Qo‟lyozma huquqida



Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana15.10.2019
Hajmi0,76 Mb.
#23542
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mikronutrientlar taqchilligi yetishmovchilik sabablari oqibatlari va oldini olish


O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI  

OLIY VA O„RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI 

 

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI 

 

                                                                                             Qo‟lyozma huquqida 



                                                     UDK 574/577+572.79+613.2

 

 



 

 

BOZOROVA ZUHRA BOBOMURODOVNA 

 

MIKRONUTRIENTLAR TAQCHILLIGI (YETISHMOVCHILIK 

SABABLARI, OQIBATLARI VA OLDINI OLISH)  

 

5A 140101- Biologiya 

 

 

Magistr akadem darajasini olish uchun yozilgan 

dissertatsiya

 

 



 

Ilmiy rahbar:  

b.f.n., dots.   Karimov O.R.

 

 

 

 

 



 

 

Qarshi-2014 yil  



 

 



 

REJA 

 

KIRISH  


I – BOB. ADABIYOTLAR SHARHI  

1.1. 


Кurashilarning  mikronutrientlar  (vitaminlar  va  ma'danli  moddalar) 

bilan fiziologik ta'minlanishi 



 

1.1.1. Кurashilarning vitaminlar bilan ta'minlanishi   



 

1.1.1.1. Yog„da eriydigan vitaminlar 



 

1.1.1.2. Suvda eriydigan vitaminlar 



 

1.1.2. Кurashilarning ma'danli moddalar bilan ta'minlanishi 



 

1.1.2.1. Makroelementlar  



 

1.1.2.2. Mikroelementlar. 

1.2. 

Кurashilarda antropometrik ko‟rsatkichlarning o‟ziga xos xusisiyatlari. 



II – BOB. MATERIAL VA METODIKA   

2.1 


Tekshirish ob'ektlari   

2.2. 


Tekshirish usullari 

III – BOB. OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING TAHLILI   

3.1. 


Кurashilarda kunlik ovqatning kimyoviy tarkibi  

3.2. 


Кurashilarda antropometrik ko‟rsatkichlar 

3.3. 


Кurashilarning kunlik ovqatidagi mikronutrientlar 

 

  3.3.1.  Vitaminlar   



 

3.3.2. Ma„danli moddalar 

 

YAKUNIY QISM (xotima o„rnida) 

XULOSA 

AMALIY TAVSIYALAR 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO„YXATI  



 

 

 



 



KIRISH 

Mavzuning  dolzarbligi.  2010  yilning  Respublikamizda  Prezidentimiz 

I.A.Karimovning  tashabbuslari  bilan  “Barkamol  avlod  yili”  deb  e'lon  qilinishi 

barcha yoshlar, shu jumladan yosh sportchilar hayotida muhim voqea bo„ldi. Vatan 

kelajagini  belgilashda  yoshlarning  o„rni  beqiyos  bo„lib,  O„zbekistonning  jahon 

miqyosida  tanilishida,  xalqlar  o„rtasidagi  do„stlik  aloqalarini  mustahkamlashda, 

qolaversa o„zbek xalqining boy merosini dunyoga tanitishda yosh sportchilarning 

hissasi kattadir. Yana shu narsa muhimki, barkamol avlod tushunchasi yoshlarning 

ham  aqliy,  ham  jismoniy  jihatdan  barkamolligini  o„zida  ifoda  etadi.  Shu  nuqtai 

nazardan  keyingi  yillarda  yoshlar  o„rtasida  jismoniy  tarbiya  va  sport  bilan 

shug„ullanishning  rag„batlantirilishiga  va  rivojlantirilishiga  alohida  e'tibor 

qaratilmoqda.  Yangi  sport  maktablari,  Olimpiya  zahiralari  sport  kollejlari  hamda 

maxsus  bilim  yurtlarining  ochilishi,  shahar  va  qishloqlarda  o„yingohlar,  suzish 

havzalari,  har  xil  sport  turlari  bilan  shug„ullanish  uchun  kerakli  jihozlarga  ega 

bo„lgan sport zallari va boshqalarning tashkil etilishi fikrimizning isbotidir. Ushbu 

o„quv yurtlarida tahsil olayotgan hamda qator chet mamlakatlarga chiqib sportning 

kurash,  nafis  gimnastika,  suv  sporti,  boks  va  boshqa  turlari  bo„yicha  sovrinli 

o„rinlarni  egallayotgan  yosh sportchilarimiz  ushbu sohada olib  borilayotgan sa'y-

haraktlarning mahsulidir [7, 8]. 

Ma'lumki,  yosh  sportchi  organizmining  tegishli  energiya  va  plastik 

materiallarga  bo„lgan  ehtiyoji  oziq  moddalar  hisobidan  qoplanadi.  Shu  nuqtai-

nazardan ularning kundalik iste'mol taomlari tarkibidagi asosiy va qo„shimcha oziq 

moddalar  miqdorini  hisoblash  nazariy  va  amaliy  jihatdan  muhim  ahamiyat  kasb 

etadi. 

 Ma'lumki,  Respublikamizda  2010  yilning  7  iyulida  “Aholi  o„rtasida 

mikronutrient  yetishmasligi  profilaktikasi  to„g„risida”  degan  muhim  qonun  qabul 

qilindi.  Uning  2-bob  4-  va  7-  moddalarida  Aholi  o„rtasida  mikronutrient 

yetishmasligi  profilaktikasi  sohasidagi  davlat  siyosatining  asosiy  yo„nalishlari 



 

sifatida  ilmiy  tadqiqot  ishlarini  qo„llab  quvvatlash  hamda  sanitariya  gigiena  va 



tushuntirish ishlarini olib borish masalalariga alohida e'tibor berilgan [5].   

Mikronutrientlar(vitaminlar  va  ma'danli  moddalar)  oqsillar,  yog„lar  va 

uglevodlar  singari  organizmning  kunlik  energetik  ehtiyojini  qondirishda  ishtirok 

etmasa-da,  tanaga  doimiy  ravishda,  tegishli  miqdorda  qabul  qilib  turilishi  lozim. 

Ularga bo„lgan kunlik talab juda oz miqdorni tashkil etib, ular tanadagi fiziologik 

va 


biokimyoviy 

jarayonlarning 

me'yoriy 

kechishida 

foal 

qatnashadi. 



Mikronutrientlar  yana  organizmda  boradigan  bir  qator  fermentativ  hamda 

moddalar  almashinuvi  jarayonlarida, oksidlanish va  qaytarilish reaksiyalarda, qon 

hosil bo„lishi hamda boshqa muhim hayotiy faoliyatlarda ham ishtirok etadi [4, 8, 

11]. 


Aholining asosiy qismi ovqatlanish bobida quvvat beruvchi oqsillar, yog„lar 

hamda  uglevodlarga,  ya'ni  makronutrientlarga  e'tibor  berib,  mikronutrientlarni 

nazardan  chetda  qoldiradi  yoki  hisobga  olmaydi.  Buning  oqibatida  esa  o„sish, 

rivojlanish,  kattalarda  serunum  mehnat  qilish,  o„zaro  munosabatlar  va  kayfiyat 

ko„ngildagidek bo„lmaydi. Shu nuqtai nazardan mikronutrientlar to„g„risida qabul 

qilingan  qonun  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Chunki,  Respublikamiz  aholisining 

turli  guruhlarida  amaldagi  ovqatlanishini  tahlil  qilish  maqsadida  olib  borilgan 

tadqiqotlar  ko„pchilik  hollarda  bu  borada  qator  kamchiliklarga  yo„l 

qo„yilayotganligini ko„rsatadi. Ularni bartaraf qilish uchun muhim tadbirlardan biri 

mikronutrientlar  haqida  aholining  turli  qatlamlarida  tegishli  tushunchalarni 

shakllantirishdir.  Shunda  ushbu  masala  bo„yicha  qabul  qilingan  qonun  va  unga 

muvofiq tuzilgan dasturning amalga oshirilishi ancha oson kechadi [5, 39, 40] .  

O‟zberkiston  Respublikasi  prezidenti  I.A.Karimov  bu  borada  quyidagi 

fikrlarni  bildirgan:  “Yurtimizda  yashayotgan  har  qaysi  oila  va  fuqaro, 



qolaversa,  mamlakatimiz  va  jamiyatimiz  istiqbolining  yanada  yuksalishini 

o„zi uchun maqsad qilib olgan va shu intilishni hayotga izchil tatbiq etayotgan 

umummilliy  dasturlarimiz,  shular  qatorida  Kadrlar  tayyorlash,  Sog„liqni 

saqlash va Maktab ta'limini rivojlantirish davlat dasturlari-uzoq qishloq yoki 

 



markazda  bo„ladimi-  bugunning  o„zidayoq  mohiyati  va  amaliy  samarasini 



ko„rsatmoqda”[1]. 

Shu  nuqtai  nazardan  kurashchi  talabalarning  ovqatida  ba'zi  bir 

mikronutrientlarning  qay  darajada  ta'minlanayotganligini  o„rganish  va  ularni 

solishtirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. 



Dissertatsiya  ishining  maqsadi  va  vazifalari.  Tadqiqotlardan  asosiy 

maqsad  Qarshi  Olimpiada  zahiralari  kollejida  tahsil  olayotgan  kurashchi 

talabalarning kunlik ovqat ratsionidagi ayrim vitaminlar va ma‟danli moddalarning 

miqdori qay darajada ekanligini o„rganish. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun 

quyidagi vazifalar belgilab olindi. 

1.  Qarshi  Olimpiada  zahiralari  kollejida  tahsil  olayotgan  kurashchi 

talabalarning  kunlik  ovqat  ratsionidagi  vitaminlarning,  xususan  yog„da  eriydigan 

vitaminlar guruhiga kiruvchi A va E, suvda eriydigan vitaminlar guruhiga kiruvchi 

B

2

 



va 

B

12



 

vitaminlarining 

hamda 

makroelementlardan 



Ca, 

P, 


Mg, 

mikroelementlardan Fe,Zn va J miqdori qay darajada ekanligini aniqlash. 

2.  Olingan natijalarni belgilangan me'yor ko„rsatkichlari bilan taqqoslash. 

3.  Kurashchi  talabalarning  ovqat  ratsionidagi  o‟rganilgan  vitaminlar  va 

ma‟danli moddalarning oz yoki ko„pligiga qarab tegishli tavsiyalar ishlab chiqish. 

Ishning  ilmiy  yangiligi.  Qarshi  Olimpiada  zahiralari  kollejida  tahsil 

olayotgan  kurashchi  talabalarning  kunlik  ovqat  ratsionidagi  ba‟zi  vitaminlar  va 

ma‟danli moddalarning miqdori qay darajada  ekanligini ilk bora o„rganildi. 

Ishning  ilmiy  va  amaliy  ahamiyati.  Vitaminlar  va  ma'danli  moddalarning 

sportchilar  jismoniy  ish  qobiliyatiga  ta'sirini  o„rganish  orqali  jismoniy  ish 

qobiliyatini  oshirish  muammosini  ma'lum  darajada  hal  etish  mumkin.  Qolaversa, 

sportdagi  natijalarni  yuksaltirish,  sportchilarda  tez  charchashning  oldini  olish 

hamda qaytarilish-tiklanish davrini tezlashtirish masalalarini hal etishda ham ushbu 

mavzuni  o„rganish  asqotadi.  Bir  so„z  bilan  aytganda  bu  muammo  sport 

fiziologiyasi, sport tibbiyoti kabi fanlar amaliyotida muhim ahamiyat kasb etadi. 


 



Natijalarning  e'lon  qilinganligi.  Dissertatsiyaning  asosiy  natijalari 

bo„yicha  2013  va  2014  yillarda  “Ilm-fan  va  innovasiya”  mavzusida  o„tkazilgan 

ilmiy-amaliy konferensiyalarda 2 ta ilmiy maqola e'lon qilingan. 



Dissertatsiyaning  tuzilishi  va  hajmi.  Dissertatsiya  kirish,  adabiyotlar 

sharhi, material va metodika, olingan natijalar va ularning tahlili, xulosalar, amaliy 

tavsiyalar  hamda  foydalanilgan  adabiyotlar  ro„yxatidan  iborat.  Ishning  hajmi  81 

bet  bo„lib,  raqamli  materiallar    7  ta  jadval  va  3  ta  rasmda  o„z  aksini  topgan. 



 



I  BOB. ADABIYOTLAR SHARHI

 

1.1.  Кurashilarning mikronutrientlar (vitaminlar va ma'danli moddalar) 

bilan fiziologik ta'minlanishi 

Inson  organizmining  o„sib-rivojlanishi,  aqliy  va  jismoniy  faoliyat 

ko„rsatishida  makronutrientlar  (oqsillar,  yog„lar,  uglevodlar)  bilan  bir  qatorda 

mikronutrientlar  (vitaminlar  va  ma'danli  moddalar)  ham  muhim  ahamiyat  kasb 

etadi. Xususan ularning sportchilar ovqatlanishidagi ahamiyati o„ziga xosligi bilan 

ajralib turadi. 

Ma'lumki,  sportchilar  faoliyatida  tayyorgarlik,  musobaqa  va  tiklanish 

davrlari  farqlanib,  har  bir  davr  sportchidan  tegishli  miqdordagi  mikronutrientlar 

sarfini  talab  etadi.  Masalan,  musobaqa  davridagi  mikronutrientlarga  nisbatan 

ehtiyoj tayyorgarlik davridagiga nisbatan 2-3 baravar yuqori bo„ladi [12, 25, 27]. 

Ma'danli  moddalar  hamda  vitaminlar  sportchi  organizmida  moddalar  va 

energiya  almashinuvining  me'yoriy  ravishda  amalga  oshirilishini  ta'minlaydi,  bir 

qator  fermentlar,  gormonlar  va  boshqa  biologik  faol  moddalar  tarkibiga  kiradi, 

to„qima  va  hujayralardagi  yangilanish  jarayonlarining  borishini,  qolaversa  asab 

tizimida  sodir  bo„ladigan  qo„zg„aluvchanlik  va  o„tkazuvchanlik  jarayonlarini 

boshqarib  borishda  qatnashadi.  Shuning  uchun  turli  ob'ektiv  va  sub'ektiv 

sabablarga ko„ra ayrim vitaminlar hamda ma'danli moddalarning kunlik ratsionda 

yetishmasligi  organizm  ish  qobiliyatining  maqsadga  muvofiq  darajada  amalga 

oshirilmasligiga  olib  keladi.  Bu  holat  kalorik  ekvivalent  nuqtai-nazaridan  yetarli 

bo„lgan taomlarni iste'mol qilib yurgan yosh sportchilarda tez-tez ko„zga tashlanib 

turadi.  Oqibatda  yosh  sportchilarda  qo„lga  kiritilishi  lozim  bo„lgan  natijalarning 

pasayishi  kuzatilib,  bu  hol  ularning  jismoniy  taraqqiyot  ko„rsatkichlariga  ham 

salbiy ta'sir ko„rsata boshlaydi. 

Aytish  mumkinki,  mikronutrientlarga  bo„lgan  ehtiyojni  qondirishda 

sportchilarning  yillik  mashg„ulotlar  siklini  e'tiborga  olish  va  shunga  muvofiq 

ravishda ularning kunlik ratsioniga tegishli o„zgartirishlar kiritish yuqoridagi salbiy 

o„zgarishlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Quyida kurashilarning 


 

mikronutrientlar  (vitaminlar  va  ma'danli  moddalar)  bilan  fiziologik  ta'minlanishi 



haqida fikr yuritamiz [3, 10, 11, 36].

 

 

1.1.1. Кurashilarning vitaminlar bilan ta'minlanishi 

Ma'lumki,  boshqa  aholi  guruhlari  kabi  sportchilarning  kunlik  iste'mol 

taomlarida  asosiy  energiya  manbai  hamda  “qurilish”  materiali  bo„lib  xizmat 

qiladigan  oqsil,  yog„  va  karbonsuvlardan  bilan  bir  qatorda  vitaminlarning  ham 

tegishli  miqdorda  bo„lishi  ular  organizmining  me'yorida  o„sib  rivojlanishida, 

serunum  mehnat  qilishida,  turli  xil  zararli  ichki  va  tashqi  omillardan 

himoyalanishda, uzoq umr ko„rishida va salomatligini saqlashda muhim ahamiyat 

kasb etadi [8, 12]. 

Sportchilarning to„g„ri va sog„lom ovqatlanishi borasida kundalik ommaviy 

matbuot  vositalarida,  maxsus  adabiyotlarda  tegishli  ma'lumotlar  berilib  boriladi. 

Shunga qaramasdan aholi orasida, jumladan sportchilar orasida ham tez-tez u yoki 

bu  vitaminga  nisbatan  taqchillik  va  uning  oqibatida  yuzaga  keladigan  xastaliklar 

uchrab  turadi.  Masalan,  xar  xil  avitaminozlar,  kamqonlik,  darmonsizlik, 

parishonxotirlik,  asabiylashuv  va  boshqalar.  Bu  hol  sportchilar,  qolaversa 

murabbiylarning  vitaminlar  haqidagi  bilimlari  yetarli  emasligidan  darak  beradi. 

Ikkinchi  tomondan  qayd  qilingan  moddalarning  barchasi  aytib  o„tilganidek,  biz 

yeydigan  ovqat,  meva-chevalar,  sabzavot,  ko„katlar  va  ichadigan  suv  tarkibida 

bo„lib,  ulardan  oqilona  foydalanish  bir  vaqtning  o„zida  ham  oson  ham  arzon 

tushadi [25, 27, 39, 48]. 

Ko„pchilik  sportchilarning  fikricha,  hozirgi  paytda  u  yoki  bu  vitaminga 

bo„lgan ehtiyoj dorixonalarda mavjud bo„lgan va tez-tez reklama qilib turiladigan 

dori-darmonlar  bilan  bemalol  qondirilaveradi,  iste'mol  qilinadigan  ovqatlar 

dastavval  yuqori  kaloriyali,  go„shtli  va  hayvon  yog„iga    boy  bo„lishi  kerak.  Bu 

albatta tom ma'nodagi adashish bo„lib, hozirgi zamon kishisining yo„l qo„yayotgan 

katta  kamchiliklaridan  biridir.  Ushbu  holat  yer  yuzidagi  barcha  davlatlarda 


 

yashaydigan  aholi  orasida  uchrab  “davr  kasalliklari”ning  (semirish,  oshqozon-



ichak,  yurak  qon  tomirlari  moddalar  va  energiya  almashinuvi  ajratish  a'zolari, 

endokrin bezlar xastaliklari va boshqalar) kelib chiqishida  asosiy sababalardan biri 

bo„lmoqda. 

Shuni  aytib  o„tish  lozimki,  vitaminlar  yetishmasligi  bilan  bog„liq  holatlar  yer 

yuzining barcha mintaqasida uchraydi. Aholining deyarli barcha guruhlari vitamin 

yetishmasligi  okibatida  yuzaga  keladigan  kasalliklarga  duchor  buladi.  Xuddi  ana 

shunday  guruhlardan  biri  bu  sportchilardir.Vitaminlarni  o„rganishda  ularning 

fiziologik  xususiyati  yoki  kimyoviy  strukturasiga  ko„ra  guruhlarga  bo„lish  qiyin. 

Shuning uchun eruvchanlik xususiyatiga qarab yog„da va suvda  eruvchi vitaminlar 

farq qilinadi [12, 25, 28,  40]. 



 

1.1.1.1.   

Yog„da eriydigan vitaminlar

 

Ma'lumki, yog„da eruvchi vitaminlarga retinol (A), kalsiferol (D), tokoferol 

(Е)  hamda  filloxinonlar  (K)  kiradi.  Bu  vitaminlarning  har  biri  o„ziga  xos 

ahamiyati,  fiziologik  ta'siri  va  xususiyatlari,  yuzaga  keltiradigan  kasalliklari  bilan 

farqlanadi.  

Retinol  (vitamin  A).  Retinol,  ya'ni  vitamin  A  organizmdagi  ko„plab 

funksiyalarida faol ishtirok etadi, masalan, ko„rish jarayonining me'yoriy bo„lishi, 

organizmda  immunitet  hosil  bo„lishi,  teri  epiteliysining  sog„lom  bo„lishi  tanada 

ana  shu  vitaminning  yetarli  darajada  bo„lishiga  bog„liq.  Vitamin  A  yetishmasligi 

tufayli  odam  badanining  terisi  tovuq  yoki  g„oz  terisi  shaklini  oladi,  oyoq  kafti, 

tovon,  barmoqlar  terisi  quruq  bo„lib, ko„chib  tushadi va  hokazo.  Ichki sekretsiya 

bezlaridan  qalqonsimon  bez  funksiyasi  retinol  yetishmasligidan  ancha  susayib 

ketishi aniqlangan. 

Shuningdek,  bu  vitamin  organizmda  yetishmasa,  jinsiy  bezlar  o„z 

funksiyasini  to„liq  bajara  olmaydi,  xotin-qizlarda  hayz  ko„rish  sikli  buziladi, 

erkaklarda esa jinsiy ojizlik sodir bo„ladi. Bu vitaminga taqchillik saraton, ya'ni rak 

kasalligining kelib chiqishiga ham olib kelishi mumkin. 



 

10 


Retinol,  ya'ni  A  vitamin  odamda  provitamin  hisoblangan  karotindan  ham 

hosil bo„ladi. Ushbu provitaminning bunday nomlanishiga sabab u dastlab korotel 

degan sabzi navidan ajratib olinganligi bilan bog„liq. 

1 - jadval 



Retinol (vitamin A) ning asosiy manbalari 

 

Oziq moddalar 



Mahsulotning 100 g da mg hisobida 

Vitamin A 

β - karotin 

Qoramol jigari 

8,2 

1,0 


Tovuq tuxumi 

0,25 


-- 

Sariyog„ 

0,25 

0,30 


Qaymoq 

0,16 


0,07 

Pishloq 


0,26 

0,16 


Sabzi 

9,0 



Petrushka  

5,7 



Ismaloq 

4,5 



Shovul 

2,5 



Ko„k piyoz 

2,0 



Qizil qalampir 

2,0 



Pomidor 

1,2 



Chakanda (oblepexa) 

7,9 



Chetan (ryabina) 

9,0 



Itburun (quritilgani) 

 

4,9 



Zardoli 

1,6 



Kuraga (g„ulin) 

-  


3,5 

Oshkadi 


1,50 


Tarvuz 

0,10 



Qovun 

0,40 



 

 


 

11 


Katta  yoshli  odamning  retinolga  bo„lgan  kunlik  ehtiyoji  keyingi  hisob-

kitoblarga qaraganda o„rtacha 5000 xalkaro birlikka to„g„ri kelib, bu o„rtacha 1,5 

mg  ni  tashkil  etadi.  Bu  miqdorning  1/3  qismi  retinol,  qolgan  2/3  kismi  esa 

karotindan iborat bo„lgani maqsadga muvofiq ekan. Lekin, kishi og„ir jismoniy ish 

bajarganida, jumladan, sport bilan shug„ullanganida yoki boshqa kuchli stress omil 

ta'siriga  uchraganida  uning  retinolga  bo„lgan  talabi  bir  necha  marta  oshib  ketishi 

tadqiqotlarda  isbotlangan.  Ayniqsa  ruhiy,  hissiy  iztirobga  tushish,  kuchli  og„riq, 

yuqori  yoki  past  atmosfera  bosimi  sharoitida  ishlash  va  hokazolar  kishining  bu 

vitaminga  bo„lgan  talabini  oshiradi.  Bunda  A  vitaminga  boy  mahsulotlarni 

kundalik  iste'mol  taomlari  tarkibida  ko„paytirish  kerak.  Quyidagi  jadvalda 

retinolga boy oziq moddalar haqida ma'lumot keltiramiz. 

A  vitaminning  yetishmasligidan  yuzaga  keladigan  holat  shapko„rlik 

kasalligidir. Bunday kasallikka duchor bo„lgan odam qorong„i tushishi bilan yaxshi 

ko„ra  olmaydi,  yurishga  qiynaladi.  Odamda  bu  kasallikni  aniqlash  uchun 

qorong„ilashtirilgan  xonaga  kirib  ko„rishning  qay  darajada  bo„lishini  tekshirib 

ko„rish  lozim.  Agar  tekshiriluvchi  kishi  bir  necha  soniya  vaqt  o„tishi  bilan 

qorong„ilashtirilgan xonada narsalarni biroz ko„ra boshlasa, organizmda A vitamin 

yetarli,  agar  8-10  soniyadan  keyin  ko„rish  tiklansa  vitamin  miqdori  oz,  15-20 

soniyadan  keyingina  sal-pal  ko„ra  boshlasa,  organizmda  vitamin  miqdori  ancha 

kamayib ketgan bo„ladi. 

Shu  narsa  ma'lumki,  qadimda  shapko„rlikni  chala  pishgan  mol  jigari  bilan 

davolangan.  Yuqoridagi  jadvalda  ko„ringanidek  100  g  jigarda  8,2  mg  retinol 

bo„ladi.  Shapo„rlik  o„z  vaqtida  bartaraf  qilinmasa,  yosh  chiqaruvchi  bezlarning 

atrofiyalanishi  va  ko„z  shox  qavatining  qurib  qolishi  natijasida  odam  butunlay 

ko„rmay qolishi, kseroftalmiya kabi og„ir xastalikka mubtalo bo„lishi mumkin. 

Vitamin  A  yetishmasligidan  yuzaga  keladigan  terining  quruqlashishi  ham 

jiddiy  holat  hisoblanadi.  Bunda  teridagi  ter  bezlari  yemirilib,  tananing  shu 

qismidan,  masalan.  oyoq  kafti,  panjalaridan  ter  suyuqligi  ajralishi  buziladi,  nafas 

olish  yo„llarining  shilimshiqligi  kamayib,  og„iz,  tomoq,  burun  bo„shliqlarining 


 

12 


qurishi  va  boshqalar  kuzatiladi.  Shu  tufayli  agar  tanada  vitamin  A  yetishmasa, 

nafas va o„pka yo„llari kasalliklari tez yaxshi bo„lmasdan qaytalib turadi. 

Yuqoridagilardan  tashqari  vitamin  A  tanada  to„qima  va  ho„jayralarning 

yangilanishida  faol  qatnashadi,  shu  sababli  yosh  bolalarning  me'yorida  o„sishi 

uchun  uning  yetarli  bo„lishi  muhim.  Bu  holatlarning  oldini  olishda  yuqoridagi 

jadvalda ko„rsatilgan hayvon va o„simlik mahsulotlaridan foydalanish ma'qul. Zero 

tabiiy  mahsulotlarda  bir  nechta  vitaminlar  va  ma'danli  moddalar  kompleks  holda 

bo„lib,  bu  yetishmagan  vitaminning  organizm  tomonidan  o„zlashtirib  olinishini 

yaxshilaydi. 

Vitamin  A  ga  boy  mahsulot  sifatida  sabzi  juda  muhimdir.  Har  kuni  100  g 

sabzi suvini ichib turish retinolga bo„lgan ehtiyojni to„la qondiradi. Buning ustiga 

tayyor  vitamin  preparatlarini  me'yoridan  oshiqcha  qabul  qilishning  xavfli  tomoni 

ham  bor.  Bu  holat  gipervitaminoz  A  deyiladi.  Agar  tanaga  bu  vitamindan  15  mg 

yuborilsa, zaharlanish sodir bo„lib, bosh og„rishi, qayt qilish, soch tushib ketishi, 

epiteliy to„qimasining buzilishi kabi holatlar ro„y beradi. Bu vitaminni uning tabiiy 

manbalari  hisobiga  me'yoridan  ko„p  iste'mol  qilgan  bilan  yuqoridagidek 

zaharlanish  holati  ro„y  bermaydi.  chunki,  birinchidan  oziq  mahsulotlaridan  ko„p 

miqdordagi vitamin mavjud ovqat yeyilmaydi va qayd qilinganidek, hyech qanday 

tabiiy manbada faqat sof vitamin A mavjud bo„lmaydi. 

Retinol  (vitamin  A)    sportchilar  organizmida    asosiy  energiya  manbai 

bo„lgan  glikogenning  to„planishida  faol  qatnashadi.  Ularning  muskullari  uchun 

muhim bo„lgan oqsillarning sintezlanishida ishtirok etadi [8, 13, 14, 15, 16, 26, 29, 

37, 40]. 

Sportchilar  organizmida  yog„da  eruvchi  vitaminlardan  D  vitamin,  ya'ni 

kalsiferol  yetishmasligi  ko„p  uchraydi.  Xususan,  yosh  bolalarda  bu  vitaminning 

yetishmasligi ko„plab kuzatiladi va raxit kasalligiga sabab bo„ladi. Ayniqsa, yangi 

tug„ilgan chaqaloqlarda D vitamin yetishmasligi jiddiy xavf soladi. Shuning uchun 

odatda  yosh bolalarga, ayniqsa  yosh sportchilarga  D  vitamin  kerakli  aralashmalar 

yoki tabletkalar holida berilishi lozim. 


 

13 


D  vitamin  yetishmasligining  asosiy  sabablaridan  yana  biri  quyosh  nuridan 

yetarlicha  bahramand  bo„lmaslikdir.  Chunki  D  vitamin  organizmda  quyosh 

nuridan xam sintezlanib turadi. Ana shularga rioya qilgan holda yosh sportchilarni 

quyosh  nuridan  yetarlicha  bahra  olishlariga  imkon  yaratib  berish  maqsadga 

muvofiq.  Yosh  bolaning  hadeb  uyda  yoki  tor  hovlida  siqilib  yuraverishi  uning 

terisida  D  vitaminning  sintezlanishi  kamayib  ketishiga  va  oqibatda  raxitga  olib 

keladi. 

Ko„p  hollarda  yosh  bolalarda  uchraydigan  raxit  ularda  bir  umrlik  asoratlar 

qoldiradi. Bu asoratlar suyaklarning qiyshayib qolishi, suyaklar faoliyatining jiddiy 

ravishda  buzilishi,  suyaklar  elastikligining  kamayib  ketishi  va  boshqalar  bilan 

bog„liq. Raxitga uchragan bola ozgina jismoniy yuklama bajarganda yoki sal og„ir 

yuk ko‟targanda ham suyaklari egri bulib qolaveradi. Suyaklarning bunday xolatga 

duchor bo„lishi ichki a'zolar faoliyatiga ham salbiy ta'sir ko„rsatadi. 

Vitamin D ya'ni, kalsiferol haroratga ancha chidamli bo„lib, oziq-ovqatlarni 

termik  qayta  ishlash,  ya'ni  pishirish  va  qaynatish  oqibatida  tez  parchalanib 

ketmaydi.  Bu  vitaminning  boshqalaridan  farqi  shundaki,  u  o„simlik  mahsulotlari, 

sabzavotlar  va  mevalarda  juda  kam  uchraydi.  Uning  asosiy  manbai  baliq  yog„i, 

o„simlik  moylari,  sariyog„,  tuxum  sarig„i  hamda  dengizdan  olinadigan  yegulik 

mahsulotlaridir.  Ko„pincha  ushbu  mahsulotlar  bilan  bu  vitaminni  organizmga 

yetarli  darajada  qabul  qilish  mushkul.  Bunda  quyosh  nuri  ta'sirida  organizmda 

uning tegishli miqdorda sintezlanishiga erishish muhimdir. 

Kezi  kelganda  shu  narsani  ham  ta'kidlash  lozimki,  quyoshda  davomli 

darajada  haddan  tashqari  ko„p  badanni  qoraytirish  kalsiferol  hosil  bo„lishini 

kamaytirib  yuboradi.  Buning  natijasida  tanada  bu  vitaminga  nisbatan  taqchillik 

paydo  bo„ladi.  Yana  badanni  uqalash  ham  kalsiferol  hosil  bo„lishini 

yengillashtirishi  aniqlangan.  Vitamin  D  teridan  ajralib  chiqadigan  yog„  modda 

tarkibida  bo„ladi,  shu  sababli  tanani  me'yoridan  ortiq  darajada  sovunlab  yuvish 

ham bu vitaminni kamaytirib yuboradi. 



 

14 


Quyosh nuriga “to„ymaslik” natijasida vitamin D yetishmasligi havosi turli 

xil  chiqindilar  bilan  ifloslangan  katta  shaharlarda  ko„p  kuzatiladi.  Bizning 

Respublikamizda esa quyosh kerakligidan ko„p. Bolalarning, ba'zan katta yoshdagi 

kishilarning ham quyoshga toblanishi lozim bo„lib qolsa, ushbu muolajani ertalab 

soat  10

00

  gacha  va  kunning  ikkinchi  yarmida  17



00

  dan  keyin  o„tkazishni  esdan 

chiqarmaslik  kerak.  Chunki  soat  10  dan  17  gacha  bo„lgan  vaqt  ichida  quyoshda 

qorayish zararli oqibatlarga olib kelishi mumkin [8, 13, 14, 15, 16, 26, 29, 37, 40]. 



Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish