib Prezident Muhammad Najibullo davlat boshqaruvidan ketgandan keyin, ko‘p yillik fuqarolik urushidan azob chekib kelayotgan mamlakatda xavfli hokimiyat bo‘shlig‘i yuzaga keldi. 1990-yillarda tobora radikal ruhdagi jangarilar qarorgohiga aylanib borayotgan Afg‘onistondagi o‘ta xavfli vaziyatga jahon hamjamiyati deyarli e’tiborsizlik ila ko‘z yumgan edi. O‘sha yillari, Afg‘onistonga doir vaziyat hattoki xalqaro yangiliklardan o‘rin olmasdi desak hech mubolog‘a bo‘lmaydi. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov uchun, ko‘p millionlik Afg‘onistonda tobora kuchayib borayotgan ziddiyatlar birgina davlat chegaralari bilan cheklanib qolmasligi kunday ayon edi.Aynan Islom Karimov 1993-yil Birlashgan millatlar tashkilotidagi o‘zining birinchi chiqishida, butun dunyoni Afg‘onistonda paydo bo‘layotgan xalqaro terrorizm va diniy ekstremizm haqida ogohlantirgan edi. O‘sha yillar O‘zbekiston bir asr vaqtdan so‘ng endigina ozod bo‘lib, o‘z mustaqilligiga erishgan damlar edi. O‘z rivojlanish yo‘lidagi yosh va mustaqil davlatning xavfsizligi jiddiy tahdidlariga duch keldi. Prezident Karimov qo‘shni Afg‘oniston va Tojikistonda avj olib borayotgan siyosiy beqarorlik bizning mamlakatimiz uchun eng xavfli tahdidlardan biri ekanligini yaqqol ko‘rib turardi. Bu esa o‘z navbatida, ushbu tahdid O‘rta Osiyoning eng aholi zich joylashgan respublikasi — yosh O‘zbekiston hududiga osonlik bilan o‘tishi mumkinligini bildirardi. O‘sha damda, Prezident Islom Karimov BMTning yuqori minbaridan so‘zga chiqar ekan, butun dunyo hamjamiyatiga, afg‘on muammosiga beparvolik bilan yondashish, kelajakda insoniyatni misli ko‘rilmagan oqibatlar bilan to‘qnashtirishi mumkinligini ta’kidlab o‘tgan edi.
Foto: Facebook / Islom Karimov Fondi
“Mintaqamizning o‘ziga xos xususiyati, uning geosiyosiy o‘rnidan kelib chiqqan holda shuni aytish joizki, hodisalarning salbiy tus olishi, mintaqaning dunyodagi “ulkan beqarorlik omiliga” aylanishiga turtki bo‘lishi mumkin”, — deya ta’kidlagan edi Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, Islom Karimovning ushbu nutqi Afg‘onistonga Tolibonlar tuzumi kelishidan 3 yil avval so‘zlangan edi. “Ushbu mintaqadagi notinchlik va to‘qnashuvlar, ulkan ko‘lamdagi fojialarga olib kelishi mumkin... Shuningdek, aynan ziddiyat maydonida g‘oyat katta miqdordagi qurol-aslahalarning nazoratsiz holatda to‘plana borayotgani bizni yanada xavotirga soladi. Ushbu qurollar qanday qilib ekstremist va terroristlar qo‘liga tushayapti? Ushbu qurol oqimining Afg‘onistonga yetkazib berilishini oldini olish uchun jahon hamjamiyati nima qilmoqda hamda qanday yo‘l tutishi kerak? Millionlab insonlar hayoti va xalqlar taqdirini belgilovchi ushbu savollar hozirda o‘z yechimini kutayapti”, — deya ta’kidlagan edi Karimov. “...... Ushbu ziddiyatning qay darajada muhimligi va ko‘lami, uning butun jahonni qanday falokatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini biz hali to‘la-to‘kis anglaganimiz yo‘q”.
Afsuski, sakkiz yildan so‘ng 2001-yilning 11-sentabrida, O‘zbekiston Birinchi Prezidentining ushbu so‘zlari naqadar haqiqat bo‘lganligini ko‘pchilik anglab yetdi.
Ayni paytda Nyu-Yorkdagi Bosh qarorgohda o‘z ish faoliyatini boshlagan BMT Bosh assambleyasida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning minbarda nutq so‘zlashi kutilmoqda. Unda mintaqa mamlakatlarining ijtimoiy-siyosiy hamda iqtisodiy aloqalariga oid, shuningdek, xalqaro integratsiyani rivojlantirish borasida O‘zbekiston rahbarining takliflari yangrashi taxmin qilingan. Kun.uz prezidentning ushbu chiqishi BMT sahnasida ilk qadamlardan biri ekanligini ta'kidlagan holda, shu davrgacha BMT bosh minbarida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi prezidenti Islom Karimovning barcha chiqishlarini qisqacha sarhisob qilib chiqdi.
1. 1993 yilda o‘tgan BMT Bosh assambleyasining 48-sessiyasi
Foto: UzReport
Mustaqillikka erishgan O‘zbekiston Respublikasi 1992 yil 2 mart kuni BMT a'zoligiga qabul qilindi. Shu bilan birga xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan ko‘p tomonlama aloqalarni o‘rnatdi. Ilk bor marhum Islom Karimov 1993 yil Nyu-Yorkdagi Bosh qarorgohda nutq so‘zlagandi. Unda mamlakat sobiq prezidenti Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli hududga aylantirish taklifini ilgari surgan. Buning amaliy natijasi o‘laroq, 2009 yil 20 martda "Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud barpo etish to‘g‘risida"gi shartnoma kuchga kirdi. Aynan ushbu tashabbus keyinchalik Monterey xalqaro tadqiqotlar instituti huzuridagi yadro quroli tarqalishining oldini olish masalalarini o‘rganish markazi eksperti Tijyey Bouz tomonidan alohida ta'kidlanib, o‘z vaqtida bildirilgan oqilona tashabbus, deya baholangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |